Xiralashish harorati bu, tarkibida suv bo‘lmagan tiniq di-
zel yonilg‘isini sovitish jarayonida yonilg‘ining loyqalanishining
(xiralashishi) dastlabki belgilari kuzatiladigan haroratdir. Bunda
yonilg‘ining faza bo‘yicha bir jinsliligi yo‘qoladi. Yonilg‘ini xira-
lashishiga, yuqorida aytib o‘tilganidek, past haroratlarda yonilg‘i
tarkibidagi yuqori haroratlarda eriydigan uglevodorodlar kristalla-
rining paydo bo‘lishi sabab bo‘ladi. Yozgi dizel yonilg‘ilari uchun
xiralashish harorati minus 5°C dan, qishki yonilg‘ilar uchun mi-
nus 25°C–minus 30°C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Agar yonilg‘i
tarkibida suv bo‘lsa, u 0°C dan minus 1°C gacha haroratdayoq xi-
ralasha boshlaydi.
Yonilg‘ining qotish haroratini aniqlashda 450 burchak ostida qi-
yalatib o‘rnatish mumkin bo‘lgan standart asbobdan foydalaniladi
(3. 2- rasm). Yonilg‘ining qotish harorati deganda, 45° qiyalikda
o‘rnatilgan probirkadagi 2 yonilg‘i 1 min davomida oqib chiqib
ketishi barham topadigan harorat tushuniladi, ya’ni bu haroratda
1 min vaqt o‘tganidan so‘ng yonilg‘i asbobdan (probirkadan) oqib
tushmaydi.
Dizel yonilg‘isini xiralashish va qotish haroratlari bo‘yicha eks
pluatatsion baholash yonilg‘i bakidan dvigatelga uzluksiz uzati-
lishini ta’minlovchi eng past harorat chegarasini belgilashdan ibo-
rat. Bu harorat har bir yonilg‘ining xiralashish haroratini ifodalaydi.
Ammo bu haroratni aniqlashda va tashqi havo haroratini o‘lchashda
xatolikka yo‘l qo‘yilishi ehtimoli borligini inobatga olib, ixtiyoriy
69
dizel yonilg‘isini ishlatish mumkin
bo‘lgan eng past harorat sifatida,
shu yonilg‘ining xiralashish haro-
ratidan 3–5°C yuqori bo‘lgan haro-
rat qabul qilinadi.
Standart uslub asosida aniqlan-
gan yonilg‘ining xiralashish haro-
rati, ba’zi bir dizel yonilg‘ilari
uchun parafinlar kristallana bosh-
lanadigan haqiqiy haroratdan past
bo‘lishi mumkin. Bunday nomu-
tanosiblik kelib chiqishi aniqlash
uslubining yetarli darajada taraqqiy
etmaganligi bilan tushuntiriladi.
Yonilg‘ining xiralashish harora-
tini aniqlash uchun dizel yonilg‘isi
rangsiz shishadan tayyorlangan
probirka yoki silindrga solinib,
sovitiladi, ma’lum bir haroratda u
xiralasha boshlaydi. Juda mayda
suv tomchilari, mikroskopik muz
kristallari, eng muhimi, qattiq para-
fin uglevodorodlar ajralib chiqi-
shi natijasida yonilg‘ining tashqi
ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni loyqala-
nib xiralashadi.
Yonilg‘ining xiralashish harora-
tini aniqlashda yo‘l qo‘yilishi
mum kin bo‘lgan xatoliklar, shu-
ningdek, kam parafinli (past
haroratlarda qotadigan) dizel
yonilg‘ilari namunalaridagi kristall
fazalar paydo bo‘lishining boshla-
nishini aniqlashdagi qiyinchiliklar-
3. 2- rasm. Yonilg‘ining qotish
Do'stlaringiz bilan baham: |