131
«SAB’AI SAYYOR» DOSТONIDA SHOHLIK VA OSHIQLIK
MUAMMOSI, UNING FALSAFIY YECHIMI
Dostonning yaratilish tarixi. «Sab’ai sayyor» (“Yetti sayyora”) Navoiy
“Хamsa”sining to’rtinchi dostoni bo’lib, u 1484-yilda yozib tugallangan. Doston
uchun Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan «Bahrom Go’r» afsonasi asos bo’lgan.
Bu afsona sosoniylar sulolasidan bo’lgan podshoh Varaxran (418—438) nomi
bilan bog’liq (Varaxran dariy tilida «Bahrom» ma’nosini anglatadi). U go’r —
kulon oviga o’ch bo’lgani uchun Bahrom Go’r nomi bilan mashhurdur. Navoiy
«Тarixi muluki ajam» asarida Bahromning shijoatli podshoh bo’lganini aytadi va
Bahrom Go’r nomining kelib chiqish sababini quyidagicha ta’riflaydi: «Ani
Bahrom Go’r dedilar. Muning jihatin ba’zi dedilarkim, go’rni shersayd qilg’anda,
aning o’qi egnisidan o’tub, yerga tegdi. Ba’zi debturlarkim, go’r oviga ko’p moyil
erdi”
1
.
Bahrom Go’r haqidagi afsona va rivoyatlar juda ko’p bo’lib, dastlab Hind-
Eron xalqlari tomonidan yaratilgan, keyinchalik Eronga qo’shni bo’lgan xalqlar,
ayniqsa, armanlar, gruzinlar orasida ham paydo bo’ldi. Bu afsona va rivoyatlar
zamonlar o’tishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Ularda Bahrom shon-
shavkatli podosho, shijoatli, mard va olijanob, tanti, mohir mergan, ishratparast
shaxs sifatida tasvirlandi. Dastlab xalq og’zaki ijodida paydo bo’lgan Bahrom Go’r
obrazi keyinchalik yozma adabiyotdan, ayni choqda manoqib va xotira-
memuarlardan ham o’rin oladi.
Bahrom Go’r haqida yozma adabiyotda birinchi bo’lib doston yaratgan
ijodkor fors-tojik klassigi Abulqosim Firdavsiydir. U xalq og’zaki ijodi, yozma
manbalardan ijodiy foydalanib, o’zining “Shohnoma” asarida Bahrom obrazini
shuhratli, adolatli shoh, vatanparvar, tengsiz kuch-qudrat, aql-idrok sohibi,
shuningdek, aysh-ishratga berilgan, xudbin va qahri qattiq shaxs sifatida
tasvirlaydi.
Bahrom Go’r haqidagi syujet Firdavsiyda «Shohnoma»ning bir-faslini tashkil
etib, Bahromning tug’ilishi, taxtga chiqishi, mamlakatni idora qilish to’g’risidagi
1
Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Ж.16. – т.: Фан, 2000
132
tadbirlari, o’z davlatiga qarshi bosh ko’targanlar bilan kurashi va boshqa
zpizodlardan, iborat.
Firdavsiy Bahrom Go’r xarakterini to’laroq ochish maqsadida xalq og’zaki
ijodidagi hikoyat va afsonalardan ijodiy foydalangan. Dostonda Bahrom Go’rning
ovda o’z kanizagi Ozoda bilan to’nashuvi tasvirlagan hikoyat keltiriladi. Bu
hikoyat ko’p shoirlarning diqqatini o’ziga tortdi.
Bahrom Go’r haqida maxsus doston yaratgan shoir Nizomiy Ganjaviydir.
Shoir “ Haft paykar» dostonida Bahrom va Fitna haqidagi qoliplovchi hikoyani
beradi.U Firdavsiy tomonidan qalamga olingan lavhalarni takrorlamagan holda
yangi shaklda va uslubda doston yaratadi.
Nizomiy Firdavsiy ilgari surgan g’oyalarning mohiyatini chuqur anglagan
holda Bahrom obraziga xos xususiyatlarni saqlab qoldi, Bahromni, Firdavsiy
dostonidagidek mohir mergan, sher va ajdarlarga ham bas kela oluvchi mard va
bahodir xukmdor sifatida tasvirladi. Shuningdek, Nizomiy Bahrom obrazini orqali
o’z davri ijtimoiy hayotidagi muhim masalalarni o’rtaga tashladi.
Nizomiy Bahrom timsolida mard va shijoatli odil podshoh hamda ayshu
ishratga berilgan bevafo, xudbin hukmdor obrazini yaratdi. Dostondagi aqlli,
tadbirli va ziyrak ayol Fitna obrazi alohida diqqatga sazovordir.
Syujet jihatidan ko’pqirrali, kompozitsiya jihatidan murakkab bo’lgan bu
doston Nizomiyning buyuk san’atkorligini ko’rsatadi. Shoir ijodi Sharq shoirlari
uchun asrlar davomida namuna bo’ldi, ular Nizomiyga ergashib, u ilgari surgan
g’oyalarni davom ettirib asarlar yaratdilar. Ana shunday shoirlardan biri Amir
Хusrav Dehlaviydir (1253—1325). U Nizomiyning «Haft-paykar» dostoniga
ergashib, «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat») dostonini yaratadi.
«Hasht behisht» kompozitsiya jihatidan Nizomiyning «Haft paykar»
dostoniga o’xshasa-da, ayrim jihatlari bilan undan farq qiladi. Хusrav Dehlaviy
asarni Bahromning taxtga chiqishi voqeasidan boshlaydi, Nizomiy dostonidagi
ko’pgina epizodlarni tushirib qoldiradi. Shoirni Bahrom Go’r obrazi bilan bog’liq
sakkizta hikoyatni so’zlatish qiziqtiradi.
133
Nizomiy «Haft paykar»da davlat, xalq, adolat to’g’risidagi masalalarni bosh
masala sifatida asar markaziga qo’ysa, Хusrav Dehlaviy o’z asarida bu jihatlarga
ozroq e’tibor beradi. «Haft paykar»ning markazida qahramon psixologiyasi, xatti-
harakati, xarakterini ochib beruvchi vokealar tursa, Хusrav Dehlaviyda bunday
psixologik analizga kamroq e’tibor berilgan. Хusrav Dehlaviy she’riy san’atlardan
foydalanishga ko’proq ahamiyat beradi. Uning metaforalari, majozlari, xilma-xil
hikoyatlari asarga jonlilik bag’ishlaydi. Хusrav Dehlaviyning yetti hikoyatsi
tamomila yangi hikoyatlar bo’lib, ularni shoir hind folklori materiallari asosida
yaratgan.
Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostoni Firdavsiy, Nizomiy, Хusrav Dehlaviy
kabi ulug’ shoirlarning adabiy an’analarini chuqur egallash asosida vujudga keldi.
Mazkur asar mazmun va badiiy jihatdan yangi asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |