1
T u f -
binokorlikda ishlatiladigan toshning xili.
439
Orolcha, shubhasiz, vulqon otilishidan hosil
bo'lgan edi. Ba’zi joylarda yer ostidan kuchli oltin-
gugurt hidini anqitib tu tu n chiqarib tu ra r edi. Bu
yer ostidagi olov hali so'nm aganidan dalolat berar
edi.
Bu m eni sira ajablantirgani yo'q, chunki Jems
Ros A ntarktika suvlarida uzunlikning 167-gra-dusi
va kenglikning 77-gradus 32-m inutida ikkita hara-
katdagi vulqon - Erebus va Terrorni kashf etganini
bilar edim. Men kapitan Nemoga taqlid qilib tezda
qoya ustiga chiqib oldim va ufqqa qaray boshladim .
Biroq vulqon og'zini topolm adim .
Orolchada o'sim liklar juda kam: bir necha qur-
baqa o 'ti-yu, qoyalarga yopishgan yo'sinlar - bu tu n
o'sim lik olami shundangina iborat edi. Hayvonot
dunyosi esa birm uncha rang-barang: m olluskalar,
zoofitlar, jum ladan, m arjon poliplar va dengiz yul-
duzlari ham da qushlar, yana qushlar... Bu yerda
qushlar haddan ziyod edi. U larning minglab galala-
ri quloqlarim izni qom atga keltirgudek chug'urlab,
parvoz etishar, m ing-m inglab to 'd alari qoyalarning
pog'onalarida qo'nib o'tirishar, yana m inglarchasi
q o 'rg 'o sh in rangli suv uzra charx urishardi.
Bu yerda asosan quruqlikda sudralib, gavdasini
ko'tarolm aydigan, am m o suvda esa baliqday yengil
va epchil pingvinlar nihoyatda ko'p edi.
Ko'kda qanotlarini yoyganda to 'rt m etrga yetadi-
gan va haqli ravishda okean kalxatlari deb ataladi-
gan yirik albatroslar: tu len lam in g xavfli dushm ani
hisoblangan bahaybat b o 'ro n qushlari; o'rdakning
m oryanka degan bir tu ri; nihoyat ten tak qushlar-
ning bulutday galasi - qanotlari jigarrang hoshiya-
li oqlari va A ntarktikadagina yashaydigan ko'klari
parvoz qilishardi.
- Bu qushlar shu qadar yog'liqki, - dedim Kon-
440
selga, - Farer orollarining aholisi o'lgan qushga pi-
lik qo'yib, uni tayyor sham sifatida ishlatishadi.
- Tabiat uni yana biroz diqqat bilan yaratganda
edi, - deya javob berdi Konsel, - u tayyor ajoyib
lampa bo'lar ekan-da. Esiz, piligini ham qo'yib, tay-
yorlab bersa nima qilarkan!
Biz tushgan joydan taxminan yarim milya na
rida hamma yoq pingvinlar iniga o'xshab o'yib
tashlangan edi. Kapitan Nemo matroslarga ana
shu qushlardan bir necha yuztasini tutishni buyur
di, chunki ularning qoramtir go'shti juda maza
li bo'larkan. Kattaligi g'ozday keladigan bu qush-
larning patlari qora, ko'kraklarida oq tangachalar va
bo'yinlarida jigarrang chiziq bo'lib, ular o'zlarining
toshbo'ron qilinayotganlariga qaramay, hatto qo-
chib qutulishni ham o'ylashmasdi.
Tuman hamon tarqalmas va soat o'n birda ham
quyosh ko'rinmadi. Bundan qattiq hayajonla-
nardim. Agar quyosh chiqmasa, biz kuzatuv olib
borolmaymiz. Kuzatuvsiz qutbga yetdikmi yo'qmi,
qanday bilamiz?
Kapitan Nemoning oldiga borganimda, u qoya-
ga suyangancha jimgina dengizga tikilib turar edi.
U norozi qiyofada bo'lib, bot-bot sabrsizlik bilan
ko'zlarini ko'kka qadardi. Ammo nima ham qila
olardi! Bu jasoratli kishi osmon ustidan ham de-
ngizdagidek hukmronlik qila olmas edi.
Tush payti ham bo'ldi. Ouyosh hamon ko'rin-
mas edi. Butun osmonni qoplagan qalin bulutlar
orasidan quyoshning turgan yeri loaqal biroz bo'lsa-
da sezilmas edi. Ko'p o'tmay qor yog'a boshladi.
- Ertagacha sabr qilishga to'g'ri keladi, - dedi
loqaydlik bilan kapitan va avjiga mingan qor bo'roni
ichida «Nautilus»ga qaytdik.
441
Biz orolchada bo'lgan vaqtimizda «Nautilus»
matroslari to'r tashlab olishga ulgurishibdi. Men
ovlangan baliqlarni zo'r qiziqish bilan ko'zdan
kechirdim. Antarktika dengizi ancha past kenglik-
lardagi bo'ronlardan qochgan juda ko'p baliqlarga
boshpana bo'lardi-yu... ammo dengiz sherlari va
tulenlariga yem qilib berar edi.
Men tangachalari qo'ng'ir rangli bir necha ku-
mushrang baliqchalar - bichoklarni, bo'yi uch fut
li, tanasi silliq, oltinrang - sariq, qo'ng'ir va oq-
ranglardagi, tumshug'i konus singari oldinga turtib
chiqqan va uzun dumi ipga o'xshash ingichka an-
tarktik ximerlarini ko'rdim. Menga ularning go'shti
yoqmadi, ammo Konselga u ancha mazali tuyuldi.
Qor bo'roni keyingi kuni ertalabgacha davom
etdi. Palubaga hatto bosh chiqarib bo'lmas edi. Sa-
londa o'tirib, keyingi kunlardagi voqealami kun-
dalikka yozayotib, bo'ronni pisand etmay g'ujg'on
o'ynashayotgan
albatroslarning
qichqiriqlarini
ochiq lyukdan eshitib o'tirar edim. «Nautilus» so-
hil bo'ylab suzib, janub tomonga yana o'nlab milya
masofani bosib o'tdi.
Ertasi kuni, 20-martda bo'ron tindi. Sovuq bir
oz kuchaydi. Termometr noldan ikki daraja pastni
ko'rsatar edi.
Tuman tarqaldi va men butun astronomik ku-
zatuvlarimizni amalga oshira olishimizga umudvor
bo'la boshladim.
Kapitan Nemo hali chiqmagan edi. «Nauti-
lus»ning qayig'i Konsel bilan meni noma’lum yer
ning sohiliga olib borib qo'ydi. Bu yerning ham
tuprog'i vulqonlardan hosil bo'lganini yaqqol
ko'rsatib turar edi. Hamma yoqda lava, shlak, ba
zalt izlari ko'zga tashlanardi-yu, ammo hech qa-
yerda vulqon og'zi ko'rinmasdi. Orolchadagidek, bu
442
yerda ham minglab qushlar parvoz etib yurishardi.
Patlilardan tashqari yonlaridan o'tayotganimizda
beozor boqayotgan dengiz sut emizuvchilarining
juda katta to'dalari yurishardi. Bular tulenlar edi.
Ulardan ba’zilari sohilda yotishardi, boshqalari
muzliklarda yurishar, yana bir to'dasi qirg'oq yoni-
da cho'milishar yoki suvdan chiqayotgan edi. Ular
biz yaqinlashayotganimizdan cho'chishmadi, afti
dan, odamni birinchi bor ko'rishayotgan bo'lsa ke
rak.
Tulenlar to'dasi shu qadar katta ediki, bir necha
yuz ovchi kemalarni ta’minlay olardi.
- Rostini aytsam, - dedi Konsel, - bizga Ned
Lend hamroh bo'lmaganidan g'oyat shodman!
- Nega, Konsel?
- Chunki bu ashaddiy ovchi hamma tulenlarni
qirib tashlar edi!
- U, albatta, hammasini o'ldirolmas edi-yu,
ammo bu beozor jonivorlarning ba’zilariga ancha-
gina zarari tegar edi. Bu esa beozor jonivorlarning
qonini behuda to'kishni xush ko'rmaydigan kapi
tan Nemoga yoqmagan bo'lardi.
- U juda to'g'ri qiladi.
I - Albatta, Konsel. Ammo ayt-chi, dengiz hay-
vonot olamining bu namunalarini sen hali tasnif-
laganingyo'qmi?
- Men tajriba sohasida no'noqligimni xo'jam
biladilar-ku. Agar xo'jam bu jonivorlarning nomini
aytganlarida edi.,.
- Bular tulenlar bilan dengiz sherlari...
- Sutemizuvchilar sinfiga mansub ikki turkum;
bir qorinlilar sinfchasi, kurakoyoqlilar to'dasi, -
deya shoshib jayob berdi Konsel.
- To'g'ri, Konsel, - dedim men. - Biroq bu
turkumning yana o'z turkumchalari ham bor va
443
adashmasam, yaqin orada biz bu yerda ularni ham
ko'ramiz. Yur!
Ertalab soat sakkizlar chamasi edi. Kapitan
Nemo peshinda astronomik kuzatuv olib borishi ke
rak. Xullas, bizning ixtiyorimizda salkam to‘rt soat
bor edi.
Men bu yerning ancha joyigacha kirgan keng
ko'rfazqirgogiboylabborishnitaklif etdim. Sohil-
lar va sohil boyidagi muzliklar va suv ming-minglab
sutemizuvchilar bilan to'lib ketgan edi. Bu yerda
asosan tulenlar ko'p edi. Ular oila-oila bo'lib joy-
lashishadi: erkak tulen oila boshi hamda qo'riqchisi
va uning himoyasida bolalarini emizadigan modasi.
Kuch-quwatga to'lishgan yosh erkak «bo'ydoqlari»
ularning yonida alohida suzar edilar.
Tulenlar yerda g'oyat katta mashaqqat va
beso'naqay harakatlar bilan sudralishadi: boshda
ular orqa oyoqlarida turadilar va butun gavdalari
bilan o'zlarini oldinga tashlaydilar, so'ngra oldin-
gi oyoqlarini bukib, ko'kraklari bilan yotib oladi
lar, yelkalarini ko'tarib, tanalarining orqa qismini
tortib oladilar. Keyin yana orqa oyoqlarida turadi
lar va shu alfozda butun harakat qaytariladi. Biroq
yerda yurishga no'noq tulenlar o'zlarining egiluv-
chan orqa suyaklari, ingichka bellari, qalin jun qop-
lagan pardasimon kalta qo'llari tufayli suvda juda
epchillik bilan harakat qilar edi. Suv sathida va so-
hilda dam olayotganda bu jonivorlar juda chiroyli
ko'rinadi.
Konselning diqqatini bu aqlli jonivorlarning
g'oyat taraqqiy etgan, do'ng peshanalariga jalb et
dim. Insondan boshqa bironta sutemizuvchida miya
moddasi tulenlarnikichalik miqdorda emas. Shuning
uchun ham tulenlarni osonlik bilan o'rgatib olish
mumkin. Ular tezda qo'lga o'rganadilar va men
444
bir qator tabiatshunoslarning, tulenlar yaxshilab
o'rgatilsa, ular baliq ovlash va umuman dengiz ovi-
da it o‘rnida odamga anchagina foyda keltirishlari
mumkin, degan fikrlariga tamomila qo'shilaman.
Biz ularning yonidan o'tayotganimizda ko'p-
chilik tulenlar uxlab yotishgan edi. Men qum ustida
va sohil yaqinidagi qoyalarda uzunligi bir yarim-
ikki metrli, yuqori lablari qalin, yo'g'on burama
moylovli oddiy tulenlarni ko'rdim: ularning qu-
loqlari borligi deyarli bilinmas, kichik uchburchak
shaklidagi do'nglikkina ko'rinardi.
Shu yeming o'zida tulenlar turidan bo'lgan hara-
katchan, kalta xartumli dengiz fillari bor edi. Uzun
ligi o'n metr keladigan bu ulkan hayvonlar bizga
sira e’tibor berishmas edi.
- Bu hayvonlar xavfli emasmi? - so'radi Konsel.
- Yo'q, - javob berdim men, - agar unga te-
gilmasa indamaydi. Ammo ularga hujum qilinsa,
ayniqsa bolalariga tegiladigan bo'lsa, tulenlarning
qattiq jahli chiqadi va ko'pincha ehtiyotsiz ovchi-
larning qayiqlarini parchalab tashlashadi.
- Shunday qilishga ular tamoman haqlilar, -
dedi Konsel.
- Ha, e’tiroz bildirolmayman.
Bizdan ikki milyacha narida dengizning ancha
ichkarisiga kirgan burun ko'rfazni janubiy shamol-
lardan to'sib turar edi. U yerdagi qoyalar suvga
osilib turar va ularning osti qirg'oqqa uriladigan
to'lqin ko'piklari bilan qoplangan edi.
Xuddi shu yeming o'zida bizga to'satdan go'yo
yaqin orada kavush qaytaruvchi mollar podasi
o'tlayotgani singari qattiq ma’ragan ovoz eshitildi.
- Bu yerga ho'kiz qayoqdan kelib qoldi, - so'radi
Konsel.
445
- Bu ho'kiz emas, morjlar,- javob berdim men.
- Urishishyaptimi?
- Yo urishishyapti, yoki o'ynashyapti.
- Xo'jam ruxsat etsalar, ularni ko'rmoqchi edim.
- Yura qol, ko'ramiz, Konsel!
Biz yana qora bazalt qoyalar yonidan ketdik.
Uning xarsangtosh pog'onalariga tirmashib, muz
bilan qoplangan silliq sathida sirg'anishib borardik.
Men bir necha bor qoqilib yiqildim va qattiq lat ye-
dim.
Anchagina ehtiyotkoryoki chayirligidanmi, Kon
sel biror marta ham yiqilmadi va meni ko'tara turib,
har gal aytardi:
- Agar xo'jam oyoqlarini keribroq qo'yganlarida,
muvozanatlarini saqlash ancha yengil bo'lur edi.
Burunning eng yuqorisiga chiqib olgach, biz
morjlar yoyilib yurgan keng qor yalangligini
ko'rdik.
Morjlar bir-birlarini quvlab, o'ynab yurishardi.
Bizga eshitilgan shovqin, qahr-g'azabini emas, bal
ki xursandchilikni ifoda etadigan qiyqiriqlari ekan.
Morjlar yotog'i atrofini aylanib o'tib, orqaga
qaytmoqchi bo'ldim. Soat o'n birga yaqinlashib qol-
gandi. Ob-havo sharoiti kapitan Nemoning kuza-
tish olib borishiga imkon bersa, joy kengligini aniq-
lashda ishtirok etmoqchi edim.
Ochigi, bundan umid kam edi. Ko'k gumbazi-
ni tamoman qoplab olgan qalin bulutlar quyoshni
to'sib turishardi. Go‘yo hasadchi oftob yer shari-
ning hech kim kelolmaydigan bu burchagini odam-
lardan sir saqlash uchun ataylab bulut ortida yashi-
ringanday tuyular edi.
Biz qoya tizmasining chekkasidan o'tgan torgina
yo'lkadan yurdik. Soat o'n bir yarimda biz sohilga
tushgan joyimizga yetib keldik. Kapitan Nemo ba-
446
zalt bo'lagining cho'qqisiga chiqib turar edi. Yonida
astronomik asboblar. Uning nigohi shimolga, ufq-
ning shu vaqt bulut orqasida ko'rinmayotgan qu
yosh turishi kerak bo'lgan tomoniga qadalgan edi.
Men uning yonida turib, jimgina kuta boshla
dim. Peshin bo'ldi, ammo quyosh hamon oldingi-
day ko'rinmas edi.
Agar ertaga peshinda ham quyosh chiqmasa,
qutbning qayerdaligini aniq bilish uchun qilinayot-
gan urinishdan voz kechishga to'g'ri keladi.
Bugun 20-mart. Ertaga 21-martdan kechasi-
yu kunduzi baravar bo'ladi, binobarin, nurlarning
sinishi hisobga olinmasa, ertaga ufqda quyosh
ko'rinmaydi va olti oy davom etadigan qutb tuni
boshlanadi.
Sentabr oyi kecha-kunduz baravarligidan bosh
lab quyosh shimol ufqida chiqib, 21-dekabrgacha
tobora tik ko'tarilib kun uzaya boradi. Janubiy ya
rim shardagi ana shu yozgi quyosh turishi kunida u
yana kun sayin pastlasha boshlaydi va nihoyat erta
ga ufqda so'nggi bor namoyon bo'lishi kerak.
Men xavotirlanayotganimni kapitan Nemoga
aytdim.
- Gapingiz to'g'ri, janob professor, - dedi u. -
Agar ertaga, yigirma birinchi martda, ufq uzra qu-
yoshning balandligini aniqlay olmasam, unda bu
ishni olti oy kechiktirishga to'g'ri keladi. Ammo
bordi-yu, ertaga peshinda quyosh loaqal bir lahza-
gina mo'ralasa ham, tasodif bizlarni bu yerga teng-
kunlikda olib kelgani tufayli uning balandligini
aniqlash menga ayniqsa oson bo'ladi.
- Nega, kapitan?
- Chunki quyosh osmon gumbazida katta ay-
lana chizsa uning ufqdan balandligini aniq bel-
gilab olish juda qiyin. Asbob-uskunalaming ko'r-
447
satkichlari bunday vaqtda ko'pincha noto‘g‘ri
bo'ladi.
- Ertaga nimasi o'zgaradi?
- Ertaga men asbob-uskunalarsiz, birgina xro-
nometr yordamida aniq kuzatish olib borishim
mumkin. Agar ertaga 21-martda peshinda quyosh
aylanasi - sinishini hisobga olganda, albatta, ufqqa
qoq o'rtasi bilan tursa, biz qutbning xuddi o'zida
ekanligimizni ko'rsatadi.
- Bu-ku to‘g‘ri-ya, - dedim men. - Ammo ik-
kinchi tomondan bu aniqlash matematik ravishda
aniq bo‘la olmaydi-da, chunki tengkunlik peshinga
to‘g‘ri kelmaydi.
- Bunisini bilaman, janob professor, ammo bu
noaniqlik bir necha yuz metrgagina xatolikka sabab
bo'lishi mumkin, bu esa mening ishimga xalaqit
bermaydi. Shunday qilib ertagacha!
Kapitan Nemo «Nautilus»ga qaytdi. Konsel bi
lan men soat beshgacha shu yerda qolib, qirg'oqni
kuzatdik. Ammo o'zining g'oyat kattaligi bilan
e’tiborimizni o'ziga jalb etgan pingvin tuxumidan
boshqa biron qiziqarli narsa topolmadik. Ko‘k rang-
ga bo'yalgan va iyerogliflarga o'xshab ketadigan
nuqtachalar va chiziqlar tortilgan bu juda g'alati
tuxum uchun ishqiboz odam sira ikkilanmay ming
frank to'lar edi. Men bu tuxumni Konselga ber
dim; ehtiyotkor yordamchim uni qimmatbaho xitoy
chinnisiday avaylab, eson-omon «Nautilus»ga yet-
kazib keldi va u yerda tuxum muzey vitrinalarining
biridan o'rin oldi.
Ovqat vaqtida mazasi cho'chqa go'shti ta’mini
beradigan bir parcha tulen jigarini zo'r ishtaha bi
lan yeb, quyoshparast hindular singari kunduz
mash’alasining marhamat ko'rsatib ertaga tush
paytida chiqishini iltijo qilib yotdim.
448
Ertasi kuni, 21-martda, ertalab soat beshda pa
lubaga chiqsam, kapitan Nemo o'sha yerda ekan.
-
Havo ochilayotganga o'xshaydi, - dedi u men
ga. - Umidvor bo'lib turibman. Nonushtadan so'ng
sohilga borib, kuzatish uchun qulay joy tanlaymiz.
Kapitan bilan kelishib olgach, men Ned Lend ol-
diga bordim. Uni sohilga tushishga taklif etgim kel
di. Biroq qaysar kanadalik takliflarimni qat’iyan rad
etdi. U kun sayin ma’yus va asabiylashayotgan edi.
Sirasini aytganda, bu galgi uning qaysarligi meni
ortiqcha xafa qilmadi: sohilda juda ko'p tulenlar
bo'lib, tavbasiga tayanmagan bu xudo bexabarning
ularni behuda qirib tashlashiga yo'l qo'yib bo'lmas
edi.
Nonushtadan so'ng men sohilga bordim. «Na
utilus» tunda janub tomonga yana bir necha m il
ya yo'l bosgandi. U endi ochiq dengizda, balandli-
gi to'rt yuz-besh yuz metr keladigan ingichka tog'
cho'qqisi ostidagi sohildan to'rt kilometrcha berida
turar edi. Qayiqda mendan boshqa kapitan Nemo
va ikki matros bor edi. Kapitan o'zi bilan kuzatish
uchun uncha murakkab bo'lmagan asboblarini: xro-
nometr, durbin va barometr olgan edi.
; Sohilga o'tayotganimizda bir necha kitlarni
ko'rdik. Bu ulkan s-utemizuvchilar gala-gala bo'lib,
sokin suvda g'ujg'on o'ynashar va inson qadami
yetmaydigan bu janubiy qutb havzasi shafqatsizlik
bilan qirilayotgan kitlar uchun bexatar boshpana
bo'lganini tushundim.
Soat to'qqizda biz serqoya sohilga kelib to'x-
tadik. Havo tiniq. Tuman asta-sekin tarqalayotgan
edi. Kapitan Nemo to'g'ri tog'ga qarab yurdi, afti
dan, o'sha yerni kuzatuv joyiga aylantirmoqchi she-
killi. Muz qoplangan sirpanchiq qoyalardan chiqish
juda og'ir edi. Kapitan Nemo eng tik qiyaliklarga
15 - J.Vem
449
ham shu qadar chaqqonlik bilan chiqardiki, har
qanday yowoyi echki ovlovchi havas qilgan bo'lur
edi. Orqasidan zo‘rg‘a yetib yurar ekanman, uning
chaqqonligiga ajablanardim. Ayniqsa, yerda yurish-
ga odatlanmagan dengizchining bu epchilligi kutil-
magan hoi edi.
Biz ikki soatda cho‘qqiga chiqib oldik. Ko‘z
o'ngimizda dengizning ajoyib manzarasi namoyon
bo'ldi, hatto uzoqdan uzluksiz, yaxlit muzlarning
qirralarigacha aniq ko'rinib turardi. Tepalik etagi-
da ko'zni qamashtiradigan darajada oppoq qor
yastanib yotar edi. Tepamizda bulutsiz, och havo-
rang osmon. Shimoldan quyosh aylanasi ko'rinar,
uning ostidan ufq chizig'i o'tgan edi. Suvdan kit
lar otayotgan yuzlab faworalar ko'tarilmoqda edi.
Uzoqda, ochiq dengizda «Nautilus» to'lqinlarda ux
lab yotgan kitday chayqalib turardi. Atrofda, ko'z
ilg'agan joygacha, tosh parchalari va qoyalar tartib-
siz holda yotibdi.
Gho'qqining uchiga chiqib olgan kapitan Nemo
birinchi navbatda keyinchalik o'z kuzatishlariga
tuzatish kiritish maqsadida barometr yordamida u
joyning dengiz sathidan balandligini o'lchadi.
Soat chorak kam o'n ikkida shu vaqtgacha at
mosfera nurlarining sinishi natijasida ko'rinib tur
gan quyosh aylanasi ufqdan chiqib, bizgacha biron
kishining oyog'i tegmagan g'amgin, tashlandiq yer
va dengizni o'zining qip-qizil nurlari bilan yoritdi.
Kapitan Nemo nurlarining sinishi natijasida
ko'zni aldanishdan saqlaydigan oynali durbini bilan
juda uzun doira bo'ylab shundoqqina ufqning usti
da harakat qilayotgan kun shamini kuzata boshladi.
Men qo'limdagi xronometming sekin surilayotgan
miliga qarab turar edim. Yuragim qattiq ura bosh
ladi: agar peshinga borib quyosh aylanasining yar-
450
mi ufq ortiga yashirinsa, demak, biz qutbning xuddi
o'zginasida bo'lamiz.
- Peshin bo'ldi! - deya qichqirdim men.
- Janubiy qutb! - deb javob berdi menga kapitan
Nemo hayajonlanib.
U menga durbinni uzatdi. Undan qarab ufq
chizig'i jimirlab turgan quyosh barkashini teng ik-
kiga bo'lib turganini ko'rdim.
Ouyoshning so'nggi nurlari cho'qqi ustiga
yog'du sochib turar, uning nishab yerlariga esa
pastdan yuqoriga qarab tun soyasi o'rmalayotgan
edi.
Kapitan Nemo qo'lini yelkamga qo'yib, menga
tantanali ohangda murojaat qildi:
- Janob professor, menkim, kapitan Nemo bu
gun, 1868-yilning yigirma birinchi martida Janubiy
qutbga yoki janubiy kenglikning 90-gradusiga yet-
dim va yer sharining ana shu qismiga egalik qila
boshladim.
- Bu qit’aga kimning nomidan egalik e’lon qil-
yapsiz, kapitan?
- Shaxsan o'z nomimdan, janob professor!
U shu so'zlarni aytdi-yu, oltin bilan «N» harfi yo-
zjlgan katta qora bayroqni yoydi va ufqqa so'nggi
niirlarini taratayotgan kun mash’alasiga qarab xi
tob qildi:
- Xayr, quyosh! Yog'du taratayotgan mash’ala,
ketaver! Shu bo'm-bo'sh dengizga sho'ng'igin va
mening yangi mulkimga olti oy tun soyasini tashla.
Do'stlaringiz bilan baham: |