Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh)
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar
muloqot sohasidagi chukur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish
birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin
jarayonidagi o’rtog’iga karatilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha
mazmunlirok bo’la boshlaydi. SHerik bilan dialog - muvofiklashtirilgan predmetli va nutqiy
faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi ko’shnilari e’tiborini jalb kila oladilar, o’zlari ham uning
ishlari va bildirgan fikrlari bilan kizikadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar
bilan aloka o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga dikkatni jalb qilishda, bir-birini
o’zaro tushunishda, sherik xulkiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini
tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtoђining harakatlarini muvofiklashtirishda foydalaniladi. Nutq
atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi
tasavvurlarni kayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat kiladi. Maktabgacha
47
yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, ob’ektiv aloqalarning o’ziga xos soxasi sifatida
namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, kofiyalar va fikrlar bilan o’ynab turib anglaydi.
O’zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini kondirish uchun bola mavjud barcha
vositalardan, vaziyatdan kelib chikib erkin bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-
ishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli
bo’lgan) foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual
kiyofasini yaratgan holda o’zaro hamjihatlikda mavjud bo’ladi.
Dialogni rivojlantirish nafakat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini
o’zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy kismi
hisoblanadi. Dialogik muloqot nafakat aloka (intellektual mazmun) va o’z manfaatlariga
yo’nalishni, balki sherikning nuktai-nazarini, uning kizikishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga
olishni ham ko’zda tutadi. Bolalar bunday tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalikda
yasash, chizish, jamoa o’yinlarini o’ynash) natijasida to’playdilar. Tengdoshlari bilan muloqot
qilishda bola nutqi mazmundorlikka (muloqot vaziyatidan kat’iy nazar mazmun fakat til
vositalaridan foydalanish orkaligina tushunarli) ega bo’lishi isbotlangan.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi
shakli – monolog tuђiladi va shakllanadi.U bolaning o’z fikrlari, his-tuyђulari, atrof-muhit
haqidagi bilimlarini o’rtoklashish istagi okibatida vujudga keladi. Bunda nutq kiska hikoya
shakliga ega bo’ladi. Hikoyada albatta bolani lol koldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir
kizik hodisa (tabiat ko’ynidagi kizikarli uchrashuv, ukasning kulgili harakatlari va h.k.) aks
etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib berishni,
o’kiganlarini so’zlab berishni xush ko’radilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutuђi – jaranglayotgan nutqka
kizikishning shidda bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir.
So’zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, kofiya, mazmun bilan o’tkaziladigan
o’yinlarda, so’z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko’rinadi.
Til vokeligini anglash uning barcha tomonlarini – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini kamrab
oladi. So’zga nisbatan ongli munosabat lug’at takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p
ma’noli so’zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi,
tinglash kobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga
(morfologiya, so’z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi.
Lug’at rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi oldingi o’ringa chikadi.
Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchik-chuchuk), sinonimiya (o’tkir, uchkir, charxlangan), ko’p
ma’nolilik (o’tkir pichok, achchik kalampir, o’tkir til) kabi hodisalarni tushunish va ulardan
nutqda faol foydalanishga taalluklidir. Bolalar tabiat hodisalari, narsalar, insonlarning hatti-
harakatlarini takkoslashda turlicha va umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yakin
ma’noli so’zlar, kiyoslashlar, anik fe’llar, o’xshatishlar yordamida ularni nutqka olib kirishni
o’rganadilar. So’z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko’p ma’noli
so’zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar funktsiyalarini takkoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar
shakllanadi (hayvonlar, idish-tovoklar, transport va h.).
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash shuningdek, til vokeligini eng oddiy tarzda
anglashni shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar,
tovushlar, kofiyalar (pomidor-koridor) faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglashidagi umumiy va
turlicha tovushlarni belgilay oladilar, artikulyatsiya yoki akustik jihatdan yakin tovushlarni (S-
SH, S-Z, S-S) farklashga kodirlar, she’r, makol yoki tez aytishdagi 4-5 ta so’zda uchragan
tovushlarni belgilay oladilar. Bolalar aralash tovushlardan iborat bo’lgan tez aytishlarni anik
talaffuz qilishni mashk qilishni, ularni turli tezlikda, turli ovoz balandligida va turlicha
ohanglarda aytishni yoktiradilar.
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan to’g’riligini
shakllantirish nutqka nisbatan tankidiy munosabatning paydo bo’lganligi va rivojlanganligi, anik
va to’g’ri gapirishga intilish bilan bog’liqdir. To’g’rilikka intilish grammatikaning barcha
sohalarida, ya’ni – morfologiyada (shaklning anik shakllanishida, ko’p turdagi shakllarni
48
o’zlashtirishda), so’z yasashda (non uchun - nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og’zaki
nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» boђlovchisini ko’p marta ko’llash orkali gapni «cho’zish»
hamda bir gapda to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo’la
boshlaydi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro’y beradi.
Besh yoshli bola hali ham ishtiyok bilan grammatik shakllarni o’ynaydi va aynan so’z bilan
amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to’g’riligini yanada rivojlantirish
uchun shart-sharoit yaratadi.
Lug’at rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik to’g’rilikni
shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini o’zlashtirish (boђlovchilar, o’rin-hol, leksik
takrorlashlar, sinonimlar yordamida gaplarni boђlash vositalari; tavsiflash, bayon qilish
tuzilmasi) bilan uzviy bog’liqdir. Ko’p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik
nutq negizida rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liq holda bo’ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan
shakldagi muloqot turiga muhtoj bo’ladi. Bu nafakat tashki dunyo va boshka odamni anglashga,
balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo’naltirilgandir.
Nutqiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik ko’rinishlarida hamda
ayni paytda til va ravon nutqni egallash sur’atida ifodalanadi. Ko’pchilik bolalar o’z
harakatlarini sharhlashni, atrofdagilar e’tiborini o’ziga jalb qilishni xush ko’radilar. Bunda ayrim
bolalarda nutqiy muloqot amaliy faoliyat bilan zid keladi va buning natijasida bunday ko’p
gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi boshka bolalardan ortda kola boshlaydi. Unchalik
kirishimli bo’lmagan bolalar kam so’zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to’g’ri
hal etadilar.
Ravon nutqning paydo bo’lish muddati va mahsuldorligi ham fark qilishi mumkin. Ilk
turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi.
Bolalar sehrli ertaklarni, bo’lgan vokealarni bir-birlariga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan
foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’kiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy
ertakni («Zumrad va Kimmat») mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlar asosida
kichik og’zaki insho to’kiy olsa - bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarni nutqiy rivojlantirishga doir vazifalar. Nutqning
Do'stlaringiz bilan baham: |