individualligi qonuni orqali ifodalanadi.
Hujayralar bo‘linishi davrida har bir xromosoma xuddi o‘ziga o‘xshash
xromosomani hosil qiladi. Bu xromosomalar uzluksizligi qonunidir.
Somatik xujayralarda xromosomalarning to‘liq, juft (diploid) to‘plami,
gametalarda esa toq (gaploid) to‘plami mavjud.
Yadrocha. Elektron mikroskop orqali tekshirilganda yadrochaning ipsimon va
donador qismlardan tashkil topganligini ko‘rish mumkin. (5-rasm). Ipsimon qism
yiirik boshlang‘ich RNK molekulalari bilan oqsil komplekslaridan tashkil topgan.
Yetilish jarayonida fibrillalar ribonukleoproteid donalarga aylanib, donador qismni
tashkil qiladi. Ribonukleoproteidlar preribosomalar bo‘lib, sitoplazmada
ribosomalarni hosil qiladi.
Yadrochada ribosoma RNKsi (rRNK)ning sintezi, yetilishi va oqsillar bilan
birlashishi sodir bo‘ladi. rRNK genlari xromosomalarning ma'lum qismlariga
joylashgan bo‘lib, yadrocha hosil qiluvchilar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |