22
funksional yetilmagan bo‘ladi. Pre- iRNK ning yetilish jarayonida (protsessing)
intronlar fermentlar yordamida uzib tashlanib ekzonlar qayta ulanadi (splaysing).
Shundan keyin yetuk iRNK sitoplazmaga chiqaziladi.
Oqsil biosintezining ikkinchi etapi -
translyatsiya deyiladi.
Bu jarayon
ribosomalarda kechadi. Bunda iRNK ribosomaning kichik
va katta birliklari orasiga
joylashadi. Ribosomaning A (aminokislota) qismiga aminokislota +tRNK
kompleksi birikadi. Agar tRNK antikodoni iRNK kodoniga komplementar bo‘lsa
aminokislota ribosomaning R(peptid) qismida
peptid tarkibiga ulanadi,
ribosoma
keyingi tripletga joyini o‘zgartiradi.
Shunday qilib translyatsiya jarayonida ahborot nukleotidlar kodidan oqsil
molekulalaridagi aminokislotalar kodiga ag‘dariladi (4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: