GOTXOLD EFRAIM LESSING
(1729-1781)
Nemis adabiyotining gullab-yashnashiga Lessing munosib hissa
qo‘shdi. Kamens shaharchasida tavallud topib, dastlab mahalliy maktab-
da, Leypsig universitetida taMim oladi. Molyer an’analari ruhida yozilgan
«Yosh olim» komediyasi tezda sahnalashtirilib, Lessing nomini ko‘pchi-
likka tanitadi. 1748-yilda Berlinga kelib, adabiy hayot bilan bogManishi
uning ijodini yuqori pog‘onaga koMaradi. Bu yerda u Volteming kotibi
boMib ishlaydi. 1767-1769-yillarda Gamburg teatrida ishlash
jarayoni Lessingning dramaturglik faoliyatini o‘stiradi. «Gamburg dra-
www.ziyouz.com kutubxonasi
maturgiyasi» (1768) deb nomlanuvchi, teatr
va dramaturgiya nazariyasiga bag'ishlangan asa
ri shu davrda yozilgan edi. «Muhtarama Sara
Sampson» (1755), «Minna fon Barnxelm»
(1763-1767), «Emiliya Galotti» (1772), «Laoko-
эп» (1766), «Donishmand Natan» (1779) kabi
asarlari Lessing dunyoqarashining nihoyatda yuk-
sakligidan, falsafiy qobiliyatining zo'rligidan da
lolat beradi.
Lessing juda qashshoq hayot kechirardi.
Uning kechgacha ishlab topgan puli hayot kechirishiga zo'rg'a yetardi.
Germaniya Lessingdek buyuk iste’dod egasini avaylab-asrab, unga
moddiy yordam ko'rsata olmadi. Lessing umrining oxirigacha
kambag‘al yashadi. Lessing agar boy-badavlat bo'lganida ehtimol ko‘p
narsa ijod qilgan, nemis adabiyoti taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, yangi-
dan-yangi shoh asarlar ijod etgan bo‘lardi.
Jahon adabiyoti tarixida Lessing kabi yuzlab iste’dodlar qashshoq-
likdan nobud bo'lib ketgan. Hozir ham jahonda muhtoj ijodkorlar,
nihoyatda qiyin hayot kechirayotgan talantlar kam deysizmi?!
Lessingning «Yangi adabiyot haqida maktublar» asari barcha ijod-
korlarni oyoqqa turg‘azdi. U Spinoza falsafasini o'rganib, uni yuksak
ilmiy yo'nalishda tadqiq etadi. 1759-1765-yillarda yozilgan maktublari
xalqning ezgu-o‘ylari bilan hamohang edi.
Lessing erkin adabiyot uchun kurashdi. Adabiyot hech qachon im-
perator va uning saroyi uchun emas, xalq uchun xizmat qilishi kerak.
Bir hovuch buyruqbozlar uchun xizmat qiluvchi adabiyot hech kimga
kerak emas, bunday ruhdagi adabiyot hech qachon gullab-yashnamaydi,
degan g'oyani ilgari surdi.
1774-1779-yillarda Lessing Volfenbyutel kutubxonasidan professor
German Samuel Reymarus qo'lyozmalarini topib olib e’lon qiladi.
Professor Reymarus o'z qo'lyozmasida Bibliya va xiristian dini haqida
muhim fikrlarini aytib, o'z talqinlarida ko'plab diniy kitoblar, qo'lyoz-
malar, din tarixi bilan bog'liq manbalami tahlil qilgan edi. Bu qo'l-
yozma Lessingda katta taassurot qoldirib, «Donishmand Natan» (1779)
dramasini yozadi. Diniy xarakterdagi bu drama Lessingning oxirgi yirik
asari edi.
Keyingi davrlarda ijod qilgan ulug' nemis dramaturglari Hyote va
Shiller haqli ravishda Lessingni o'z ustozlari deb tan olishgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |