Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi boshqa
Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik
yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi.
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib
1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil
Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq qildirish
lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element hisoblanadi.
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun ilmoqlarni to'g'ri yozishga o'rgatish
lozim.
3. Tagi tugunchakli uzun tayoqcha shaklidagi elementni ham quyidagicha buzib yozadilar:
Bunday xatolar o'quvchilarning yozuvning qiyaligiga e"tabor bermasliklari natijasida
sodir bo'ladi.
4. Tagi tugunchakli elementni haddan tashqari kichik yoki katta qilib yozadilar:
Bu xatolarning oldini olish uchun shu elementni harflar bilan bog'liq holda yozib
ko'rsatish va harfga taqqoskash zarur.
5. Katta N, M harflarini yozishda uning birinchi elementini noto'g'ri yozadilar:
Bu xatoni yo'qotish uchun shu elementni kattalashtirib ko'rsatish lozim.
6. O'quvchilar kichik cho'zinchoq doira shaklidagi O harfmi yozishda ham ayrim xatolarga yo'l
qo'yadilar. Bu harfni yozishda uchragan kamchiliklarni tuzatish uchun katta o'lchamdagi
quyidagi jadvaldan foydalanish lozim.
Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini ko'rsatib o'tdik,
bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham uchrashi mumkin. Bosh
harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish
mumkin.
Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan
to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi.
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi.
Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi
ham yozuvning buzilishiga olib keladi.
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi
mumkin.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf
etish yo'llarini topishi kerak.
Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflaming baland
va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim.
Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq butunlay uzib
yoziladigan harflaming shakliga qaratish lozim.
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash
qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflaming
qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi
mashqlar muhim rol o'ynaydi.
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va
tekshirib borishi zarur.
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga bo'lgan
munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va
harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchayadi. Xalq maorifi sistemasini
qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish
borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Biz bu muammolarni mazkur qo'llanmada
yoritishga harakat qildik.
Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat
talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish
uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning murakkabligini
hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni
saqlab qoldik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish
mumkin.
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar
namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: diafilm,
epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beraidi.