228
dan foydalanganida yuzaga keladi. Bunda
yonish jarayonida sul-
fit angidrid va vodorod sulfid hosil bo‘ladi. Oltingugurt (II)oksidi
nam bilan birikib, sulfat kislota hosil qiladi. Bu kislota odam orga-
nizmini zaharlabgina qolmay, balki yonilg‘i apparatlarining detal-
larini, silindrlar yuzasini, klapanlar va ularning uyasini yemiradi.
Sulfat angidrid qon ishlab chiqaruvchi organlar – ilik va qorajigar-
ni yallig‘lantirib, uglevodlar almashinuvini buzadi. Uning
kichik
miqdori bilan surunkali ravishda zaharlanish bosh og‘rig‘ini, uy-
qusizlikni keltirib chiqaradi, shilliq pardani yallig‘lantiradi, ba’zi
hollarda esa bronxit, ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi kabi
kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin birikmalar organizmda to‘planib, moddalar alma-
shinuvi va qon hosil bo‘lish jarayonlarining buzilishiga olib keladi.
Uglerod gazi va boshqa zaharli moddalar ta’siridan zaharla-
nishning oldini olish uchun ish joylarida va avtomobillarni saqlash
maydonlaridagi havo tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini vaq-
ti-vaqti bilan nazorat qilib turish va shamollatishni (ventilatsiya)
yo‘lga qo‘yish lozim.
Avtomobil kabinalariga va salonlariga ishlatilgan gazlar kirishi-
ga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Gazdan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish benzin bu-
g‘idan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi amalga oshi-
riladi.
Mineral surkov moylari (motor,
transmission, sanoat va bosh-
qalar) va
gidravlik suyuqliklar ham zaharli hisoblanadi. Tarkibida
turli xil qo‘shilmalar bo‘lgan moylar bilan ishlashda, qo‘shilma-
siz moylarga nisbatan, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish
lozim. Chunki
tarkibida oltingugurt, xlor, fosfor, rux, qo‘rg‘oshin
va boshqa elementlar bo‘lgan bir qator qo‘shilmalarning zaharlilik
darajasi yetarlicha o‘rganilmagan. Moylarni ishlatish qoidalarining
buzilishi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmaslik natijasi-
da terining ekzema kasalligi (xronik, yuqimsiz, tez-tez qo‘zg‘alib
turadigan teri kasalligi), modda almashinuvi, asab tizimi va ichki
sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi kabi holatlar kuzatila-
229
di. Bunda teri qichishadi va xilma-xil toshmalar (dog‘, tuguncha,
pufakcha va boshqalar) toshadi, follikular shikastlanish,
dermatit-
lar, terining pigmentlanishi va hatto nisbatan og‘ir kasalliklar kelib
chiqishi ham mumkin.
Etilenglikol va uning suvdagi eritmasi –
antifriz ham kuchli
ta’sir etuvchi zaharli suyuqlik hisoblanadi. Organizmga tushganida
markaziy asab tizimi va buyrakni shikastlaydi.
Glikol asosidagi tormoz suyuqliklari (ГТЖ–22, – 2M, «Нева»,
«Томь», «Роса»va boshqalar)ning zaharli ta’siri antifrizning ta’si-
riga o‘xshash bo‘ladi. Etilenglikolning 50 g (100 g atrofidagi anti-
friz) dozasi odamni o‘ldiradi.
Antifriz va tormoz suyuqligi suyuqlanadigan yoki tashiladigan
hamma idishlarda «Zahar» degan yozuv yaqqol ko‘rinib turishi (bu
so‘z yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan yoziladi), idishda
antifriz
yoki tormoz suyuqligi bor-yo‘qligidan qat’i nazar, uning tiqinlari
va bo‘g‘zi tamg‘alanishi zarur.
Antifriz va tormoz suyuqliklarini shlang orqali og‘iz bilan so‘rib
tortish mumkin emas, chunki etilenglikol oshqozonga tushsa, uni
zaharlaydi. Shikastlangan kishiga tezlik bilan yordam ko‘rsatish
lozim. Bunda oshqozon toza suv bilan yoki 2
foizli ichimlik so-
dasining suvdagi eritmasi bilan chayiladi, majburiy ravishda qayt
qildiriladi, shikastlangan kishi o‘rab isitiladi va zudlik bilan vrach
chaqiriladi.
Antifriz va tormoz suyuqliklari bilan ish bajarilganidan keyin
qo‘lni, albatta, sovunlab yuvish kerak.
ATKlarda ishlatiladigan erituvchilar va suyultiruvchilar zaharli
bo‘lishi bilan birga yuqori bug‘lanuvchanlikka egadir.
Ular bilan,
shuningdek, lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlanganida benzin bi-
lan ishlanganidagi kabi chora-tadbirlar qo‘llanadi. Metil spirti yoki
dixloretan bilan zaharlangan kishilarga ham antifriz yoki tormoz
suyuqligi bilan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi yor-
dam ko‘rsatiladi.