K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Avtomobil benzinlari zaharli material bo‘lib, inson organizmi-
ga nafas olish yo‘llari, teri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushi-
shi mumkin. Benzin bug‘larining havodagi konsetratsiyasi 0,3 mg/l 
dan oshmasligi lozim. Odam tarkibida 5–10 mg/l benzin bug‘lari 
bo‘lgan havodan qisqa muddat nafas olganida kuchli zaharlanishi 
mumkin, buning xarakterli belgilari quyidagilardir: bosh og‘rig‘i, 
tomoq tirnalgandek bo‘lishi, yo‘tal tutishi, ko‘z va burun achishi-
shi, yurganida qalqib ketish, bosh aylanishi, hushdan ketish. Za-
harlangan kishi toza havoga olib chiqilganidan keyin ma’lum vaqt 
o‘tganidan so‘ng bu belgilarning ko‘pchiligi barham topadi. Bun-
dan tashqari, benzin bug‘laridan kuchli zaharlanishning dastlabki 
belgilari tana haroratining pasayishi, yurak urishining sekinlashi-
223
shi, arteriya qon bosimining (yuqorigi va quyi ko‘rsatkichlarining) 
pasayishi va odam organizmidagi boshqa fiziologik o‘zgarishlar. 
Benzin bug‘larining konsentratsiyasi 35–40 mg/l bo‘lgan havo-
da 5–10 minut nafas olish odam sog‘lig‘i uchun xavflidir. Benzin 
bug‘lari konsentratsiyasi bu chegaradan yuqori bo‘lganida odam 
tezda hushdan ketishi va hatto o‘lishi mumkin. 
Kuchli zaharlanishga shamollatilmaydigan xona va sexlardagi 
sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan tozalash sabab bo‘ladi. 
Bunday xonalar yetarli darajada shamollatilmasligi oqibatida xona 
havosi benzin bug‘lariga tezda to‘yinadi va xavfli konsentratsiya 
hosil qiladi. Shuning uchun sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan 
tozalash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy 
amal qilish lozim. Kuchli zaharlanish benzin shlang yordamida 
og‘izda so‘rilganida yoki yonilg‘i apparaturalari og‘izda purkal-
ganida ham kelib chiqishi mumkin. Buning natijasida og‘ir kasal-
lik – zotiljam kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bunda o‘pkaning 
oraliq to‘qimasi va bronxlarning juda mayda tarmoqlari yallig‘la-
nadi. O‘tkir zotiljam kasalligi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: krupoz zotil-
jam (bunda o‘pkaning bir bo‘lagi zararlanadi, et uvishib, tana haro-
rati ko‘tariladi, nafas olganida ko‘krak qafasi og‘riydi), o‘choqli 
yoki interstitsial zotiljam (yo‘tal tutib, bemor shilliq yiring aralash 
balg‘am tashlaydi, tana harorati 37–39°C bo‘ladi). 
Yuqorida aytib o‘tilganidek (2- bob), etillangan benzinlar tarkibi-
da antidetonator sifatida kuchli zaharli modda tetraetilqo‘rg‘oshin 
ishlatiladi. Etil suyuqligi toza tetraetilqo‘rg‘oshin kabi organizmga 
kuchli ta’sir etuvchi zahardir. Etil suyuqligi bilan bajariladigan bar-
cha ishlar, asosan, uni benzinga aralashtirish (etillash) zaharlanish-
ni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bu ishlarni bajarish-
da profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Shu maqsadda 
benzinlarni etillash zavod sharoitida maxsus aralashtirish quril-
malarida bajariladi. Benzinlarni maxsus aralashtirish qurilmalari 
bo‘lmaganida etillash qat’iy taqiqlanadi. 
Etillangan avtomobil benzinlarida tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori 
etil suyuqligiga nisbatan juda kam va benzinning zaharliligi bir 


224
necha barobar past bo‘lishiga qaramay, ulardan ehtiyot bo‘lib foy-
dalanish lozim. Etillangan benzinlardan foydalanish qoidalariga 
rioya etilishi etillangan benzinlardan odatdagi benzinlar kabi foy-
dalanishga imkon beradi. 
Etillangan avtomobil benzinlarini ishlatishda tetraetilqo‘rg‘os-
hin ta’sirida zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga 
qat’iy rioya qilish lozim. 
Etillangan avtomobil benzinlarini faqat dvigatel uchun yonilg‘i 
sifatida ishlatish lozim. Etillangan benzinlarni yoritish shamdonla-
rida, primuslarda, kavsharlash lampalarida (koviya), zajigalkalar-
da, benzin yonilg‘isida ishlaydigan arralarda, shuningdek, texnik 
maqsadlarda erituvchi sifatida, mashina detallarini va qo‘l yuvish-
da ishlatish taqiqlanadi. 
Etillangan benzindan tasodifan zaharlanishning oldini olish 
va uning faqat belgilangan maqsadlarda ishlatilishini ta’minlash 
uchun etillangan benzin saqlanadigan sig‘imlarga «Etillangan ben-
zin. Zaharli!» degan yozuv (yuvilib ketmaydigan bo‘yoqda) yozib 
qo‘yilishi lozim. 
Etillangan benzinlarning organizmga ovqat hazm qilish yo‘llari 
orqali tushishi natijasida odam kuchli zaharlanishi mumkin. Shu-
ning uchun etillangan benzinni og‘iz bilan so‘rish va ta’minlash 
tizimiga  haydash  (puflash)  taqiqlanadi.  Benzinni  so‘rish  va  hay-
dash uchun maxsus moslamalar (nasoslar, noksimon rezinalar)dan 
foydalanish kerak. 
Etillanmagan benzinni har qanday holatda oziq-ovqat mahsulot-
lari, turli xil yuklar, odamlar bilan birga, shuningdek, avtobuslar, 
yengil avtomobillar va yuk avtomobillarining kabinalarida tashish 
taqiqlanadi. Go‘sht, non, un, yog‘lar tetraetilqo‘rg‘oshinni osongi-
na yutish xususiyatiga ega. Benzinning bexosdan to‘kilishi oziq-
ovqat mahsulotlarida zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. 
Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari qaynatilganida ham uning za-
harliligi kamaymaydi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashishda etillangan ben-
zindan bo‘shatilgan idishilarni ishlatish maqsadga muvofiq emas, 
225
chunki bunday idishlarda doimo ma’lum miqdorda tetraetil-
qo‘rg‘oshin bo‘ladi. 
Ovqat hazm qilish yo‘llari orqali zaharlanishning oldini olis h 
uchun haydovchilarning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qaratish 
lozim. Etillangan benzin kiyim-kechakka yoki badanga tekkanida 
uni zararsizlantirish uchun terini yoki kiyim-kechakning o‘sha jo-
yini issiq suvda sovunlab yuvish kerak. 
Etillangan benzinni ishlatadigan xodimlar maxsus kiyim kiyib 
olishlari va shaxsiy himoya vositalarini (ko‘zoynak, qo‘lqop, niqob 
va boshqalar) olib yurishlari lozim. 
Etillangan benzindan zaharlanish xavfi tetraetilqo‘rg‘oshinning 
atrofdagi buyumlar (bino devorlari hamda poli, kiyimlar, idishlar 
va boshqalar)ga o‘tirib qolish xususiyati hisobiga yana-da ortadi. 
Etillangan benzin ta’sirida zararlangan buyumlarni zararsizlanti-
rishda degazatorlar – dixloramin (benzindagi 1,5 foizli eritmasi) va 
xlorli ohakdan foydalaniladi. Xlorli ohak bo‘tqa ko‘rinishida ish-
latiladi, bunda 1 qism ohakka 3–5 qism suv qo‘shiladi. Etillangan 
benzin to‘kilgan joyga qum sepib, supuriladi, so‘ngra xlorli ohak 
bo‘tqasi (1 m
2
 ga 1,5 hisobida) bir tekis surtiladi va 4–5 soatdan 
keyin yuvib tashlanadi. Etillangan benzin to‘kilgan joylarni quruq 
xlorli ohak bilan zararsizlantirish taqiqlanadi, aks holda, yong‘in 
chiqishi mumkin. 
Dvigatelni  va  ta’minlash  tizimini  ta’mirlashda  barcha  ajra­
tib  olin gan  detallarni  (yonilg‘i  nasosi,  filtrlar,  karburator,  benzin 
o‘tkaz gichlar, porshen kallagi, klapanlar va klapan uyalari, chiqa-
rish quvur o‘tkazgichlari) ishqorli qaynoq eritmada yoki kerosin  da 
yuvish va artish shart. 
Benzin teriga tushsa, uni kerosinda ho‘llangan latta bilan artish, 
keyin iliq suvda sovunlab yuvish lozim. Etillangan benzin ko‘zga 
tushganida, ko‘zni 2 foizli soda eritmasi yoki toza iliq suv bilan 
yuvish, so‘ngra davolash muassasasiga murojaat qilish lozim. 
Etillangan benzin tasodifan oshqozonga tushganida, oshqozonni 
ichimlik sodasi eritmasi bilan chayish va majburan qayt qilish 
lozim. 


226
ATKning etillangan benzin ishlatiladigan hamma joylarida iliq 
suv, kerosinli idish, sovun, toza latta va sochiq turishi kerak. Etil-
langan benzin bug‘lari ham benzinning o‘zidek zaharli ekanligini 
yodda tutish zarur. 
Neft mahsulotlari ta’sirida zaharlangan kishini, avvalo, toza 
havoga olib chiqish lozim. Agar u kuchsiz zaharlangan bo‘lsa, 
shifokor kelguniga qadar uni tinch qo‘yish va unga valerianka ichi-
rish kerak. Og‘ir hollarda (nafas olish keskin kamayganda, hushdan 
ketganda) unga novshadil spirti hidlatish va toza kisloroddan nafas 
oldirish zarur. Nafas olish keskin susayib ketganida yoki to‘xtaga-
nida sun’iy nafas oldirish zarur. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish