Dostondagi otalar obrazi. Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonida
otalar obraziga katta e’tibor beradi. Shoir, asarda yolg’iz uril va yolg’iz qizi
bo’lgan ikki otaning xarakterini yaratadi. Biroq dostonda tasvirlangan Majnunning
otasi bilan Laylining otasiga bir xil tipdagi kishilar deb qarab bo’lmaydi. Ularning
xarakterlarida ba’zi umumiy tomonlar bo’lishidan qat’iy nazar, har qaysisi o’ziga
xos xususiyatlarga ega. Ularning bu xususiyatlari o’zlarini o’rab olgan muhit va
kishilar bilan bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Dostonda tasvirlangan Bani Omir qabilasining boshlig’ini shoir o’z
gumanistik ideallaridan kelib chiqib tasvirlaydi. U Arabda mashhur hukmdorlardan
biri bo’lib, bir necha qabilalar unga bo’ysundirilgan edi. Bu kishi odamlarga
mehribon, saxiy, mehmondo’st odamdir. Dostonda uning nomi aytilmagan. U
«bechora ulusga chorasoz», ilm-ma’rifatning qadriga yetadigan odam edi. Bu
124
donishmand, saxovatli kishining «otu tuyasi hisob bilan juft, qo’yu qo’zisi
hisobdan ham ko’p», ammo farzandsiz. Biroq u keksayib qolganida o’g’il ko’radi.
U yolg’iz farzandining ilmli bo’lib yetishishini o’ylab, uni yoshligidan Hay
qabilasidagi maktabga joylashtiradi. Ota o’g’lining o’qishdagi muvaffaqiyatlarini
ko’rib quvonadi, ammo otaning bu kuvonchlari uzoqqa bormaydi. Qays Laylini
sevib qolgandan keyin bechora ota boshiga ko’p ko’rguliklar tushadi. Farzandining
sevgisi tufayli ham o’zi, ham qabilasi Layli otasining ta’qibiga uchraydi.
Dostonda Majnunning otasi ruhiy kechinmalari, o’g’lining dardiga chora topa
olmay chekkan iztiroblari ta’sirchan ifodalangan. Yigirma sakkizinchi bobdagi
otaning Majnunga nasihatlaridan tuzilgan monolog orqali u haqida to’la tasavvurga
ega bo’lamiz. Ota qalbidan chiqqan haro-ratli so’zlarda uning dono, mehr-
shafqatli, jonkuyar padar ekanligi o’zining g’oyat go’zal badiiy ifodasini topgan:
Dedikim: Ayo ramida farzand!
Payvand bag’irg’a, balki parkand.
Ko’ksum yarasini so’kma muncha,
Bag’rimni qonini to’kma muncha.
Bu misralarda o’g’li g’am-alamlariga o’zini darddosh deb bilgan, qalbi
iztiroblarga to’la mehribon ota siymosi namoyon bo’ladi. U o’g’liga hech qanday
ta’na qilmaydi. Ota o’g’liga pand-nasihat qilib, es-hushini yig’ib olishga chaqiradi.
Uning otalik mehri, nasihatlari Majnunga ta’sir qiladi va ixtiyorini otasiga
topshiradi. Biroq u sevgisidan voz kechmaydi. Ota Majnunga so’z orasida o’zining
umri tugayotgani, onasining ham o’g’lidan uzoqda og’ir azoblar chekayotganini
aytadi. Majnun ota izmiga bo’ysunib uyiga qaytadi. U farzandlik mehr-muhabbati
va ota-onasiga hurmati tufayli ularga itoat etib, Navfalning qiziga uylanish
haqidagi takliflariga sukut qiladi. Buni uning roziligi deb tushunishadi. Ota-ona
rizoligini hamma narsadan ustun sanagan Majnun otaning qarori va hohishiga
bo’ysunadi. Majnun to’y kechasi Navfalning qizi bilan aka-singil tutinib, sahroga
chiqib ketadi. Bu xabarni eshitgan ota-ona el-yurt oldida hijolatda qoladilar, ular
g’am-g’ussa bilan vafot etadilar. Uning ota-onasi ishq yo’lida telba bo’lgan o’g’li
dardida g’am chekib dunyodan o’tadilar.
125
Najd tog’ida sargardon yurgan Majnun tush ko’radi va uyqudan uyg’ongach,
ota-onasini vafot etganini anglaydi. O’z qavmi mozoriga borib, yangi qad
ko’targan ikki qabrni ko’radi. Ota-ona qabrini ko’rgan Majnun boshiga tuproq
sochib, ohu-fig’on chekadi. Avvalo Majnun ota qabriga keladi. “Urdi atosi
mozorig’a bosh Kim, kul-ko’mak etti boshin ul tosh”, singari tasvirlarda
Majnunning ota-onasidan ayrilib, chekkan alamlari cheksiz ekanligi namoyon
bo’ladi. Shundan keyin u otasi ta’rifini keltiradi, uning mehribonligi va
g’amxo’rliklarini esga oladi, yetgazgan jabr-sitamlari uchun uzr so’raydi.
Majnunning onasi qabri ustida aytgan so’zlari alohida diqqatga molikdir.
Bunda uning onaga bo’lgan mehr-ardog’i, ayriliq tufayli chekkan ohu-nolalari o’z
aksini topgan.
Dostondagi voqealar rivojiga katta ta’sir ko’rsatadigan obrazlardan biri
Laylining otasidir. U Hay qabilasining boshlig’i, yakkayu yagona qizi uchun
maktab ochdirgan va boshqa bolalar ham shu maktabda o’qishadi. Dostonning 16-
bobida Layli va Qays o’rtasidagi muhabbat avj olib, Majnun nomi el o’rtasida
ovoza bo’lgach, bu sevgi hpqida Laylining otasi eshitadi.
Majnun ishq yo’lida qo’lidan ixtiyorini berib, xalq tomonidan ta’na-
malomatga qoladi. U Layli muhabbatiga giriftor bo’lishdan oldin xalq ichida
go’zal axloqi va nodir iste’dodi bilan tanilgan edi. Uni hamma hurmat qilar,
kelajagiga umid bilan qarashar edi. Laylining otasi ham u haqida yaxshi fikrda
bo’lgan. Shunday zukko yigitning bir qiz ishqida es-hushidan judo bo’lganini
eshitib, afsuslanadi. U Majnunning og’ir ahvoli uchun kuyinadi. Ammo u yigit hali
kimning ko’yida telba ahvolga tushib qolganini bilmaydi. Bu qiz kimligini
so’raganda xabarchi uning Layli ekaniga ishoralar qiladi. Majnunning sevgilisi o’z
qizi ekanligini fahmlagan ota bir so’z demay gangib qoladi. Uning bu ahvolini
Navoiy: “Boshin tutib o’ldi bir zamon gech So’z demadi yaxshi, yo yomon hech”,
- deya tasvirlaydi. Ammo biroz fursat o’tgach, Majnunning otasidan bu ishga chek
qo’yishni talab qiladi. Majnunning telbaligi oshkor bo’lgach, biror chora
ko’rmagani uchun unga tanbeh beradi. Uning talabi bilan Majnunni dashtdan tutib
kelib, zanjirband qilishadi.
126
Majnun pok muhabbat tufayli oddiy insonlar darajasidan qiyos qilib
bo’lmaydigan darajada ma’naviy yuksaldi. Buni tushunmagan odamlar uni – jinni
deb ataydilar. Ular tor fikrliligi tufayli Majnun va Layli sevgisini idrok etishga
qobil emas edilar. Oddiy odamlar uchun o’zlari tasavvur qilda oladigan
tushunchalardan bo’lak narsalar g’ayritabiiy tuyular edi. Shuning uchun ham ular
nazarida ishq yo’lida o’zini qurbon qilayotgan vujud jinni bo’lib ko’rinadi.
Qays qobiliyatli va fozil yigit sifatida Laylining otasiga ma’qul bo’ladi.
Ammo pok muhabbat tufayli yuksak kamolot kasb etganida u Laylining otasiga
xos tushunchalardan uzoqlashadi. U jinni deb Majnundan yuz o’giradi, undan or
qiladi. Ma’lum bo’ladiki, Laylining otasi qizini Qaysga ishq yo’lidagi devonaligi,
telbaligi uchun bermagan. U tor fikrliligi, oddiy turmush ko’rinishlariga asirligi,
mahdudligi sababli ikki yoshning kamdan-kam kishiga nasib etadigan samimiy
muhabbatiga to’siq bo’ladi, natijada sevishganlar vujudlari jismonan halok bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |