80
Koks soni deganda, yonilg‘ining havosiz, yuqori haroratda
(800–900°C) parchalanib, ko‘mirsimon qoldiq hosil qilish xususi-
yati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich dizel yonilg‘ilari uchun 0,05% dan
oshmasligi kerak.
Detallarda qurumdan tashqari loksimon quyqumlar ham hosil
bo‘ladi. Bular to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa birikmalar-
ning yuqori haroratlaridagi oksidlanish muhsulotidir. Bu xususi-
yatni aniqlash uchun tekshirilayotgan 1 ml yonilg‘i namunasi alu-
miniy idishchaga solinadi va 250°C haroratda termostat-lok hosil
qilgichda bug‘latiladi. Bug‘lanishdan keyin idishchada lok pardasi
qoladi. Hosil qilingan lok pardasi sovitilib, tarozida tortiladi. Hisob
10 sm
3
yonilg‘iga nisbatan bajariladi. Yonilg‘ining fraksion tarkibi
qanchalik yengil bo‘lsa, shunchalik kam lok hosil bo‘ladi.
Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati uning yonmaydigan
qoldig‘i miqdorini xarakterlaydi. Kul yonilg‘ini 800–850°C haro-
ratda havoda yondirilganida qoladigan mineral qoldiqdir.
Dizel yonilg‘ilari uchun kul hosil bo‘lishi miqdori 0,01 foizdan
oshmasligi kerak. Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati yuqori
bo‘lishi yonilg‘i apparaturasi va silindr-porshen guruhi detallari-
ning yeyilish darajasini sezilarli darajada oshiradi.
Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar detallarda ho-
sil bo‘lgan qurum va o‘tirib qolgan yopishqoq jinslarni qotiradi,
mustahkamlaydi va ularning ko‘chishini qiyinlashtiradi. Masalan,
tarkibida 0,08 foiz miqdorda oltingugurt bo‘lganida yonilg‘i ishla-
tilganida hosil bo‘ladigan qurum tarkibida 1 foiz oltingugurt bo‘la-
di va chiqindining zichligi 0,03 g/sm
3
bo‘lsa, yonilg‘i tarkibidagi
oltingugurt miqdori 1,5 foiz bo‘lganida bu ko‘rsatkichlar mos ra-
vishda 9 foiz va 0,5 g/sm
3
ni tashkil etadi.
3. 11. Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi
Tezyurar dizel dvigatellari uchun yonilg‘ilar 305–82- sonli
«Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» nomli standart asosida ishlab
81
chiqariladi. Avtomobillarda, ish sharoitiga ko‘ra, uch turdagi dizel
yonilg‘ilaridan: Л (yozgi), З (qishki) va A (arktik) ishlab chiqa-
riladi (3. 1- jadval). Barcha turdagi dizel yonilg‘ilariga belgilan-
gan tartibda va miqdorda qo‘shilmalar qo‘shishga ruxsat etiladi.
Dizel yonilg‘isining barcha komponentlari yuqori turg‘unlikka
ega bo‘lganligi tufayli ularni uzoq muddat (5 yil va undan ortiq)
saqlash mumkin. Л markali yonilg‘i tashqi muhit harorati 0°C va
undan yuqori bo‘lganida ishlatish uchun mo‘ljallangan, З marka-
li yonilg‘i minus 20°C va undan past harorat (sovuq tabiiy iqlim
mintaqalari)da, A markali yonilg‘i esa minus 50°C va undan past
haroratli mintaqalarda ishlatishga mo‘ljallangan.
Dizel yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab
ikki kichik guruhga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhga kiradigan
yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmay-
di, ikkinchi kichik guruhga kiruvchi Л va З markadagi yonilg‘ilar
tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,21–0,50 foizdan, A markada-
gi yonilg‘ilarda esa 0,21–0,40 foizdan ortmasligi lozim. Dizel
yonilg‘ilari quyidagicha markalanadi: Л–0,2–40. Bunda Л yoz-
gi yonilg‘i ekanligini; 0,2 soni yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt
miqdorini (foiz hisobida), 40 soni yonilg‘ining o‘t olish harorati
(°C)ni bildiradi. Qishki yonilg‘ilarda esa yonilg‘ining qotish haro-
rati ko‘rsatiladi. Masalan, З–0,2–(–35) markali yonilg‘ida minus
35 soni yonilg‘ining qotish harorati (0°C)ni ko‘rsatadi. Arktik dizel
yonilg‘ilari markasida esa faqat oltingugurtning miqdori (%) kelti-
riladi, masalan, A–0,4.
3. 1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: