Dizel yonilg‘isi bug‘larining zaharliligi, odatda, benzinning
za harliligidan yuqori bo‘ladi, ammo dizel yonilg‘isining bug‘la-
nuv chanlik darajasi pastligi hisobiga yonilg‘i bug‘larining havoda-
gi konsentratsiyasi sezilarli darajada kam bo‘ladi. Dizel yonilg‘isi
bug‘larining havodagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi 0,3 mg/l deb
belgilangan. Dizel yonilg‘ilaridan zaharlanishda profilaktika va
yordam ko‘rsatishdagi tadbirlar benzinni ishlatishdagi kabi amalga
oshiriladi.
ATKda boshqa turdagi yonilg‘ilar (sintetik yonilg‘ilar, siqil-
gan gaz, spirtlar)dan yoki yonilg‘i sifatini yaxshilovchi turli xil
komponent va qo‘shilmalardan foydalanganda texnika xavfsizligi
bo‘yicha tegishli instruksiyalarga rioya etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |