Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

I к к i n chi   b o b  

KAPITAN  NEMONING  YANGI  TAKLIFI

28-yanvar peshinda shimoliy kenglikning 9-gra- 

dus  4-minutida  dengiz  sathiga  ko'tarilgan  «Nau­

tilus»  g'arb  tomonda  sakkiz  milya  chamasi  maso-

268



fada  ko‘zga  tashlanib  turgan  allaqanday  yerning 

ro'parasidan  chiqib  qoldi.  Dastawal  qalashib  yot­

gan,  ancha  baland,  ammo  ko'rinishdan  anglab 

bo'lmaydigan  allaqanday tog'  ko'zga  tashlandi;  ay­

rim  tog‘laming  balandligi  ikki  ming  futdan  oshar 

edi.  Kuzatishlar  poyoniga  yetgach,  men  salonga 

tushdim va xaritadagi belgiga  qarab biz  Hindiston- 

ning  durdonasi  hisoblangan  Seylon  oroli  sohilida 

suzayotganimizni ko'rdim.

Men yer yuzidagi bu eng serunum orol to‘g‘risida 

kitob  qidirish  uchun  kutubxonaga  bordim  va 

X.K. Sirrning  «Seylon  va  singalezlar»  degan  asarini 

topdim.  Shu  payt  salonga  kapitan  Nemo  va  uning 

yordamchisi kirib kelishdi.

Kapitan  xaritaga  qaradi.  So‘ng  menga  yuzlanib 

dedi:


-   Seylon oroli marvaridlari bilan mashhur.  Mar­

varid  izlanadigan  joyga  borishni  istaysizmi,  janob 

Aronaks?

-  }on deb borar edim, kapitan.

-   Juda  soz.  Buni  amalga  oshirish  juda  oson.  Fa­

qat biz marvarid qidiruvchilarni emas, balki joyning 

o'zini  ko‘ra  olamiz,  chunki  hali  ov  mavsumi  bosh- 

lanmagan.  Buning  unchalik  ahamiyati  yo‘q.  Men 

hozir  Manaar  qo‘ltig‘i  tomon  yo‘l  olishni  buyura- 

man. Biz u yerga tunda yetib boramiz.

Kapitan  noma’lum  tilda  o‘z  yordamchisiga  bir 

necha  og‘iz  so'z  aytdi  va  u  shoshilgancha  chiqib 

ketdi.  «Nautilus»  shu  zahotiyoq  suvga  sho‘ng‘idi, 

manometrning  ko'rsatishicha,  u  o'ttiz  fut  chuqur­

likka tushdi.

Xaritani  olib,  Manaar  qo‘ltig‘ini  qidirdim va uni 

shu  nomdagi  kichik  orol  yonida  shimoliy  keng- 

likning  9-gradusida,  Seylonning  shimoli  g arb   so- 

hilidan topdim.

269



Unga  yetib  olish  uchun  biz  orolning  butun 

g'arbiy qirg'og'i yonidan o‘tishimiz kerak edi.

Kapitan yana gapira ketdi.

-   Janob Aronaks,  -   deya  so'z boshladi u,  -   mar- 

varid Bengal qo‘ltig‘i,  Hind dengizi, Xitoy va Yapon 

dengizlari,  Amerikaning janubiy qirg'oqlarini yuvib 

turadigan  dengizlarda,  Panama  qo'ltig'ida,  Kalifor- 

niya  qo'ltig'ida  izlanadi.  Ammo  marvarid  qidiruv- 

chilarning ovi,  ayniqsa,  Seylonda yurishadi. Afsuski 

biz  bu  yerga  juda  erta  kelib  qoldik.  Marvarid  qidi- 

ruvchilar  Manaarga  martning  o'rtalarisiz  kelish- 

maydi  -   o'sha  vaqtda  bu yerga  uch yuztacha  kema 

yig'ilib  o'ttiz  kun  davomida  ana  shu  serdaromad 

ish bilan  shug'ullanishadi.  Har bir  kema  komanda- 

sida  o'nta  eshkakchi  va  o‘nta  sho‘ng‘uvchi  bo'ladi. 

Sho‘ng‘uvchilar  ikkiga  bo'linib,  suvga  navbatma- 

navbat  tushadilar.  Oyoqlari  orasiga  tosh  qistirib 

olib,  uning  yordamida  o‘n  ikki  metr  chuqurlikka 

sho'ng'iydilar,  mo'ljaldagi  joyga yetib olgach,  tosh- 

ni  qo'yib  yuboradilar.  So'ngra  eshkakchilar  arqon 

bilan bog'langan toshni kemaga tortib oladilar.

-   Demak,  hanuz  o'sha vahshiyona  usuldan  foy- 

dalanilayotgan ekan-da?

-  Ha,  -   deb javob berdi kapitan Nemo,  -   marva­

rid sochmalari  1802-yili Amen shartnomasiga bino- 

an dunyodagi eng industrlashgan mamlakat Angliya 

mulkiga  o'tgan  bo'lishiga  qaramay,  bu  ishda  hech 

narsa o'zgargani yo'q.

-   Menimcha,  sizning  skafandrlaringiz  bu  ishda 

juda qo'l kelgan bo'lar edi.

-   Albatta,  chunki  marvarid qidiruvchilar suv os- 

tida uzoq turolmasliklari tabiiy.  Persival degan ing­

liz  o'z  sayohatnomasida  Seylonda,  suv  ostida  besh 

minut turgan bir marvarid qidiruvchini aytib o'tgan, 

ammo  men  bunga  hanuz  ishonmay yuraman.  Men

270



suv  ostida  ellik  yetti  sekund,  ya’ni  deyarli  bir  mi- 

nut,  ayrim juda kuchlilari esa hatto sakson yetti se­

kund  -   qariyb  bir  yarim  minut  tura  oladigan  su- 

zuvchilarni bilaman!  Biroq bundaylari  juda  oz,  shu 

sho'rliklar  ham  kemaga  qaytgach,  quloq  va  burun- 

laridan  qon  aralash  suv kelar  edi.  Menimcha,  mar­

varid qidiruvchi  suvda o'ttiz  sekunddan ortiq turol- 

masa  kerak,  shu  qisqa  fursat  ichida  ham  u  topib 

olgan marvarid chig'anoqlarini uzib to'riga solishga 

ulgurishi  kerak.  Marvarid  qidiruvchilikni  kasb  qilib 

olgan kishilar boshqalar yashaydigan o'rtacha yosh- 

ga  etolmaydilar;  ularning  ko'plari  yosh  o'ladilar; 

yaxshi  ko'rolmaydigan  bo'lib  qoladilar,  ko'zlari  yi- 

ringlanadi,  butun badanlariga  juda yomon yara  to- 

shadi.  Ko'pincha  ular  yurak  yorilishdan  suv  ostida 

to'satdan o‘lib qoladilar.

-   Ha,  -   dedim  men,  -   bu  juda  og'ir  kasb...  Bir- 

gina  xotinlarning  tantiqligi  deb  qancha  umr  va 

kuch  qurbon  etilishini  aytmaysizmi!..  Ammo  shuni 

ayting-chi,  kapitan,  o'sha  kema  bir  kunda  nechta 

chig'anoq yig'a oladi?

-   Bir  ish  kunida  qirqdan  ellik  minggacha.  Ay- 

tishlaricha,  1814-yilda  Angliya  hukumati  davlat 

uchun  marvarid  yig'ishni  uyushtirganida,  qidiruv- 

chilar yigirma kunda yetmish olti million chig'anoq 

yig'gan ekanlar.

-   Har  holda  marvarid  qidiruvchiga  yaxshigina 

haq to'lashsa kerak?

-   Aksincha,  juda  oz.  Panamada  ular  haftada  bir 

dollardan  ortiq  ishlay  olmaydilar.  Ko'pincha  ular 

marvaridi  bo'lgan  har  bir  chig'anoqqa  bir  su1  qim- 

matidagi  mis  chaqa  olar  edilar.  Ammo  ular yig'gan 

chig'anoqlarning qanchasida marvarid bo'lmaydi!


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish