Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

JAN JAK RUSSO
(1712-1778)
Farzandi dunyoga kelayotganida onasi dunyodan o‘tadi. Otasi oilani 
tashlab ketadi. Ona shahri Jenevada va uning atrofida sarson-sargardon, 
tahqirlanib o‘sib-ulg‘aygan Jan Jak Russo nihoyatda qiyin hayot kechi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


radi. Taqdir taqozosi bilan  16 yoshli yigitcha Turin 
shahriga  keladi.  1741-  yildan  boshlab  Parijda 
yashab,  ijodini ancha kech  boshlaydi.
«Lissabon  zilzilasi»,  «Traktatlar»  (1762), 
«Emil»,  «Odamlar  orasida  tengsizlikning  kelib 
chiqishi  to‘g‘risida»  (1755),  «Yuliya»,  «Ijtimoiy 
kelishuv» (1762) va boshqa asarlari  siyosiy va fal­
safiy ruhdadir.  Zamondoshi  Volter bilan  yaqindan 
ijodiy aloqada boladi,  u bilan hamkorlikda asarlar 
yaratadi.
«Garlar bilan xat» asari Volteming «Falsafa lug‘ati» asari bilan birga 
yoqib yuboriladi. Russo doimo ta’qib ostida yashaydi.  «Qayerga borsam 
ta ’qib»,  deb  yozadi  adib.  Uning  bir  qancha  asarlari  gulxanda yoqib 
yuborilgan.  Russo qiynalib yashasa-da, o‘ziga adabiy  haykal tiklagan.
Russoning  «Navarra  shahzodasi»  (1745)  opera  balet  asari  uning 
nomini  ko‘pchilikka tanitadi.  Hattoki,  gersog  Rishelye  ham  Russoni 
yaqindan  taniy  boshlaydi.  Gersog  Russoga  ulug‘  adib  Volter  bilan 
yaqindan  aloqa bog‘lashni  taklif etadi.  Shundan  so‘ng Volter bilan  ijo­
diy hamkorlik va maktub orqali yozishmalari  boshlanadi.
Russo  zamondoshi  Deni  Didro  bilan  hamkorlik  qilish  maqsadida 
1749- yilda yo‘lga chiqadi. Yo‘l-yo‘lakay «Fransiya xabamomasi» gaze­
tasi  tahririyatiga kirib, ayrim  asarlami  berib o‘tadi.  Didro  esa «Ko‘rlar 
haqida maktublar» asari  uchun  qamoqxonaga tushgan edi.
Shundan  so‘ng Russo  falsafiy  ruhdagi  qator traktatlar yozib,  e’lon 
qiladi.
Russo  «Emil»  nomli  falsafiy  ruhdagi  romanini  yozgandan  so‘ng 
mashhurlik  shohsupasidan  o‘rin  egallaydi.  Fransiya  parlamenti  sudi 
1762- yil  9-mayda bu romanni  yig‘ib  olib yoqib yuborish,  Russoni  esa 
qamoqqa olish haqida hukm chiqaradi. Russoning «Emil» romani  bilan 
birga  «Jamoatchilik  kelishuvi»  asari  ham  shoirning  tug‘ilgan  shahri 
Jenevada yoqib yuboriladi.
1762-yilda Parij  diniy  boshqarmasi  boshlig‘i  (arxiyepiskop) Xris- 
tofor Bomon  o‘ziga tegishli  barcha  diniy  mahkamalarga  xabar  qilib, 
Russoni  Xudo  va  insonlarning  dushmani  deb  e’lon  qiladi.  Shundan 
so‘ng Russo bir qator pamfletlar yozadi.
1766-yilda Russo Angliyaga ketib qoladi. Adib Angliyada ham tinch 
va osuda hayot  kechirolmaydi.  0 ‘z davrining taniqli  faylasufi  David 
Yum  Russoni  suhbatga  taklif qilib,  bu  suhbatda  qattiq  bahslashib, 
so‘ngra Russoni tanqid qilib,  matbuotda chiqish qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jan Jak Russoning o‘z dunyosi bor edi. U o‘z e’tiqodini  hech narsa­
ga almashtirmaydi,  hech  qachon sotmaydi.  Bu  uning haqiqatgo‘yligi, 
adolatparvarligi,  yuksak  insoniy  qiyofasi  edi.  0 ‘zi  tahlikali  kun 
kechirib, Angliyada yashirinib yuradi. Dard ustiga chipqondek boz usti­
ga  David  Yum  bilan  bahs  qilib,  qattiq janjallashib  qolish  darajasiga 
yetadi.  Faylasuf olim  Russoni  o‘z g‘oyasidan  kechishga da’vat  etadi. 
Biroq  Russo  hech  qachon  o ‘z  g ‘oyasidan  kechmaydi.  0 ‘zining 
haqligiga qattiq ishonadi.
DENI DIDRO
(1713-1784)
Fransiyaning qadim shaharlaridan biri  Langrda 
dunyoga  kelgan.  Parijdagi  Garkur kollejida tahsil 
olgan.  Talabalik yillarida  falsafadan  bilim  oladi. 
Lining siyosiy ongi yetilib boradi.  Ehtimol  shuning 
uchundir uning ilk ijodi «Falsafiy mushohada» asa­
rining  yaratilishi  bilan  boshlanadi.  1750-yildan 
boshlab Lebretonda chiqadigan «Ensiklopediya»ga 
muharrirlik  qila  boshlaydi.  Bu  nashriyotda  o‘z 
davrining yirik adiblari  asarlari  birin-ketin  chiqa 
boshlaydi.  Siyosiy jihatdan yetuk asarlaming chop 
etilishi  jamiyat  siyosiy  hayotiga  putur  yetka- 
zishidan  cho‘chigan  hukumat  boshliqlari  «Ensiklopediya»ning 
chiqishiga turli yoMlar bilan qarshilik qilardi.  1773-yilda u Yekaterina II 
taklifi  bilan  Rossiyaga keladi  va  Rossiya  akademiyasining  haqiqiy 
a’zosi  bo'ladi.
«Vilmen  ma’ruzasining bo‘sh vaqtdagi  davomi» (1842),  «Tabiatni 
tushunish  va falsafiy qat’iyatlik»  (1754),  «Son  D’Alamber»  (1769), 
«Fiziologiya  boMimlari»  (1774),  «Richardson  maqtovlari»  (1761), 
«Dramatik poeziya muhokamasi»,  «Ralo nevarasi»,  «Xayolparast Jak» 
(1785),  «Monarxiya» (1760) kabi asarlari  Didroning ilmiy, dramaturg- 
lik salohiyatidan dalolat beradi.
Deni  Didro falsafa va tarix olimi  sifatida mashhurdir.  Jahon  falsafa 
fanining rivojida  Deni  Didroning alohida  o‘rni  bor.  0 ‘z zamonasida 
falsafiy  fikrlash  koMamining  kengligi  bilan  unga  teng  keladigani 
bo'lmagan. «Falsafiy ong» kitobi  1746-yilda Parij sudining hukmi  bilan 
yig‘ib  olinib,  yoqib  yuboriladi.  «Ko‘rlar  haqida  maktublar»  kitobi 
uchun  1749- yilda yuz kunga Vensenn qamoqxonasiga tushadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘ttiz yilga yaqin  nashr qilingan  «Ensiklopediya»  da mingga yaqin 
ilmiy maqolalari  va boshqa asarlari bosiladi.
«Ensiklopediya»ning  asosiy  sahifalarini  Deni  Didro  ijodi 
namunalari  qamrab olardi.  «Ensiklopediya» yozuvchi  ijodining gullab- 
yashnashida va uning  nomi jahonga  mashhur boMishida  alohida o‘rin 
tutadi.
Didro  fransuz dramaturgiyasining nazariy  asoslariga oid ham  qator 
ilmiy-publitsistik  asarlar yozdi.  «Dramatik  poeziya  tahlili»  asari  bu 
qiyin janrning  o ‘ziga  xos  tomonlarini  ilmiy-nazariy jihatdan  yoritib 
beradi. Ayni  paytda  o‘zi  ham  qator  drama va  komediyalar  ijod  qilib 
mashhur  boMdi.  «Fransuz  kuychisi»,  «Oilalik  ota»  pyesalari  Parij 
sahnasida muttasil namoyish etilardi.
Adibning  «Xayolparast  Jak»  qissasi  ham  hali  o‘zi  hayotiigidayoq 
mashhur  bo‘lib  ketadi.  Shiller  bu  qissani  1785-yilda  nemis  tiliga 
tarjima  qiladi.  Asar  «Xayolparast Jak  va  uning xobjayini»  nomi  bilan 
ko‘p tillarga tarjima qilinadi.
Deni  Didroning  mashhur romani  «Monarxiya» (1760) deb  ataladi. 
Roman  qahramoni  nihoyatda  sohibjamol,  aqlli  va dono  qiz  Syuzanna- 
dir.  Biroq  u  diniy  tartib-tarbiya  doirasida  yashab,  muhitdan  bezor 
boMadi,  o‘zini  yolgMz his qiladi, jamiyatdan  ajrab  qolganini  tushinib 
boradi.  0 ‘g‘rilik,  muttahamlik, ayyorliklami  ko‘rib dahshatga tushadi. 
M uallif  Syuzanna  orbazi  orqali  fransuz  jamiyatining  barcha 
kirdikorlarini, yaramas tomonlarini ochib beradi.
Deni  Didro o‘zining badiiy-estetik dunyoqarashi  bilan jahon  adabi­
yoti sahifasini  bezab turibdi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish