K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

haroratini aniqlash asbobi:
1 – shisha idish; 2  –  sina-
layotgan yonilg‘i to‘ldirilgan 
probirka; 3 – tiqin; 4  – tert-
nometr;  5 – aralashtirgich. 


70
ni hisobga olgan holda, yonilg‘ini ekspluatatsion baholash qotish 
harorati yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qoida-
ga amal qilish lozim: dizel yonilg‘isi ishlatiladigan sharoitdagi eng 
past harorat uning qotish haroratidan kamida 10°C, ko‘pi bilan 
15°C yuqori bo‘lishi lozim. 
Masalan, qotish harorati minus 23°C bo‘lgan dizel yonilg‘isi-
ni tashqi havo harorati minus 10°C dan past bo‘lmagan sharoitlar-
da ishlatish mumkin. Bu sharoitda yonilg‘ining qotish harorati va 
ishlatish mumkin bo‘lgan eng past harorat orasidagi farq 13°C ni 
tashkil etadi, ya’ni belgilangan qoidada ko‘rsatilgan chegaradan 
tashqarida emas. 
Qotish harorati qishki dizel yonilg‘ilari uchun minus 35°C dan 
minus  45°C  gacha,  yozgi  yonilg‘ilar  uchun  minus  10°C  atrofida 
bo‘ladi. Shunday qilib, xiralashish va qotish haroratlari yordamida 
dizel  yonilg‘ilarining  fizikaviy  turg‘unligiga  bo‘lgan  talablarning 
bajarilishi ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida havo harorati xiralashish haro-
ratidan yuqori bo‘lganidagina yonilg‘idan foydalanish mumkin. 
Agar qishda yozgi yonilg‘idan foydalanilsa, ajraladigan para-
fin  kristallari  dvigatelning  ta’minlash  tizimiga,  ayniqsa,  mayin 
tozalash filtrlariga tiqilib qoladi, natijada yonilg‘i berish buziladi 
yoki to‘xtaydi. Sovuq vaqtda nafaqat yozgi yonilg‘idan, balki ara-
lash yonilg‘idan ham foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki ular-
ning past harorat va qovushoqlik xossalari dvigatelning normal ish-
lashini ta’minlamaydi. 
Ish jarayonida ba’zan dizel yonilg‘isining xiralashish va qo-
tish haroratlarini pasaytirish uchun unga kerosin aralashtiriladi. 
Ammo bunda yonilg‘ining setan soni kamayadi va dvigatel bunday 
yonilg‘ida nisbatan qattiq ishlaydi. 
3. 6. Dizel yonilg‘isining bug‘lanuvchanligi
Dizel yonilg‘isi optimal bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi lozim. 
Yonilg‘ini havo bilan aralashishi uchun yonilg‘i bug‘lanishi lozim. 
71
Yonilg‘i-havo aralashmasi yonish kamerasidagi zaryad aralashma-
ni alangalanishining quyi chegarasida yonadi. Bundan aralashma 
hosil bo‘lish tezligi dvigatel silindriga purkalgan yonilg‘ining to‘la 
bug‘lanishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi ko‘rinadi: harorat, 
bosim, havoning yonish kamerasidagi uyurma harakati, purkash si-
fati va yonilg‘ining bug‘lanuvchanligi. 
Yonilg‘ining purkalishi qanchalik yaxshi bo‘lsa (yonilg‘i qan-
chalik mayda purkalsa), bug‘lanish sirti shuncha ortadi. Bun-
dan tashqari, yonilg‘ini to‘zitilishidagi tomchilar diametrining 
kichiklashishi ularning qizish tezligini oshiradi. Buning natijasi-
da purkash sifati ortishi bilan birga, purkalayotgan yonilg‘ining 
bug‘lanish tezligi ortadi. 
Bug‘lanuvchanligi yomon bo‘lgan va yuqori haroratda qaynay-
digan yonilg‘i ishlatilganida, bug‘lanish tezligi shu darajada sust 
bo‘lishi mumkinki, bunda yonilg‘i gaz holatiga o‘tishga ulgurmay-
di va buning oqibatida to‘la yonmaydi. Natijada yonilg‘i sarfi or-
tadi, gilza devorlaridan moy pardasining suyuq yonilg‘i bilan yu-
vilishi tufayli silindr-porshen guruhi detallarining yeyilishi ortadi. 
Dizel yonilg‘isining bug‘lanuvchanligi uning fraksion tarkibi bi-
lan baholanadi. Bu tarkib dizel yonilg‘isining bug‘lanishini ko‘rsa-
tuvchi va benzinlardagi kabi yonilg‘i hajmi (umumiy hajmiga nis-
batan foiz hisobida) bilan yonilg‘i (yonilg‘i haydaladigan) harorati 
orasidagi bog‘liqlikni belgilab beradi. Bu haroratlar yonilg‘ining 
yurgazib yuborish xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi: yonilg‘i tarkibi-
da nisbatan yengil fraksiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yonilg‘i pur-
kalganidan so‘ng shuncha tez bug‘lanadi; bunda yonilg‘ining to‘liq 
yonishi, kam tutun chiqarishi va dizelning oson yurgazib yuborili-
shi ta’minlanadi. 
Shunga qaramasdan, yonilg‘ida oson bug‘lanadigan fraksiya-
larning juda ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel 
dvigatellarida yonilg‘i kuchli yonadi, natijada dvigatel normal ish-
lamaydi (o‘ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi 
va uni sovitmasdan yurgazib yuborish mumkin bo‘lmaydi). Shu-
ning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi. 


