K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


(М–10Г2 moyi ishlatilgan) silindi-



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

(М–10Г2 moyi ishlatilgan) silindi-
ri gilzasi yemirilishining yonilg‘i 
tarkibidagi oltingugurt miqdori 
va sovituvchi suyuqlik haroratiga 
bog‘liqligi:
1 – 30°C; 2 – 60°C; 3 – 90°C.
Korrozion yemirilishlarning ortishiga yonilg‘i tarkibidagi oltin-
gugurtli birikmalar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Oltingugurt miqdori 
ortishi bilan, korrozion yemirilish sezilarli darajada ortadi (3. 4- 
rasm). Oltingugurtli birikmalarning zararli ta’siri harorat pasayishi 
bilan yana-da ortib ketadi (3. 5- rasm).  
3. 5- rasm. Dvigatel oltingugurtli 
yonilg‘ida ishlatilganida sovituvchi 
suyuqlik haroratining dvigatel
detallarining yemirilishiga ta’siri.  
Rasmdan ko‘rinadiki, dvigatelda ishlatilayotgan sovituvchi 
suyuqlik harorati 35°C bo‘lganida yeyilish taxminan 4 barobar 
(70°C haroratdagi suyuqlikdan foydalanilganiga nisbatan) ortiq 
bo‘ladi. Bundan korrozion yemirilishni kamaytirish uchun dvi-
gatelni ishlatish bo‘yicha zavod instruksiyasiga binoan belgilangan 
harorat rejimi ta’minlanishi lozimligi ko‘rinadi.


76
Oltingugurtli yonilg‘ilarning ishlatilishi motor moyining es-
kirish jarayoni tezlashishini, moy filtrlovchi elementlarida to‘pla-
nadigan cho‘kindilar miqdorining ortishini va divigatelda qurum 
hosil bo‘lishini jadallashtiradi. 
Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalarning dvigatel detal-
lariga korrozion ta’sirini kamaytirish uchun porshenning yuqorisi-
dagi kompression halqalari va gilzalarning yuqori qismi antikorro-
zion qoplam bilan qoplanadi, buning natijasida ushbu detallarning 
yemirilishi kamayadi. 
Dizel yonilg‘isi sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishi yonilg‘i 
tarkibidagi oltingugurtli birikmalar miqdorini kamaytirishdir. Bu 
jarayon gidrotozalash qurilmalarida amalga oshiriladi. 
Oltingugurtli yonilg‘ini ishlatishda kelib chiqadigan noqulayli-
kni tasavvur qilish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Tarkibida 
1 foiz oltingugurt bo‘lgan 1 tonna yonilg‘i yonganida, 20 kg oltin-
gugurt angidrid hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oltingugurt angidrid, 
o‘z navbatida, 25 kg oltingugurtli kislota hosil qiladi. Natijada 
bunday yonilg‘i ishlatilganida, dvigatel detallarining yemirilishi 
(tarkibida 0,2 foiz oltingugurt bo‘lgan yonilg‘iga nisbatan) 2–3 
barobarga ortadi. 
Davlat standarti bo‘yicha, yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miq­
dori 0,2–0,5 foizgacha etib belgilangan. Tarkibida 0,2 foizgacha 
oltingugurt bo‘lgan yonilg‘ilar dvigatelning ish jarayonida noqu-
layliklar keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun bunday yonilg‘ilar-
dan hech qanday chegarasiz foydalanish mumkin. Tarkibidagi 
oltingugurt miqdori 0,2 foizdan ortiq bo‘lgan yonilg‘ilardan dvi-
gatelning moylash tizimidagi moy tarkibida ishqoriy komponentlar 
bo‘lganidagina foydalanishga ruxsat etiladi. 
3. 9. Dizel yonilg‘isi tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv
Dizel yonilg‘ilari tarkibida, benzin singari, mexanik aralashma-
lar va suv bo‘lmasligi lozim. 
77
Yonilg‘ini tashishda yoki saqlashda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yi-
lishi oqibatida transport vositasining yonilg‘i bakiga yonilg‘i bilan 
birga turli aralashmalar va suv tushishi mumkin. Yonilg‘iga tusha-
digan zarralarning o‘lchamlari, miqdori va tarkibi turlicha bo‘ladi. 
Ular ichida ham organik, ham anorganik zarralar bo‘lishi mum-
kin. Juda qattiq kvarsit va kristall tuzilishga ega bo‘lgan abraziv 
iflosliklar  katta  zarar  yetkazadi:  ular  yonilg‘i  berish  apparatlari 
detalla rining yeyilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, anorganik aral-
ashmalarning ozgina miqdori ham ta’minlash tizimi detallarining 
abraziv yeyilishiga, yonilg‘i filtrlarining tiqilib qolishiga, ish unu­
mining pasayishiga sabab bo‘ladi. Plunjer juftlarining tirqishlari 
kattalashganida, yonilg‘ining siklli zaryadi kamayadi, chunki u 
sizib nobud bo‘ladi, to‘zitilish sifati yomonlashadi, yonilg‘i naso-
sining rostlanishi buziladi, dvigatel notekis ishlaydi, hatto to‘xtab 
qoladi. Dvigatel normal ishlashi va dizel yonilg‘isi mexanik ara­
lashmalardan tozalanishi uchun uni avtomobil bakiga quyishdan 
oldin filtrlash lozim. 
Dizel dvigatellarining ishidagi asosiy nuqsonlar yonilg‘i berish 
apparatlari ishidagi buzuqliklar jumlasiga kiradi. Mexanik aralash-
mali yonilg‘ini ishlatish tufayli yeyilgan detallarni muddatidan ol-
din ta’mirlash va rostlash uchun ko‘p mablag‘ sarflanadi. 
Yonilg‘ining tozaligini uni filtrlab aniqlash mumkin (3. 6­ rasm). 
Filtrlash qog‘ozida dog‘ qancha kam va och rangda bo‘lsa, yonilg‘i 
sifati shuncha yuqori bo‘ladi. 
Yonilg‘idagi suvning mayda zarralari sovuq vaqtda muz kristal-
larini hosil qiladi. Bu kristallar yonilg‘i berilishini yomonlashtiradi 
va filtr teshiklarini berkitib qo‘yadi. Xira yonilg‘ida, albatta, suv 
bo‘ladi. Agar yonilg‘ida suv va hatto juda oz miqdorda begona 
aralashmalar bo‘lsa, tezyurar dizel dvigatellarida ishlatish uchun 
yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun yonilg‘ini suv va begona ara-
lashmalardan butunlay tozalash, shundan so‘nggina uni dvigatel-
larda ishlatish lozim. 
Dizel  yonilg‘isidagi  uglevodorodlarning  kimyoviy  tarkibi  yo­
nish jarayonigagina emas, yonilg‘ining filtrlanishiga ham sezilarli 


78
ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi birikmalar, ayniqsa, naftenli kislotalar dizel 
yonilg‘isining filtrlanishini kamaytiradi, bunda mayin tozalash fil-
trlari tiqilib qoladi, ba’zan dag‘al tozalash filtrlarida cho‘kindilar 
hosil bo‘ladi. Natijada yonilg‘i quyish kolonkalarining filtrlovchi 
elementlari ishdan chiqadi va ifloslangan yonilg‘i tozalanmasdan, 
transport vositasining yonilg‘i bakiga tushadi. 
3. 6- rasm. Dizel yonilg‘isining tozaligini tekshirish:
a)  mexanik aralashmalar yo‘q; b)  ishlatishga yaroqli (aralashmalar 
bor); d) anchagina ifloslangan (mexanik aralashmalar miqdori 0,01%); 
e) ishlatishga yaroqli (mexanik aralashmalar miqdori 0,055%). 
Suv yonilg‘ining filtrlanishini yana­da yomonlashtiradi. Sovuq 
vaqtda yonilg‘idagi suv muzlab, mayda muz kristallarini hosil qila-
di. Ular filtr teshiklarini berkitib qo‘yishi mumkin. Issiq vaqtda naf-
tenli kislotalar va suv sovuq cho‘kindi – sovun hosil qiladi. Ular 
filtrlovchi  elementlarda  to‘planadi.  Demak,  tezyurar  dvigatellar 
yonilg‘ilarini tozalashda bu kerakmas birikmalarni chiqarib tash-
lash lozim. 
Yonilg‘ining filtrlarning tiqilib qolishining oldini olish xususi-
yati filtrlanuvchanlik koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu koeffitsi-
79
yent laboratoriyada maxsus asbobda aniqlanadi. Tozalanish dara-
jasiga  ko‘ra,  hozirgi  zamon  dizel  yonilg‘isining  filtrlanuvchanlik 
koeffitsiyenti 2–3 dan oshmaydi. 
Dizel yonilg‘ilarining mexanik aralashmalar va suv ta’sirida if-
loslanganligini kamaytirish uchun ular 10 kun va undan ortiq mud-
datda maxsus sig‘imlarda tindirilishi lozim. 
3. 10. Dizel yonilg‘isi xossalarining qurum

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish