45
Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 – 5 yosh)
Ikki yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davr nutqiy rivojlanishdagi ahamiyatiga ko’ra
o’ziga xosdir: ushbu davrda bola tilga, uning tovush va mazmun jihatlariga yukori darajada
beriluvchan bo’ladi. Tilni boyitish muomalada va o’z faoliyatida vujudga keladigan yangi
vazifalar bilan raђbatlantiriladi, va o’z navbatida ularning yanada rivojlantirish uchun sharoit
yaratadi.
Ushbu yoshda nutqning asosiy irsiy vazifasi – aloka funktsiyasi, ijtimoiy alokalar va
atrofdagilarga ta’siridan iborat. O’yin faoliyatini rivojlantirish, predmetli-manipulyativ va
individual syujetli-aks ettirish o’yinlaridan birgalikda-rolli, syujetli-rolli o’yinga o’tish
munosabati bilan muloqotga yangi ehtiyoj paydo bo’ladi, bu esa nutqiy faoliyatga ko’shilishning
yangi usullariga – fikr bildirishga – bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib keladi. Fikr
bildirishning yangi vazifaviy turlari: o’z o’yin faoliyatini sharhlovchi, sherik xulkini tartibga
soluvchi, yakin harakatlarni rejalashtiruvchi va rollarni taksimlovchi turlari paydo bo’ladi.
Bolalar jilmayish, kulgi, ifodali harakatlar, ko’z urishtirishlar kabi kommunikatsiya
vositalaridan foydalanadilar. Bunda nutq faoliyati odatda muvofiklashtirilgan bo’ladi. Bolalar
bir-birining oldida ovoz chikarib gapiradilar va ko’pincha ko’shnisining gapiga e’tibor
bermaydilar. Tengdoshlar bilan dialogni rivojlantirish amaliy harakatlarni kelishib olish, sherik
nutqiga mos tarzda javob berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda ifodalanadi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda vaziyatga asoslangan nutqning (fakat muayyan
vaziyatga nisbatan tushunarli bo’lgan) mutlak hukmronligidan nutqning vaziyatli va matndan
kelib chikuvchi (ko’rgazmali vaziyatdan alohida tarzda) vositalarini mos tarzda ko’llashga o’tish
ro’y beradi.
Ikki yoshga kelib fonematik tinglash kobiliyati yangi ko’rinishda shakllanadi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda o’z tovush talaffuzini eshitish va unga tuzatish kirita olish,
so’zdagi umumiy va turlicha tovushlarni ajrata olish (anglay olish) kobiliyati shakllanadi (3-4 ta
so’zdan iborat bo’lgan katordagi bir xil tovushlarni eshita olish, berilgan tovushli 2-3 ta so’zni
tanlay olish, so’zni berilgan tovushni ta’kidlab ko’rsatgan holda talaffuz qilish, ajratib
ko’rsatilgan tovushni tinglash). Besh yoshga kelib esa tovush talaffuzini o’zlashtirish asosan
nihoyasiga yetadi. Talaffuzdagi fakat ayrim xatoliklar uchraydi: «sh»li so’zlar har doim ham
anik aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi.
Lug’at atrof-muhitda o’z yo’lini to’g’ri topib olishning kengayishi tufayli boyib boradi.
Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob’ektlari, ijtimoiy hayot ko’rinishlari bilan tanishadi va bir
vaktning o’zida ularning nomlarini bilib oladi. Lug’at nutqning turli kismlari nomlari (ot, fe’l,
sifat), umumlashtiruvchi so’zlar (o’yinchoqlar, hayvonlar, sabzavotlar, mebellar va h.) va
antonimlar (karama-karshi ma’noli so’zlar) bilan to’ldiriladi.
Bola ko’rgazmali vaziyatga karamasdan so’zlardan foydalanishni o’rganadi. Buyumlar va
hodisalar, ularning munosabati va alokalari to’g’risida ko’p sonli savollar beradi. Fe’llarning
faollashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Fe’llardan foydalanish nutqka sur’at baxsh etadi, bayoniy
tusdagi kiska matnlarning tuђilishi uchun sintaktik asos yaratadi.
Nutqning grammatik katorini shakllantirish lug’at rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir.
Bola har bir yangi so’zni o’zlashtirar ekan, uni to’g’ri o’zgartirishni, gapdagi boshka so’zlarga
moslashtirishni, ular o’rtasida so’z yasovchi ko’shimchalar o’rnatishni o’rganadi (o’rdak-
o’rdakcha, kant-kanddon). Oddiy gap tuzilmasi takomillashadi, turli toifadagi murakkab gaplar,
bevosita va bilvosita nutqlar gaplar faol ko’llaniladi. Bolalarni tilni tadkik qilishning o’ziga xos
bolalar usulidan (tovushlar, kofiyalar, so’z ijodkorligi o’yinlari) foydalangan holda o’rganadilar.
So’z bilan o’ziga xos tarzda sinov o’tkazish, tovush bilan o’ynash, so’z shakllarini «ushlab
ko’rish» bolalar tomonidan yasalgan, kattalar lug’atida mavjud bo’lmagan so’zlar va shakllar
sonining keskin oshishiga olib keladi. Bu qonuniy jarayon butun nutq rivojining borishi uchun
o’ta foydalidir.
Nutqiy rivojlanishda individual farklar doirasi keng. Ilk rivojlanish bosqichida bolalar
kattalar bilan muloqotda tashabbuskor bo’lib, ko’p savollar beradilar (nima uchun, nega), tanish
46
ertaklarni jon deb aytib beradilar, o’yinlar to’plami, suratlar bo’yicha kichik hikoyalar
to’kiydilar, bilishga ishtiyokmand ekanliklarini namoyish etadilar, kuvnok so’zlar va kofiyalar
o’ylab topadilar. Ular tengdoshlari bilan birgalikdagi o’yinlarda nutqni faol ko’llaydilar.
Nisbatan sust bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbus ko’rsatmaydilar, birok ular
kattalarning suratlarni ko’rish, yangi o’yinchoqlar bilan o’ynash, uydagi ana shunday
o’yinchoqlar to’g’risidagi savollarga javob berish haqidagi takliflariga ishtiyok bilan javob
beradilar. Tengdoshlari bilan birgalikda o’yinlarni yo’lga ko’yar ekanlar, bunday bolalar
ko’pincha muloqotning so’zsiz vositalarini ko’llaydilar. Ular pedagogni undash uchun tovushlar
va so’zlar bilan o’ynaydilar(muammoli o’yin vaziyatlarida).
Do'stlaringiz bilan baham: |