51
Dastur asosini psixologiya va turdosh fanlarning bolaning og’zaki nutqni egallab
olganligi va uning bilish faoliyatining o’ziga xosligi haqidagi ma’lumotlar tashkil etadi, bu esa
turli yosh bosqichlarida bolalarga nisbatan talabning hajmi va izchilligini belgilaydi.
SHuningdek, dastur bolaning rivojlanishida faoliyatning yetakchi ahamiyatga ega
ekanligi haqidagi muhim pedagogik koidani hisobga olgan holda tuzilgan, shuning uchun nutqni
rivojlantirish dasturi turli faoliyat turlari (o’yinlar, Mashg’ulotlar, mehnat va boshk.) bilan
takkoslangan.
Nutqni rivojlantirish dasturi asosiy didaktik tamoyillar – o’quv materialining izchilligi va
o’zaro bog’liqligi, uning anikligi va imkonliligini hisobga olgan holda tuzilgan; unda nutqiy
mahoratni shakllantirishda jamlana olishlik – har bir bosqichda aynan bir bo’limni uning
mazmunini asta-sekin kengaytirib va chukurlashtirib borish orkali o’tish ko’zga tashlanadi.
Dasturda barcha vazifa va talablar kiska bayon kilingan. Fakat bolalarning bilim va
kobiliyatlariga ko’yiladigan umumiy talablargina anik bayon kilingan, xolos. Tarbiyachi
dasturning har bir umumiy talabini aniklashtirishni o’rganishi lozim.
CHunonchi, dastur o’rta va katta guruhlarda bolalarni oshpaz mehnati bilan tanishtirishni
tavsiya kiladi. Ushbu mavzu bo’yicha o’rta va katta guruhlardagi lug’at ishlarini takkoslashda
shu narsa ko’rinadiki, katta guruhda bolalarning umumlashtiruvchi tushunchalarni (oshxona
idishlari, mashinalar, mahsulotlar), sifatlarni (go’shtli, sabzavotli, temir) ko’llash hajmi ortadi,
narsalarni tavsiflash (kastryulning tagi, devorlari, ikki tutkichi bor va h.k.), fazo va vaktni
belgilash
(ichida, ikki tomonidan, ertalab barvakt, ertangi kunga) aniklashib boradi.
Maktabgacha tarbiya sohasi xodimiga dasturni yakka tartibda va ayni paytda jamoa bo’lib
o’rganishga to’g’ri keladi. Bolalar bog’chasi mudirasi yoki katta tarbiyachi har yili sentyabr
oyida tarbiyachilarning o’z yosh guruhlari uchun dasturning tegishli talablarini ajratib olishlari,
ularni o’zlarining yosh guruhlariga mo’ljallangan dasturiy talablar bilan ko’rgazmali takkoslash,
ularni aralash guruhlar dasturi bilan ko’rgazmali takkoslash uchun nutqni rivojlantirish dasturini
tarbiyachilar ishtirokida jamoaviy muhokama qilishni o’tkazishlari lozim.
Dasturni o’rganishni nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalarini eslatib o’tish bilan
boshlash mumkin. So’ngra bitta guruh misolida ushbu asosiy vazifalarning mazmuni
kandayligini va u dasturning qaysii bo’limlarida uchrashini ko’rsatish zarur. Yuqorida kayd
etilgan jamoaviy muhokama singari tarbiyachiga boshka yosh guruhlari dasturlarining matnlarini
o’rganib chikish taklif etiladi.
Navbatdagi mashђulotda dasturiy materialni alohida vazifalar bo’yicha kiyosiy tahlil
qilish o’tkaziladi, materialni yosh guruhlarida izchil ravishda murakkablashtirib borish kayd
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: