Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

qarangki, 

kutilganidan ham hayratliroq narsa,  inson 

iste’dodining mahsuli bo'lib chiqdi.

Bordi-yu,  men  aqlga  sig'maydigan  bir  hayvon 

borligini  aniqlaganimda  ham  bu  qadar  hayratga 

tushmagan  va  hayajonlanmagan  bo'lur  edim.  Ta- 

biat  mo'jizalar  yaratishiga  taajjublanmasa  ham 

bo'ladi.  Ammo  inson  qo'li  bilan  yaratilgan  m o'ji- 

zaga  o'xshagan  va  g'ayritabiiy  narsani  ko'rganda 

aqldan ozib qolish hech gap emas.

Buning ustiga  shubhaga  hech  o'rin yo'q  edi.  Bi- 

lishimcha,  po'lat  baliq  shaklidagi  g'alati  suvosti 

kemasining  ustida  edik.  Ned  Lendning  bu  haqdagi 

fikri  to'g'riligi  qat’iy  aniqlandi.  Konsel  bilan  men 

uning fikriga  qo'shilishdan bo'lak choramiz  qolma- 

gan edi.


-   Ammo  bu  kema bo'lsa,  -   dedim  men,  -   unda 

uning  dvigateli  va  boshqa  har  xil  mexanizmlari, 

shiiningdek,  bularni  boshqaradigan  odamlari  ham 

bo'lishi kerak-ku?

-   Albatta  bo'lishi  kerak,  -   deb  javob  berdi  gar- 

punchi,  -   garchi men bu suzar orolda uch soat mo- 

baynida  turib  hech  qanday  hayot  belgisini  sezma- 

gan bo'lsam ham.

-  O'rnidan qo'zg'algani yo'qmi?

-   Yo'q,  professor.  U  to'lqinda  chayqalib  turdi, 

lekin o'rnidan jilgani yo'q.

-   Ammo  biz  uning  juda  katta  tezlikda  suza  oli- 

shini  yaxshi  bilamiz-ku.  Shunday  tezlikda  suza 

olish uchun  esa uning ishini boshqaradigan mashi- 

na  va  odamlar  kerak-ku,  binobarin,  men  o'zimizni 

qutqarilgan deb hisoblayman...

-   Hmm!  -   deya  g'o'dirladi  ishonchsizlik  bilan 

Ned Lend.



64


Shu  payt  mening  so'zlarimni  tasdiqlaganday, 

g alati  kemaning  quyruq  tomonidan  shovullagan 

tovush  eshitildi-yu,  u  o'rnidan  qo‘zg‘aldi.  Afti- 

dan,  u yassi  parraklarining aylanishi bilan harakat- 

lanadiganga  o'xshaydi.  Biz  tumshuqdagi  uncha 

katta  bo'lmagan  do'ngakni  zo‘rg‘a  ushlab  ulgurdik. 

Baxtimizga kema sekin suzar edi.

-  


Hozircha  u  suv  sathida  suzyapti,  -   deb 

to ‘ng‘illadi  Ned  Lend,  -   bir  narsa  deyishga  o ‘rin 

yo‘q.  Ammo  suvostiga  sho‘ng‘ishni  o‘ylab  qolsa 

bormi, unda meni birov ikki dollarga olsa ham qim- 

mat derdim.

Kanadalik  o‘zini  undan  ham  kamroq  baholashi 

mumkin edi. Aftidan, bu suzar apparatning ichidagi 

odamlar  bilan,  kimligidan  qat’i  nazar,  zudlik  bilan 

aloqa bog‘lashimiz zarurga o'xshardi.

Men  uning  ustida  biror  tuynuk yoki  teshik bor- 

mikin,  deb  qidira  boshladim.  Ammo  po'lat  qopla- 

maning  jipslangan  chetlaridagi  parchinlari  hamma 

yerda bir xil edi.

1  Oy  botdi  va  biz  mutlaqo  qorong'ida  qoldik.  Bu 

suvosti kemasiga kirish chorasini izlash uchun tong 

otguncha sabr qilish kerak edi. 

i  Shunday  qilib,  hammamizning  hayotimiz  kema 

rulini  boshqarayotgan  noma’lum  kishilar  haraka- 

tiga  bog‘liq  bo‘lib  qoldi.  Bordi-yu,  ular  suvostiga 

tushmoqchi bo‘lib qolishsa bormi, unda biz tamom. 

Agar  shu  hoi  ro‘y bermasa  suvosti  kemasining eki- 

paji  bilan  aloqa  boglay  olishimizga  imonim  komil 

edi.  Darhaqiqat,  bordi-yu,  ular  kislorodni  o'zlari 

ishlab  chiqarmayotgan  bo'lishsa,  unda  havo  zaxi- 

rasini to ‘latish uchun vaqti-vaqti bilan okean sathi- 

ga chiqib turishlari kerak.  Modomiki shunday ekan, 

kema  ichiga havo  kirishi  uchun  qandaydir biror te ­

shik bo'lishi kerak.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish