- Nima sababdan aynan 13-dekabr
“Turkiston kuni” deb tanlangan?
- Tarixdan ma’lumki, 1917-yilning 13-dekabr
kuni yuz mingga yaqin Toshkent mehnatkashlari,
ziyolilari, din ulamolari hurriyat, ozodlik va Qo‘qon
muxtoriyatini bayram qilib uni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida ko‘chalarga tinchlik va birdamlik
namoyishiga chiqadilar. Lekin, bolsheviklar
armiyasi ularga qarshi tashlanib zambarak va
pulemotlardan o‘qqa tutadi. Tinch namoyishda
ishtirok etgan minglarcha begunoh odamlar shahid
bo‘ladilar, shahar qonga botiriladi... Shuning
uchun biz, har yili bu tadbirga jiddiy tayyorgarlik
qilib unga siyosiy tus berib Turkiston milliy ozodligi
uchun jon bergan shahidlarni yod olib, qur’on
o‘qiymiz, eslaymiz, yoshlarga tariximizning og‘ir
kunlari haqida gapirib beramiz. Vashington va
Nyu York ko‘chalarida minglab turkistonliklar
manifestatsiya va mitinglarda ishtirok etishib,
dunyo jamoatchiligi e’tiborini Turkiston milliy
ozodligiga qaratishga harakat qilganmiz. Bundan
tashqari, “Turkiston kechalari”, “Jahon o‘zbeklari
forumi” va boshqa siyosiy tadbirlar, turli ilmiy va
ommabop konferetsiyalar o‘tkazilib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |