250
ganida (rezina hosil bo‘lishi), polimerning chiziqli uzun moleku-
lalari bir-biri bilan mustahkam kimyoviy bog‘lar orqali birikadi va
o‘zaro erkin harakat qilish xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun
rezinada qoldiq deformatsiya keskin kamayadi. Shu sababli ko‘rsa-
tilgan materiallarda qaytar va qaytmas deformatsiyalar nisbati har
xil bo‘ladi: kauchukda qaytmas
deformatsiya ustunlik qilsa, rezina-
da qaytar yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi.
Barcha kauchuklarning vulkanizatlari (ebonitdan tashqari)
yuqori haroratlarda siljuvchanligi bo‘yicha tashqi ko‘rinishdan
metallarga o‘xshash bo‘ladi. Rezinaning yuklangan holatda bo‘li-
shi natijasida qoldiq deformatsiya vujudga keladi. Rezina yukla-
nish holatida qancha ko‘p muddat bo‘lsa, qoldiq deformatsiyaning
miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Natijada kuchli deformat-
siyalangan detallar vaqt o‘tishi bilan o‘z shaklini va o‘lchamini
o‘zgartiradi va asl holatiga qaytmaydi. Bunday hollar yupqa de-
vorli buyumlarda yana-da yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, toza
rezina va hatto armirlangan shlanglar uzoq
muddat uyum holatida
saqlanganida ular ezilgan shaklga kiradi, shlanglar o‘tkir burchak
ostida bukilgan joylaridan qirqilib qoladi, ularni qayta tiklashning
imkoni bo‘lmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish mum-
kin: rezina detallarini uzoq muddat yuqori ishlovchanlik xususiya-
tining saqlanishini ta’minlash uchun ularni saqlashda,
shu ningdek,
avtomobillarni ishlatishda shunday sharoit yaratish ke rakki, bunda
detallarda hosil bo‘ladigan kuchlanish va deformatsiya mumkin qa-
dar kichik bo‘lishi lozim. Detallarni saqlashda bunday sharoitlarni
yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida
esa nisbatan murakkab.
Misol sifatida muhim vazifalarni bajaruvchi va qimmatba-
ho bo‘lgan avtomobil pokrishkalarining xususiyatlarini
saqlash
bo‘yicha chora-tadbirlarga to‘xtalamiz. Avtomobil pokrishkalarini
saqlashda ularni ustma-ust taxlashga ruxsat etilmaydi. Ularni faqat
maxsus stellajlarga tik holda bir qator qilib joylashtirish lozim, shu
bilan birga, davriy ravishda (har 2–3 oyda) protektorning stellaj
poliga tegib turgan qismini almashtirib turish lozim.
251
Avtomobillarda ishlatilayotgan pokrishkalarning yaxshi saqla-
nishini ta’minlash uchun yuklanmagan avtomobilning
bir joyda
to‘xtab turish muddati 10 kundan ortiq bo‘lmasligi (to‘la yuklan-
gan avtomobil uchun 2 kun) lozim. Yuqorida keltirilgan muddat-
lardan ortiq vaqt davomida avtomobil harakatsiz turadigan hollar-
da avtomobilni pokrishkalari yerga tegmaydigan holatda bo‘lishi
ta’minlanadigan qilib maxsus tayanchlarga ko‘tarib qo‘yish lozim.
Avtomobil ochiq havoda uzoq muddat turib qolganida uni 20–
25 min davomida ko‘pi bilan 15 km/soat tezlik bilan yurgizish, ke-
yin asta-sekin tezlikni oshirish zarur.
Shinalarni texnik ekspluatatsiya qilishda ularning ortiq yuk-
lanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulardagi havo bosimini me’yorda
bo‘lishini ta’minlash lozim. Bu talablar nafaqat
shinaning shakli
va o‘lchamlarini saqlashga qaratilgan, balki ularning ish muddati-
ni kamaytirmaslikka (10. 1- va 10. 2- rasmlar), ulardan juda ko‘p
miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga (10. 6- va 10. 7- rasmlar) va
yonilg‘i sarfining ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
10. 1- rasm. Yuklanish miqdori P ning (ruxsat etilgan
Do'stlaringiz bilan baham: