- Ilgari O‘zbekistonni qanday tasavvur
qilgan edingiz? Tashrif chog‘ida sizni nima
hayratlantirdi?
- Ilgari O‘zbekiston to‘g‘risida ota-
bobolarimiz juda ko‘p narsalarni gapirganlar.
Toshkentni sharqona uslubda qurilgan
o‘rtamiyona shahar deb o‘ylardim. Lekin
uning go‘zalligi va basavlatligini ko‘rib juda
hayratlandim. Keng va ravon ko‘chalar,
zamonaviy mehmonxonalar, oliygohlar, savdo
markazlari, bir qancha teatr va muzeylar meni
hayratga soldi. Viloyatlarga tashrif buyurganimda
har bir viloyatning boshqasidan tubdan farq
qiluvchi jihatlari meni hayratlantirdi. Men birinchi
navbatda Marg‘ilonga borib, uyimizni topdim, u
yerdagi oddiy va mehmondo‘st o‘zbeklar bilan
suhbatlashdim. O‘tgan ajdodlarimga fotiha
qilib, ko‘p joylarni ziyorat qildim... Nahordagi
oshlarda, to‘y-ma’rakalarda ishtirok etib, bu
yerlardagi urf-odatlarni o‘rgandim. Buvam va
otamning vasiyatlarini amalga oshirganimga
ichimdan xursand bo‘ldim. Xalqimizning
mehnatkashligi, mehmondo‘stligi, bir-birlariga
hurmati, urf-odatlarimizni bugungi kungacha
saqlab kelayotganligining shohidi bo‘ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |