r f u o’ d z
IV- Variant: kichik u, o', z, d harflarining tugunchakli elementining boshqa harflar
bog'lanishini mashq qilish:
uv zv do rv
V-
Variant: kichik u, o', z, d harflarini kichik 1, m, ya harflari
bilan bog'lab yozishni mashq qilish:
vm vl uya zm dya
VI-Variant: kichik u, o', z, d harflarini cho'zinchoq doira
shaklidagikichik harflar bilan bog'lab yozishni mashq qilish:
d uv zv suv
3- sinfda bolalarning yozuvlarini tahlil qilish orqali ularda uchragan ayrim xato va
kamchiliklarning oldini olish va tuzatish choralarini ko'rish lozim. Ayrim o'quvchilarga
daftarlarida harf namunalarini ko'rsatib berish mumkin.
Chiroyli yozuvga o'rgatish yuzasidan olib borilgan mashqlar har bir ona tili darsida 4-5
qatordan oshmasligi kerak. Uchinchi sinfda bosh harflarning yozilishini takrorlash bilan birga
ayrim ish qog'ozlarini yozish qoidalari ham tushuntiriladi. Ish qog'ozlarini aniq, ozoda va to'g'ri
bajarish shu sinfdan boshlab talab etiladi.
Ish qog'ozlari (xat, manzil, tilxat, ariza va boshqalar) qanday yozilishini o'qituvchining o'zi
namuna sifatida yozib ko'rsatishi lozim.
Bu sinfda yozuv bilan bog'liq bo'lgan har bir dars husnixat talablaridan chetda qolmasligi
kerak. Bu sinfda ham chiroyli yozuv malakasiga o'rgatish ona tili darslari bilan bog'lab olib
boriladi.
19-mavzu. Jarangli va jarangsiz undosh p va f harflarini yozishga o'rgatish
Darsning borishi. O'qtuvchi o'quvchilarga o'zakdagi jarngli va jarangsiz undosh
tovushlar- p va f harflar imlosini tushuntirishdan oldin bu harflaming yozilish shaklini
tushintirib, qisqa mashq o'tkazadi. (Yozuv malakasini tushuntirish uchun 8- 10 minutdan
oshmasligi lozim.)
O'qtivchi doskaga p va f harflarini chiroyli yozuv qoigalariga amal qilgan holda yozib
qo'yadi.
Kichik f harfini yozdirishga boshlashdan oldin uning nechta elementdan tuzilganligi va
elementlarining doim qo'shilib yozilishi tushuntirib o'tiladi. Tushintirish mashqlarini
plakatlardan foydalanib olib boorish ham mumkin.
Bu harflarni yozishda uning cho'zinchoq doira shaklidagi elementlarini bir xilda yozish
shart ekanligi eslatiladi.
O'quvchilar bu harfning yozilish texnikasi bilan oldingi sinflarda ham tanishganlar. Bu
darsda esa kichik f harfming ikkinchi yozilish turi bilan tanishadilar, ya'ni kichik f harfming
ikkinchi cho'zinchoq doira shaklidagi elementi o'zidan keyingi harflar bilan qo'l uzmasdan
tuguncha hosil qilib bog'lanadi.
O'quvchilar bu harfni yozib mashq qilish bilan yozuv tezligini oshirishda bu harfning
yana ham qulay ekanligini amalda ko'radilar. O'qituvchi kichik f harfming boshqa harflar bilan
bog'lanishini va ayrim so'zlarni doskada ko'rsatib beradi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |