25. Ergashgan qo‘shma gapda ergash gap bosh gapga nisbatan o‘rnini almashtirgan qatorni toping. \\\***/// Sen otash ichida
urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elingda.
26. Ergashgan qo‘shma gaplarda hokim gapning eng oxirida keluvchi vosita qaysi?___________________ tarkibida
27. Ergashgan qo'shma gap tarkibidagi ergash gap oxirida keladigan bog’lovchini toping.
28. Ergashgan qo'shma gaplarda ergash gap boshida keladigan bog'lovchini toping. __________________________
29 Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? 1. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq,
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq Toki avlodlarga yetolsin omon. 2. Misralarda so‘zlar gavhar kabi yonadi, go‘yo yangi
ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. 3. Mabodo boshingga qilich kelsa ham, to‘g‘ri gapir. 4. Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz,
shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmoq darkor. _________________________
30. Faqat bir narsani aytmoq joizki, savob ishlar, shu jumladan, Vatan ravnaqi yo‘lidagi yumushlar hech qachon avvaldan tasdiqlangan
ro'yxat bo‘yicha qilinmaydi. Qo'shma gap turini aniqlang. ______________________
31. Gapning turini aniqlang. Angladimki, olamda Yurt tanho, vatan tanho. _____________________
32. Havola bo’lak ishtirok etgan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga misol yozning._____________________
33. Havola bo’lak ishtirok etgan hol ergash gapli qo’shma gapga misol yozing.___________________________
34. Havola bo’lakli qo’shma gaplarda ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar qaysi javobda to’g’ri berilgan?
1) -ki yuklamasi; 2) nisbiy so’zlar 3) fe’lning shart mayli qo’shimchasi –sa________________________
35. Hol ergash gapli qo’shma gap haqidagi to’g’ri fiklarni aniqlang. 1) hol ergash gapli qo’shma gapdagi deb bog’lovchisi uchun
ko’makchisi bilan erkin almasha oladi; 2) hol ergash gapli go’shma gaplarda har doim oldin bosh gap, keyin ergash gap keladi; 3) hol
ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar yordamida bog’lana oladi; 4) hol ergash gapli qo’shma
gaplar sodda gaplar bilan sinonim bo’la olmaydi. ______________________
36. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin. Qaysi tur?______________________
37. Insonlar qanday yashashi lozim bo’lsa, shunday yashanglar. Ushbu gap ergash gapning qaysi turiga mansub?
________________________________
38. Ishonchim komilki, uning bilaklariga quvvat bag‘ishlovchi buyuk, baquvvat suyang‘ichi bor. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap
qismida qaysi bo‘lak uyushgan? ___________________________________
39. Istasangiz-istamasangiz, men shu uyda yashayman. Hol ergash gap qanday ma’noni bildirgan? __________________________
40. Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi tushadi. Ushbu gap ergashgan qo'shma gapning qaysi turiga mansub?
___________________________
41. Qo’shma gap turini aniqlang.
1. Makrlar kitobin har kim qilsa fosh, uni olqishlaydi butun koinot. ________________2. Mehmonga borsang, mezbonga ko‘proq
yengillik kiritishga intil. ___________________3. Kim tushunib o'qisa, uning bilimi mustahkam bo'ladi.
42. O’rin ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1. Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan
yuradi. 2. Qayerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 3. Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka
bo‘ladi. 4. Ahillik bor yerda temir suvga cho‘kmaydi. ________________________
43. Odam borki, odamlarning naqshidir,
Odam borki, hayvon undan yaxshidir. Ushbu gapning turini toping. __________________
44. Qayerda bekorchilik bo‘lsa, o‘sha yerda be’manilik ham avj oladi gapi qanday ergash gapli qo‘shma gap? ____________
So'z shunday qurolki, u bilan eng yuksak cho'qqilarni zabt etish mumkin. _________________
45. Qaysi javobda barcha ega ergash gapli qo‘shma gaplar ko‘rsatilgan? 1. Kimki bu uzumni yemabdi, dunyoga kelmabdi. 2. Har kimki
vafo qilsa, vafo topqusidir. 3. Kim birinchi bo‘lib kelsa, biz mukofot topshiramiz. 4. Shunisi ajablanarliki, hech kim e’tiroz bildirmadi.
_________________________
46. Qo’shma gap turini ko’rsating.
1. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. ___________________
2. Kimki rostgo'y, samimiy bo‘lsa, u el o'rtasida qadr topadi. ____________________
3.Qizig’i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi. ___________________
4.Ko'chatlarning bir tekis ko'karib turishidan sezdikki, bog'bon astoydil mehnat qilgan. ____________________
5. Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarni bilmasa, demak, u nafosatdan bebahra yashagan. ____________________
6. Shunday jinoyat borki, uni oqlab bo'lmaydi. ________________________
8. Aytib qo'yki, undan umidimiz katta. ______________________
9. Shunisi ayonki, kitobsiz inson hayoti bo'm- bo'sh.
47. Qaysi qatorda ega ergash gapli qo'shma gap berilgan? 1. Kim ko'p o'qisa, dunyoqarashi keng bo'ladi. 2. Kim alam chekmaydi umrida
bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. 3. Kimki bo'lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. 4. Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin
kafan. ___________________________
48. Qo’shma gapning turini aniqlang.
Dangasaga mehnat yoqmaydi, shuning uchun u bahona izlaydi. ____________________
49. Kimning bilagida kuchi bo’lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o’sha zarbdor bo’ladi.
Murakkab qo’shma gapning qaysi turi?_______________________
50. Qaysi qatorda qo’shma gap qismlari va sodda gap bo’laklari orasida inversiya hodisasi mavjud? \\\***/// Sen otash ichida
Do'stlaringiz bilan baham: |