72
Shu bilan birga, yonilg‘ida og‘ir fraksiyalar bo‘lishi yonilg‘ining 
ancha yuqori haroratlarda haydalishiga olib keladi. Natijada yonilg‘i 
aralashma hosil bo‘lish jarayonini yomonlashtiradi, yonilg‘i ko‘p 
sarf bo‘ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va kuyundi ko‘p hosil 
bo‘ladi. 
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, dvigatel oson ishga tushishi uchun 
yonilg‘i shunday bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi kerakki, bunda 
o‘z-o‘zidan alangalanish sodir bo‘ladigan paytda alangalanish hosil 
bo‘ladigan chegarada zarur yonilg‘i-havo aralashmasi hosil qilini-
shi lozim. 
Dizel yonilg‘isining o‘t olish xususiyati yonilg‘ining 50 foizi­
ning qaynash harorati bilan baholanadi. 
Dizellar uchun t
50%
 = 255–280°C va t
96%
 = 330–340°C bo‘lgan 
qishki yonilg‘ilar hamda t
50%
 = 280°C va t
96%
 = 360°C bo‘lgan 
yozgi yonilg‘ilar ishlab chiqariladi. Bunday fraksion tarkibli dizel 
yonilg‘isi yonilg‘ining to‘la yonishini va dvigatellarning yumshoq 
ishlashini ta’minlaydi. 
Dizel yonilg‘isining fraksion tarkibini aniqlash benzinning frak-
sion tarkibini aniqlash kabi amalga oshiriladi. 
3. 7. Dizel yonilg‘isining kimyoviy tarkibi
Neftni haydash usuli bilan olinadigan, tarkibida oltingugurt bi-
rikmalari kam bo‘lgan dizel yonilg‘ilari yuqori kimyoviy turg‘un-
likka ega bo‘ladi. Shuning uchun ular uzoq saqlanganida (besh yil 
va undan ortiq) va dvigatel silindrlarida ishlatilganida bug‘lanish 
jarayoni boshlangunga qadar o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmay-
di. Bu sharoitlarda tarkibida ko‘p miqdorda olefinlar va merkap-
tanlar bo‘lgan dizel yonilg‘ilarigina o‘z xususiyatlarini sezilarli 
darajada o‘zgartiradi. Bunday yonilg‘ilarni tashish va saqlashda 
olefinlarning oksidlanishi natijasida smola miqdori ortib ketadi va 
filtrlar hamda forsunka to‘zitkichlari ignalariga o‘tirib, ta’minlash 
73
tizimining normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi, yonish kamerasiga 
tushishi esa qurum hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Shuning uchun di-
zel yonilg‘ilari bo‘yicha standartlarda yonilg‘i tarkibidagi katalitik 
kreking mahsullari, birinchi navbatda, smola miqdori (qishki marka-
larda 100 ml yonilg‘ida 30 mg gacha, yozgi markalarda 40 mg ga-
cha) chegaralanadi, ikkinchi navbatda yod soni me’yorlanadi. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish