K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


To‘yinmagan  uglevodorodlar.  Past  haroratlarda  muzlov-



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

To‘yinmagan  uglevodorodlar.  Past  haroratlarda  muzlov-
chi  sovitish  suyuqliklari  (antifrizlar)ning  qotish  harorati-
ni aniqlash. Qotish harorati tashqi ko‘rinishi va ishlash tartibi-
ga ko‘ra areometrni eslatuvchi gidrometr yordamida aniqlanadi. 
Gidrometrning tor qismida ikkita shkala bo‘ladi. Birinchi shkala an-
tifrizdagi etilenglikolning foizda o‘lchanadigan miqdorini (20 dan 
100 foizgacha), ikkinchisi suyuqlikning qotish haroratini (minus 
8 dan minus 67°C gacha) ko‘rsatadi. Past haroratlarda muzlaydigan 
suyuqlik shisha silindrga quyiladi, unga gidrometr tushiriladi va hi-
soblanadi. Gidrometrlar 20°C ga mo‘ljallab darajalangan. Agar si-
nov boshqa haroratlarda o‘tkazilsa, tuzatish kiritish lozim. Tuzatish 
qiymati yo‘riqnomadagi jadvaldan olinadi. 
Neft mahsulotining sifatini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar 
chiqarilgan bo‘lib, bu yo‘riqnomalarga muvofiq yonilg‘ining zich-
ligi u omborga qabul qilinishidan oldin va ombordan berilayotgani-
da tekshirilishi lozim, bu uning og‘irligini aniqlash uchun kerak 
bo‘ladi. Yonilg‘i solingan idishlar tubidagi suv miqdori kamida 
oyi ga bir marta, yonilg‘i va moyni saqlash davrida undagi mexanik 


208
aralashmalar miqdori kamida har uch oyda bir marta aniqlanadi. 
Past haroratlarda muzlaydigan suyuqliklarning qotish harorati ular-
ni transportga quyish uchun berishdan oldin aniqlanadi. 
8. 5. Yonilg‘i va moylash materiallarini hisobga olish
Neft mahsulotlarini qabul qilib olish, tarqatish, saqlash va avto-
mobillarga quyish vaqtida neft mahsulotlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri 
hisobga olib borish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. 
Neft mahsulotlari talonlar bo‘yicha hisoblab boriladi. Talonlar 
ATK hisob bo‘limida saqlanadi hamda haydovchi va boshqa mas’ul 
shaxslarga tarqatiladi. Hisob bo‘limi talonlar tarqatilishi bo‘yicha 
har kuni kassa hisoboti ko‘rinishida hisobot beradi. Korxonada neft 
mahsulotlarining sarfi va qolgan qismini hamda talonlarni hisobga 
olish bo‘yicha omborxona, tezkor va hisob bo‘limining hisobotlari 
yuritiladi. 
Neft omborida yoki yonilg‘i quyish shoxobchalarida va moy 
almashtirish postlarida har bir markadagi neft mahsulotining sarfi 
ombordagi hisob-kitob daftariga yozib boriladi. Bu daftar talonlar 
yoki kirim-chiqim hujjatlari asosida to‘ldiriladi. Neft mahsulotla-
rining ishlatilishi bo‘yicha kamida 5 kunda bir marta hisobot yozi-
ladi va hisob bo‘limiga topshiriladi. Neft mahsulotlari qoldig‘i har 
oyda maxsus komissiya tomonidan inventarizatsiya qilinadi. 
Avtomobillarning yo‘l varaqasi yonilg‘i-moylash materiallari 
sarfini hisobga olishda muhim hujjat hisoblanadi. Yo‘l varaqasida-
gi yozuvlar asosida haqiqiy va me’yoriy yonilg‘i sarfi aniqlanadi. 
Shundan  so‘ng  har  bir  avtomobil  uchun  yonilg‘i  sarfini  hisobga 
olis h varaqasi to‘ldiriladi. Oy oxirida hisobot tuziladi. 
Omborlardagi neft mahsulotlari oyning birinchi kuni inven-
tarizatsiya qilinadi, avtomobil bakidagi qolgan yonilg‘i miqdori 
har kuni avtomobil ishdan qaytganidan so‘ng o‘tkaziladi. ATK hi-
sob bo‘limida, shuningdek, yonilg‘i va moylash materiallari uchun 
javobgar shaxslarda saqlanadigan yonilg‘i talonlari har oyda bir 
209
marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya natijalariga binoan 
inventarizatsion ro‘yxat tuziladi. Yonilg‘ining isrof bo‘lishi tabiiy 
isrof bo‘lish chegarasidan ortmagan hollardagina ular ro‘yxatdan 
chiqariladi. 
Neft mahsulotlarining ifloslanishi yoki oqib ketishi, shuningdek, 
noqonuniy  sarflanishida  aybdor  bo‘lgan  shaxslar  ma’muriy  yoki 
moddiy javobgarlikka tortiladilar. 
Neft mahsulotlarining miqdori belgilangan tartibga ko‘ra mas-
sa birliklari kg yoki tonnada hisoblab topiladi. Massa birliklarida 
o‘lchashni bevosita yoki bilvosita usul bilan bajarish mumkin. Be-
vosita usul asosida o‘lchash tarozida tortib aniqlashga asoslangan 
bo‘lib, bu usulda o‘lchashga ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. 
Neft mahsulotlarining massasini bilvosita usul bilan aniqlash uchun 
uning bir xil haroratdagi zichligi va hajmini bilish kerak. 
Sig‘im, sisterna yoki boshqa idishdagi neft mahsulotlarining 
hajmini uni suyuqlik o‘lchagich-hisoblagichi orqali o‘tkazib va 
ma’lum miqdordagi suyuqlikni kalibrlangan o‘lchagich yordami-
da o‘lchab yoki idishdagi mahsulot sathini o‘lchab (agar kalibrlash 
jadvali bo‘lmasa) aniqlash mumkin. 
Yonilg‘i iste’molchilarga hajm birligi litrda beriladi. Idishlar, 
sig‘imlar, yonilg‘i baklaridan yonilg‘i qoldiqlari ham hajm bir-
liklarida olinib, keyin kg ga aylantiriladi. Qabul qilib olish, saqlash 
va tarqatish vaqtida neft mahsulotlari miqdorini o‘lchash uchun, 
odatda, turli tipdagi tarozilar, to‘la sig‘imi bo‘yicha kalibrlangan 
avtosisternalar, sisternalar, yonilg‘i hamda moy tarqatish kolonka-
laridan foydalaniladi. Idishlarga quyilgan yonilg‘i sathi va sig‘im-
lar kalibrovkasi po‘lat ruletkalar, shtangensirkullar, metrshtoklar, 
tavroreykalar bilan aniqlanadi. Ruletkalar lot bilan birga ishlatiladi. 
Agar barcha sig‘imlar kalibrlash jadvallari bilan ta’minlangan 
bo‘lsa, neft omboridagi neft mahsulotlari miqdorini tez va to‘g‘ri 
aniqlash mumkin. Mashinalar baki yoki karterga quyiladigan neft 
mahsulotlari miqdori hajmiy suyuqlik o‘lchagich-hisoblagichlar 
yordamida aniqlanadi. 


210
Neft mahsulotlari sarfini kamaytirish ko‘p jihatdan ular sarfini 
to‘g‘ri va ilmiy asosda me’yorlashga bog‘liq. 
8. 6. Yonilg‘i va moylash materiallarining sarfini me’yorlash
Yonilg‘i  va  moylash  materiallari  sarfini  me’yorlash  deganda, 
aniq texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar hisobga olin-
gan holdagi ish rejimida tashish yoki boshqa transport ishlarini ba-
jarishda sarflanadigan yonilg‘i va moylash materiallarining ruxsat 
etilgan chegaraviy miqdori tushuniladi. 
Yonilg‘i  sarfi  me’yorlari  nazorat,  yo‘l,  qo‘zg‘almas  jihozlar 
o‘rnatilgan avtomobillar uchun, marshrutdagi avtomobillar uchun 
va guruhli turlarga bo‘linadi. 
Yonilg‘i sarfining nazorat me’yori avtomobilni ishlab chiqaruv-
chi zavod tomonidan belgilanadi va bu ko‘rsatkich avtomobilning 
texnik jihatdan takomillashtirilganligini tavsiflaydi. Yonilg‘i sarfi­

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish