Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

JONATAN SVIFT 
(1667-1745)
Angliya  adabiyotining  atoqli  vakili  Jonatan 
Sviftning «Gulliveming sayohatlari» (1726) roma­
ni  jahon  adabiyotining  durdonasi  hisoblanadi. 
Roman  qahramoni  Liliputiyaga,  ulkan  odamlar 
mamlakatiga, Laputa hamda aqlli otlar mamlakati- 
ga  sayohat  qiladi.  «Gulliveming  sayohatlari» 
romani  to‘rt  qismdan  iborat.  Muallifning  mubo- 
lag‘a  yaratish,  voqealarni  bo‘rttirib  tasvirlash 
mahorati  nihoyatda kuchlidir. Asarda o‘sha davr- 
ning yaramas  illatlari  qalamga  olinadi.  Gulliver 
o‘z  zamonasining  ma’rifatparvar,  qalbi  toza  va 
ayni chog‘da o‘qimishli kishisi obrazidir. «Gulliveming sayohatlari» ro­
mani orqali o‘sha davming haqiqiy manzarasi bilan tanishamiz.  Mavzu 
o‘zgacha bo‘lsa ham,  adib  o‘zi  yashagan jamiyat hayotidan  chetda tu- 
rolmaydi.
Bir qarashda  asar  boshdan-oyoq  fantastikadan  iborat.  Mittivoylar 
mamlakati  ham,  ulkanlar mamlakati  ham  bo‘lmagan.  Ehtimol,  Gulli­
veming o‘zi  ham  boMmagandir. Adabiyotning  sehr kuchi  shundaki,  u 
xayolotdan hayot yaratadi. Yozuvchining mahorati shundaki, boMmagan 
narsalarni  bor qilib tasvirlaydi,  unga  o‘quvchini  ishontiradi.  Jonatan 
Svift o‘z o‘quvchisini  ishontira oldi. Jahonni  ishontira oldi.
Tasaw ur qilib  ko‘ring!  Gulliver  mittivoylar mamlakatiga tushib 
qoladi.  Mittivoylaming  xatti-harakati,  bir-biriga  munosabati,  fikrlari 
hayotning o‘zginasi.
So‘ngra Gulliver ikkinchi  bir qutbga tushib qoladi.  Bu mittivoylar- 
ning aksi -  ulkanlar mamlakati.  Gulliver ularning qarshisida chumoli- 
dek odamchaga aylanib  qoladi.  Shu qarama-qarshi  qutb  hayoti  o‘quv- 
chini o‘ylantirib,  mushohada yuritishga majbur etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


RASIN
(1639-1699)
Ferte-Milon  shahrida obro‘li  oilalardan  birida 
tug‘iladi.  Yoshligida poeziyada  qalam  tebratadi. 
1658-  yili  18  yoshli  yigitcha  bilim  olish  uchun 
Parijga  keladi.  Garkur kollejida  o‘qishni,  falsafa 
bilan shug‘ullanishni  orzu qiladi.
1660-yilda yosh qirol Lyudovik XIV ning uyla- 
nishi  munosabati  bilan  «Nimfa  Seplar»  qasidasini 
yozib,  o‘z  asarini  qirolga  yuboradi.  BagMshlov 
qirolga  juda  yoqib  qolib,  yuz  luidor  mukofot 
beradi  va yosh  shoirning  mutassil  ijod  bilan  shu- 
g‘ullanishi  uchun  nafaqa  tayinlaydi.  Shundan  so‘ng  u  Parijda  shoir 
sifatida tezda taniladi.
Rasin  dramalarining mavzusi  qadimgi  dunyodan  olingan.  «Fedra» 
(1677),  «Esfir»  (1689),  «Ataliya»  (1689),  «Andromaxa»  kabi  asarlari 
juda yuksak saviyada yozilgan.
Bundan  tashqari  boshqa janrlarda ham  samaraii  ijod  qilgan.  «Fran- 
siyada»,  «Britannik», «Boyazid»,  «Ataliya» kabi  poema va tragediyala- 
rida tarixiy mavzuni  mahorat bilan tasvirlagan.
Turkiya tarixiga bag‘ishlangan  «Boyazid» tragediyasi  turk  sultoni 
Boyazid  Yildirim  va  uning  sevimli  malikasi  Roksana  haqida  hikoya 
qiladi. Albatta, tragediyada to‘qima voqea va obrazlar ko‘p  bo‘lsa-da, 
dramatizm,  intriga,  kolliziyaga  boyligi jihatdan  asar yuksak mahorat 
namunasiga aylandi.
Rasinning atoqli  adabiyot vakillari  Kornel, Lafonten bilan yaqindan 
do‘stlashishi  shoir  ijodida yangi  zarvaraq  ochadi.  Ota-onasidan  erta 
yetim  qolib,  Bove  shahridagi  buvisining  qo‘lida  ulg‘ayib,  hayot 
qiyinchi 1 iklarini obdan tortgan Rasinning keyingi hayotida, uning tezda 
mashhur bo‘lishida bu ikki allomaning xizmati  katta boMadi.
0 ‘sha paytlarda  Parijda eng ko‘zga ko‘ringan  drumaturg  va teatr 
ustasi  sifatida tanilgan  Molyer Rasinning  ilk  ijod  namunasi  «Fivisda 
yoki dushman aka-ukalar», «Buyuk Aleksandr» (1665) tragediyasini o‘z 
teatrida namoyish etishga ko‘maklashadi.
Keyinchalik Molyer bilan ijodiy ziddiyatlar kuchayib, shoir Bualoga 
yaqinlashadi.  Dramaturgiya  va  teatr  tadqiqotchisi  Bualo  o‘z 
shogirdining «Andromaxa»,  «Sudbozlar»,  «Britannik»  pyesalarining 
yuzaga kelishiga yordam beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shundan so‘ng dramaturg «Berenika» (1670), «Mitridat» (1673) tra­
gediyalarini  ijod  qiladi.  «Ifigeniya»  (1674),  «Fedra»  (1677),  «Esfir» 
(1689), «Gefoliya» («Antaliya») (1691) asarlari  dunyo yuzini  ko‘radi.
Albatta,  hamma jamiyatlarda ham  buyuk  ijodkorlami  ko‘rolmaydi- 
ganlar juda ko‘p bo‘lishgan. Tarixda bunga misollar juda ko‘p.
Rasinning  mashhur  bo‘lib  ketayotganini  ko‘rolmagan  g‘alamis, 
ig‘vogarlar  uning tragediyalarini  yerga  urib,  saroydagi  aslzodalarning 
va,  hattoki,  Lyudovik  XIV  ning  g‘azabini  qolzg‘aydilar.  Rasinning 
deyarli  barcha asarlarini  tomosha qilib,  unga olqish  va yorliqlar hadya 
etgan qirol  shoirni  hamma imtiyozlardan  mahrum qiladi.
Uyg‘onish davri va undan keyingi (X VII-X VIII) asrlar G‘arb adabi­
yoti  ijodkorlariga antik dunyo adabiyotining ta’siri  katta boMganligini 
sezamiz.  Bu  holatni  Rasin  asarlarida  ham  ko‘ramiz.  Ma’bud  va 
ma’budalarni,  afsonaviy  va  tarixiy  qahramonlarni  o ‘z  asarlariga  olib 
kirish  Rasin yashagan  zamonda katta an’anaga aylanadi.
Rasinning ko‘pgina asarlari  ham  antik  dunyo  voqealariga bag‘ish- 
langan.
Biroq  Rasin  bu  antik  voqealarga yigirma  uch  asrdan  keyingi  taraq­
qiyot yuksakligidan  turib teran  nazar soladi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish