Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

VASHINGTON IRVING
(1782-1859)
Vashington  Irvingning ota-bobolari  Gollandiyadan boMib, Amerika­
ning Vashington  shtatiga ko‘chirilgan  edi.  XVII-XVII1  asrlarda ming- 
lab yevropaliklar o‘z  ixtiyorlari  bilan,  ayrimlari  majburan Amerikaga 
keltirilgan  edi.  Hali  ocsha davrlarda Amerikaning ko‘p  qismida yerli 
qabilalar yashar,  ulami  siqib chiqarish  va butun Amerika hukmronligi- 
ni  qoMga kiritish  uchun yevropalik  oq  tanlilarr.i  ko‘chirib  keltirish  va 
ularga bir qancha imtiyozlar yaratib berish kerak edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vashington  Irving  ikki  akasi  bilan savdo-sotiq 
ishlari  bilan shug‘ullanib, tezda oilani tiklab  oladi. 
Irving  bir  qancha  muddat  huquqshunoslik  bilan 
ham shug‘ullanadi. 0 ‘sha paytlarda Amerikada de­
mokratik tendensiyalar  anchagina  kuchaya  borib, 
sodir  bo‘lgan  voqea-hodisalar  huquqshunos 
nazaridan оЧаг,  huquqshunoslarning hurmati  tobo- 
ra ortib borardi.
Vashington  Irving  ko‘proq  vaqtini  badiiy  asar­
lar  o‘qishga,  she’rlar yod  olishga  sarflab,  adabiy 
ijod sari  intilar, yangi asarlar yozishni  orzu qilardi.
Yozuvchi  bo‘lish  uchun  yosh  Vashington  savdo-sotiqdan  ham, 
huquqshunoslikdan  ham  voz  kechib,  Nyu-Yorkka  ketib  qoladi.  Nyu- 
Yorkdagi  adabiy  doiralar  bilan  birgalikda Yevropa  bo‘ylab  sayohatga 
chiqqanida  hali  endigina  o‘n  sakkiz  yoshga  kirgan  edi.  U  dastlab 
Londonga  borib,  faoliyatini  ingliz adabiyoti  namunalarini  o‘qishdan 
boshlaydi,  ingliz adabiy doiralari  bilan yaqindan munosabat o‘rnatadi.
Vashington  Irvingning mavqeini Amerika adabiyotida mustahkam- 
lagan  -   1819-yilda  nashr  etilgan  «Chizgilar  kitobi»dir.  Hikoya  va 
ocherklar  to‘plamidan  iborat  bu  kitob  tezda  sotilib  ketadi  va 
yozuvchiga  ham  moddiy,  ham  m a’naviy  boylik  keltiradi.  Bundan 
ruhlangan adib badiiy ijodga butunlay sho‘ng‘ib ketadi.
Vashington  Irvingni  irqi,  millatidan qat’iy nazar barcha amerikalik- 
lar  sevar  edi.  U  Amerikaga  ko‘chib  borgan  yevropaliklar  hayoti 
haqidagina emas, Amerikaning tub  aholisi  haqida ham  ancha-muncha 
asarlar  yozgan  edi.  0 ‘sha  paytlarda Afrika  va  Osiyodagi  ko‘pgina 
davlatlar  inglizlar  qo‘l  ostida  bo‘lib,  Afrikadan  negrlar.  Osiyodan 
musulmonlar  ham  Amerikaga  olib  ketilgan  edi.  Adib  Amerikada 
yashayotgan negrlar, musulmonlar hayotini tasvirlashni ham  e’tibordan 
chetda qoldirmaydi.
Vashington  Irvingning  ko‘pchilik  hikoyalari  sayohatlari  davrida 
eshitgan  afsona va rivoyatlar asosida  bitilgan.  Shu jihatdan  olib  qara­
ganda,  uning  «Arvoh  kuyov»  hikoyasi  o‘quvchi  e’tiborini  beixtiyor 
o‘ziga tortib, sehrlab oladi.
Vashington  Irvingning  afsonalar  asosida  bitilgan  asarlari  ham 
mavzu e’tiboriga ko‘ra turkumlarga ajratilib alohida kitob holida nashr 
etilgan.  Bunday turkum  hikoyalar «Xazina  izlovchilar»,  «Breysk  Brij- 
xill», «Al-Натго» deb nomlanib, nashr etilgandir.
Vashington  Irving  o‘zi  xristian  diniga mansub  bo‘lsa ham  musul- 
mon  dunyosiga  bir qadar xayrixohlik  bilan  qaraydi.  0 ‘sha  davrlarda 
arab mamlakatlaridan  qul  sifatida olib kelingan arablardan turli-tuman 
hikoyalar eshitib, ulaming badiiylashtiradi. «А1 Hamro» kitobiga kirgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Uch  sohibjamol  hikoyati»,  «Arab  munajjimining  rivoyati», 
«Shahzoda Ahmad  al-Kamol  yoki  oshiq  qalandar»,  «Al-Hamro  guli 
yoki  mahram  va lochin  qissasi», «Marv vasiyati» kabi  hikoyalari  shular 
jumlasidandir.  Bu  hikoyalarda arablarning donishmandligi  haqida so'z 
yuritadi.
Vashington  Irving  «Muhammad  tarixi»  kitobida  Muhammad  pay- 
g‘ambarning dono,  aqlli,  donishmand  kishi  boMganligini  xayrixoh  va 
ixlos  bilan  ta’riflab,  payg‘arrrbar tarixiga oid  muhim  manbalarni  berib 
o‘tadi.  Bu asar jahondagi  ko‘pgina tillarga tarjima qilingan.
Vashington  Irving  Amerika  adabiyoti  taraqqiyotiga  ulkan  hissa 
qo‘shgan  ulkan adibdir.  Ulug‘  Amerika adibi  Mark Tven  uni  ustoz deb 
tan olgan. Ayni chog‘da, Mark Tvenning ko‘plab yumoristik hajviyalari 
Vashington  Irving ijodini esga soladi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish