- O‘zbeklarning AQShga ko‘chib
o‘tish bosqichlari haqida ham ma’lumot
bersangiz.
-AQShda bugungi kunda 20 mingdan ortiq
etnik amerikalik o‘zbeklar istiqomat qilishadi.
Ularning aksariyati bundan 30-40 yil ilgari
Osiyo va Yevropadan ko‘chib o‘tishgan. O‘zbek
oilalarining Amerikaga ko‘chib o‘tishini to‘rt
bosqichga bo‘lsa bo‘ladi:
O‘zbek emigrantlarining birinchi to‘lqini:
II Jahon urushidan so‘ng Yevropada ma’lum
sabablarga ko‘ra qolishga majbur bo‘lgan
o‘zbeklar. 40-yillar oxiri va 50-yillarida
Amerikaga kelgan dastlabki o‘zbeklar guruhini
tashkil qilishdi. Aynan shu vaqtda Amerikada
«Turkiston-Amerika» assotsiasiyasiga asos
solindi. Birinchi o‘zbeklar asosan Vashington,
New York shahri hamda Virginiya, Kaliforniya,
Pensilvaniya shtatlariga ko‘chib o‘tishdi. Birinchi
o‘zbeklar orasida ko‘proq ziyoli, o‘qimishli,
intellektual qobiliyati yuqori kishilar bo‘lgan.
Ular asosan o‘quv yurtlarida, universitetlarda
va xalqaro ommaviy axborot vositalari tizimida
faoliyat yurgizishgan. Ularning ko‘pchiligi xalqaro
ilmiy-siyosiy konferensiyalarda ishtirok etib,
kitob va maqolalar chop etishgan, Turkistonni
sovetlar changalidan ozod etish uchun harakat
qilganlar. Bugungi kunda Amerikada ularning
ikkinchi va uchinchi avlodi yashamoqda.
O‘zbek emigrantlarining ikkinchi to‘lqini:
1960 yildan boshlab Turkiyadagi o‘zbeklar ham
Amerikaga ko‘chib o‘ta boshladilar va AQShdagi
emigrant o‘zbeklarning asosiy qismini tashkil
qilishdi. O‘zbeklarning Amerikaga ko‘chib o‘tishiga
AQShdagi mavjud bir qancha jamoat tashkilotlari,
jumladan Nyu Yorkda joylashgan Tolstoy Fondi
(Tolstoy Foundation, located at Valley Cottage,
New York) yordamlarini ayamadilar. Bundan
tashqari o‘sha davrda biznes sohasida ishlari
yurishgan vatandoshimiz Isoqjon Narziqul ham
o‘zbek muhojirlarining AQShga ko‘chib kelishi,
ishga joylashuvi va boshqa ijtimoiy masalalarini
hal etishga beg‘araz yordam ko‘rsatgan. Bu
masalada u rafi qasi (Merry Narziqul) yordami
bilan yuzdan ortiq o‘zbekka yordam berdi.
Ko‘chib kelgan vatandoshlarimiz asosan Nyu
York shahrida, shuningdek Nyu-Jersi, Florida,
Pensilvaniya, Virjiniya, Illinoys shtatlarida
joylashadilar. «Turkiston-Amerika» jamiyati
orqali amerikaliklar turkistonliklarning kimligi,
tarixi va madaniyati bilan tanishdilar. Ikkinchi
to‘lqinda kelgan o‘zbeklarning ko‘pchiligi biznes,
tijorat, qurilish, transport, tibbiyot, advokatura
va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida faoliyat
yurgizib, keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga
erisha boshlashdi. Bugungi kunga kelib
ularning ko‘pchiligi biznes va boshqa sohalarda
yetarli tajriba yig‘ib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini
egallashgan. Aksariyati o‘z xususiy korxonasiga,
advokatura, tibbiy poliklinika, supermarket, kafe,
restoranlariga ega.
O‘zbek emigrantlarining uchinchi to‘lqini:
1979 sovet armiyasi kuchlari Afg‘onistonga
Do'stlaringiz bilan baham: |