Me’yorlarning o‘zgarishi. Aniq ish sharoitiga qarab me’yorlar
ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Me’yorlarning ko‘pay-
tirilishi yoki kamaytirilishi ko‘zda tutadigan tuzatishlarni bir vaqt-
da keltirish zarur bo‘lganida yonilg‘i yo‘l me’yori quyida keltiril-
gan tuzatishlar yig‘indisini yoki ularning ayirmasini hisobga olib
belgilanadi.
212
ATK rahbarlariga, umuman, korxona bo‘yicha yo‘l me’yor-
lari asosida aniqlangan kerakli yonilg‘i chegarasida avtomobil
yonilg‘isi sarfining differensiallangan marshrut me’yorini belgilash
huquqi berilgan.