Suv ostida sakson ming kilometr


  -   I. Vci m 289



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

10 

-   I. Vci m



289


Dum-dumaloq  silliq  shakli,  nihoyatda  tiniqligi  va 

so‘z  bilan  ifodalab  bo'lmaydigan  darajada  tuslani- 

shi uning qiymatini juda oshirib yuborgan edi.

Men  qiziqib  qolib,  uni  yaqindan  bilish,  ushlab 

chamalab  ko‘rish  uchun  qo'limni  cho'zdim.  Ammo 

kapitan  Nemo  meni  to'xtatib  chig'anoq  tavaqasi- 

dan xanjarini olgan edi, u shu zahoti yopildi.

Kapitanning maqsadini tushundim:  u  asta-sekin 

o'ssin  deb,  marvaridni  molluska  terisining  orasi­

da  qoldirgan.  Molluska  ajratadigan  modda  har  yili 

marvarid  qatlamini  ko'paytirib  borardi.  G‘orda  ana 

shunday  mo‘jizali  narsa  yetishayotganini  birgina 

kapitan Nemoning o‘zi bilar edi, xolos. U buni vaqti 

kelib  o'z  muzeyiga  olish  uchun  o'stirayotgan  edi. 

Ehtimol bu marvaridni hosil etish uchun uning o‘zi 

molluskaning terisi  ostiga ko'zmunchoq yoki  temir 

soqqa qo'ygan bo'lishi ham mumkin.

Nima  bo'lganda  ham  o'zim  eshitgan  va  «Nau­

tilus»  muzeyi  vitrinasida  ko'rganlarim  bilan  taq- 

qoslab men bu marvaridni kamida o'n million frank 

turadi,  deb  baholadim.  Buni  qimmatbaho  tosh 

emas,  balki  misli  ko'rilmagan  noyob  narsa  desak 

to'g'riroq  bo'lar  edi.  Zero,  yer  yuzida  qulog'i  bun­

day  zirakning  og'irligini  ko'tara  oladigan  bironta 

ayol bo'lmagan.

Ajoyib  tridaknaning  ko'rigi  tugadi.  Kapitan 

Nemo g'ordan chiqdi va biz qiyalikdan yana marva­

rid sayozligiga ko'tarildik.

Biz  dalada  sayr  qilib  yurgandek  sochilib  borar 

edik.  Har birimiz istagan joyimizda to'xtar, boshqa- 

lardan ancha ortda qolib ketar edik.

Shuni  ham  aytish  kerakki,  sayrga  chiqish  oldi- 

dan  meni  ezayotgan  xavf-xatar  haqida  butunlay 

o'ylamay qo'ydim.

Suv  tubi  tobora  ko'tarilib  bordi  va  nihoyat  sa-

290



yozligi  bir  metrga  ham  yetmaydigan  joyda  boshim 

okean  sathiga  chiqib  qoldi.  Konsel  menga yetib  oldi 

va  shlemining  oynasini  shlemim  oynasiga  qo‘yib, 

ko'zlari bilan do'stona salom izhor etdi. Biroq bu sa- 

yozlik bir necha o‘n metrgagina bordi, so‘ng biz yana 

o'z muhitimizga sho'ng'idik.  Endilikda men okeanni 

shunday deb atashga o'zimni haqli deb bilaman.

Shunday qilib,  yana  o‘n  minutlar  chamasi  o'tdi. 

Kapitan  Nemo  birdan  to'xtab  qoldi.  Nazarimda  u 

yo'ldan  adashganday  bo'lib  tuyuldi.  Yo'q,  unday 

emas  ekan  u  yaqinroq  borishimizni  ishora  qildi  va 

biz  yetib  borgach,  qo'lini  cho'zib,  allaqanday  nar­

sani ko'rsatdi.

Diqqat bilan qaray boshladim.

Mendan besh metrlar narida soya ko'rindi. Xayo- 

limdan akulalar haqidagi dahshatli fikr o'tdi. Ammo 

bekorga hayajonlangan ekanman: gap boshqa narsa 

ustida borayotgan ekan.

Bu  -   odam,  tirik  odam,  baliqchi  hind  edi.  Afti­

dan, marvarid chig'anog'ini olish uchun sho'ng'igan 

bo'lsa kerak.  O'zidan biroz narida, boshi ustida tur­

gan  qayiq  tagto'sinini  ko'rdim.  U  sho'ng'ib,  o'sha 

zahotiyoq  suv  sathiga  ko'tarilardi.  Suvga  tusha- 

yotganda  u  oyoqlari  orasida  uchi  arqon  bilan  qa­

yiq  quyrug'iga  bog'langan  katta  toshni  qisib  turar 

edi:  bu  uning  suv  tubiga  tezroq yetib  olishiga  yor­

dam  berardi.  Taxminan  besh  metrlar  chuqurlikka 

tushgach,  u  toshni  qo'yib yuborib,  tiz  cho'kib  olar, 

to'rini  tezgina  qo'liga  ilingan  chig'anoqlar  bilan 

to'latardi.  Shundan  so'ng  u  suv  sathiga  ko'tarilib, 

to'rdagi  chig'anoqlarni  qayiqqa tashlab,  toshni tor- 

tib  olgach,  yana  suvga  sho'ng'irdi.  Suv  ostida  har 

gal u o'ttiz sekunddan ortiq turmas edi.

G 'awos bizning turganimizni  sezmadi.  Qoya so- 

yasi bizni undan to'sib turar edi.

291



O'zi  singari  mavjudotlar  suv  ostida  uning yoni- 

da har bir harakatini kuzatib turganini bechora hind 

qayoqdan xayoliga keltirsin?

U  bir  necha  marta  sho'ng'ib  chiqdi.  U  chi­

g'anoqlar  dengiz  tubiga  qattiq yopishib  qolgani  sa- 

babli  har  sho'ng'iganida  o'ntadan  ortiq yig'ib  olol- 

mas  edi.  Hayotini  xavf ostida  qoldirib  olib  chiqqan 

chig'anoqlarining nechtasi marvaridsiz bo'ladi!

Men  g'aw osning  ishini  zo‘r  diqqat  bilan  kuza- 

tardim.  U  ma’lum  bir  vaqtning  o'zida  sho'ng'ib, 

yana  suv  sathiga  ko'tarilardi.  Yarim  soat  davomida 

uning ishiga hech narsa xalaqit bermadi.

Men  bu  diqqatga  sazovor  ishga  berilib,  uning 

xavf-xatarini ham unutib,  shu qadar mahliyo bo'lib 

qolibmanki,  to'satdan  hindning  qo'rquv  ichida  de­

ngiz tubiga oyog'ini tirab tezda yuqoriga sakragani- 

ni ko'rib qoldim.

Qo'rqishning  sababi  ayon  bo'ldi.  Ulkan  bir  soya 

bechora  g'aw osning  ustiga  kelib  qolgan  edi.  Bu  -  

ko'zlari o'tday chaqnab, og'zini katta ochib hind to ­

mon suzib kelayotgan bahaybat akula edi.

Men  qo'rquvdan  dong  qotib,  qimirlashga  ham 

majolim  kelmadi.  Yuho  yirtqich  o'zini  to'g'ri  be­

chora hindga tashladi.  Chap berib,  o'zini  akulaning 

ochiq og'zidan olib qochdi,  ammo ko'kragiga uning 

dumidan  kelib  tushgan  zarbdan  qocholmay,  o'sha 

zahoti o'zidan ketib yiqildi.

Bu  voqea  bir  necha  sekund  ichida  bo'lib  o'tdi. 

Akula  yelkasiga  ag'darilib,  hindni  ikkiga  bo'lib 

tashlashga  hozirlik  ko'rayotganida,  to'satdan  yo- 

nimda turgan kapitan  Nemoning xanjarini  sug'urib 

qat’iyat bilan dahshatli  maxluq tomon yugurganini 

ko'rib qoldim.

U  dahshatli  yirtqich  bilan  yakkama-yakka  jang- 

ga shaylangan edi!

292



Akula  sho'rlik  g‘aw osni  endi  yutaman  deb  tur- 

ganida, to'satdan yangi g'animni ko'rib qoldi. 0 ‘sha 

zahotiyoq  qorniga  ag'darilib,  kapitan  Nemo  tomon 

tashlandi.

Bu  dahshatli  olishuv  manzarasi  hali-hali  bataf- 

silligicha  ko‘z  o'ngimda.  Kapitan  Nemo  ulkan  aku- 

laning yetib  kelishini  g'alati  osoyishtalik  bilan  ku- 

tib  turdi.  Akula  unga  tashlanganda,  kapitan  misli 

ko'rilmagan  chaqqonlik bilan  chap  bera  turib,  qor­

niga xanjarni dastasigacha sanchdi.

Ammo bu bilan ish bitmagan edi.  Olishuv shun­

dan keyingina boshlandi.

Boshqacha  qilib  aytganda,  akula  bo'kirib yubor-

di.


Uning  jarohatidan  sharillab  qon  oqa  boshladi. 

Atrofimizda  suv  qizarib,  shu  qadar  bo'tana  bo'lib 

ketdiki,  men hatto keyin nima bo'lganini ko'rolmay 

qoldim.


Birozdan  keyingina,  suv  oqargach,  jasoratli  ka­

pitan  akula  suzgichidan ushlab  olib,  uning qorniga 

xanjarni  g'azab bilan qulochkashlab urib olishayot- 

ganini,  ammo  hal  qiluvchi  so'nggi  tig'ni  yurakka 

sanchishga  qulay vaziyat  bo'lmayotganini  ko'rdim. 

Akula  qahr  bilan  to'lg'anib,  suvni  shu  qadar  kuch 

bilan  chayqatdiki,  o'zimni  zo‘rg‘a  tutib  oldim. 

Men  kapitan  Nemoga  yordamga  tashlanmoqchi 

bo‘ldim-u,  ammo  qo'rquvdan  shu  qadar  qotib  qol­

gan edimki,  turgan o'rnimdan bir qadam ham  jilol- 

masdim.

Olishayotganlar  ahvoli  o'zgarayotganini  dard-u 

alam bilan kuzatib turardim. Akula kapitanni to'shi 

bilan urib dengiz tubiga ag'dardi. Akulaning bahay­

bat  og'zi  ochildi  va  Ned  Lend  oraga  tushmaganida 

bir  sekund  ichida  kapitan  Nemo  hayot  bilan  vido- 

lashgan bo'lur edi.

293



Kanadalik fikr tezligida akulaga tashlandi va gar­

pun uchini unga zarb bilan sanchdi.

Suv yangi qon oqimidan yana loyqalandi va akula 

dumi bilan suvni qattiq chayqatdi.  Ned Lend bexato 

urgan  edi.  Uning  garpuni  yirtqichning  xuddi  yura- 

gini  shikastlantirdi.  Bu  jon  talvasasi  edi.  Bahaybat 

maxluq  qaltirab,  suvni  shu  qadar  to'lqinlantirdiki, 

Konsel ikkimiz ag'darilib tushdik.

Shu  orada  Ned  Lend  kapitanning  o'rnidan  turib 

olishiga  yordamlashdi.  Olishuvda  biron  yeri  hatto 

timdalanmagan  kapitan  o'rnidan  tura,  zudlik  bilan 

sal  narida  qimirlamay yotgan  hinduga yaqinlashdi, 

uning jonsiz tanasini ko'tarib,  oyog'ini dengiz tubi­

ga tirab, suv sathiga tomon sakradi.

Biz  uchalamiz  unga  ergashdik  va  bir  necha  se- 

kunddan so'ng g'aw osning qayig'iga chiqib oldik.

Kapitan  Nemoning  dastlabki  tashvishi  sho'rlik- 

ni  o'ziga keltirish edi.  Hind  suv ostida ko'p yotgani 

yo'q -   akula bilan olishuv bir necha sekundgina da­

vom  etdi,  binobarin yordam berish borasida  kechi- 

kilmagan  edi.  Ammo  ikkinchi  tomondan  akulaning 

dumi  bilan  urilgan  dahshatli  zarb  uni  halok  qilgan 

bo'lishi mumkin.

Baxtiga  bunday  bo'lmagan  ekan.  Konsel  bilan 

kapitan  Nemoning  zo'r  berib  tez-tez  ishqalashlari 

tufayli  suvga  cho'kkan  kishi  asta-sekin  o'ziga  kela 

boshladi. U ko'zlarini ochdi.

Kattakon  to'rtta  mis  bosh  uning  ustida  enga- 

shib  turganini  ko'rganda  qanchalik  taajjublangani 

va hatto qo'rqib ketganini tasaw ur qiling-a!

Kapitan  Nemo  belidan marvarid  solingan to'rini 

yechib,  qutqarilgan  kishiga  uzatdi.  Suv  odamining 

bu  ajoyib  tuhfasini  seylonlik  bechora  hind  qalti­

rab  turgan  qo'llari  bilan  oldi.  Yuzidagi  qo'rquv  va 

taajjubdan  ayni  vaqtda  ham  hayotini  saqlab  qol-

294



gan, ham kutilmaganda shunday boylik in’om etgan 

g'ayritabiiy  mavjudotlarga  qanday  minnatdorchilik 

bildirish  lozimligini  bilmayotgani  so'zsiz  ko'rinib 

turardi.


Kapitan  Nemoning  ishorasi  bilan  biz  qayiqdan 

tushib,  marvarid koniga  qaytdik va yarim  soat yur- 

gach,  «Nautilus»  qayig'i  boglangan  langarga  yet- 

dik.


Qayiqqa  chiqib  olgach,  matroslar  yordamida 

og‘ir mis shlemlardan bo'shab oldik.

Kapitan Nemoning birinchi so‘zi Ned Lendga qa- 

ratilgan edi.

-  Sizdan minnatdorman, mister Lend!- dedi u.

-   Arzimaydi,  kapitan,  -   deb  javob  berdi  kana­

dalik.  -  Men sizdan qarzimni uzdim, xolos.

Kapitanning  yuzida  sovuq  bir  tabassum  jilva- 

landi-yu, shu bilan tamom.

-  «Nautilus»ga!  -  buyurdi u.

Qayiq  to'lqinlar  bo‘ylab  o‘qday  uchib  ketdi. 

Bir  necha  daqiqadan  so‘ng  suv  betiga  qalqib  chiq­

qan  akula  murdasi  yaqinidan  suzib  o‘tdik.  Qirrali 

tumshug'i va  deyarli yelka  suzgichlarigacha  davom 

etib  ketgan  o'roqsimon  uzun  ko'krak  suzgichlari, 

tiihoyat  kulrang  yelkasi  va  oq  qorniga  qarab  men 

uning chinakam akulalar oilasiga mansub eng xavfli 

turlaridan biri  -  havorang akulaligini ko'rdim.

Konsel  o‘ldirilgan  yirtqichga  sof  ilmiy  nuqtayi 

nazardan  qarayotgan  edi.  Aminmanki,  shu  daqiqa- 

da u o'zicha bu maxluqni kemirchaklilar kichik sin- 

fi,  chinakam akulalar oilasi, havorang akulalar turi- 

ga taalluqli deb to‘g‘ri chamalayotgan edi.

Men  qimir  etmay  yotgan  bu  nimtalangan 

go'shtni  ko'zdan  kechirayotganimda  to'satdan 

uning yalmog'iz urug‘-aymoqlaridan oltitachasi qa­

yiq  oldida  paydo  bo'lib  qoldi.  Bizga  mutlaqo  e ’ti-

295



bor  bermay,  havorang  akulaning  murdasiga  yopi- 

rilib, uning tanasidan yulib olingan parchalarni bir- 

birlaridan tortqilay boshladilar.

Sakkiz yarimda biz «Nautilus»ga qaytdik.

Kayutamga  kirgach,  xotiramda  bugungi  erta- 

labdan  beri  bo'lgan  voqealarni  jonlantira  bosh­

ladim.  Ulardan  ikki  xulosa  chiqarish  mumkin  edi; 

birinchisi  shuki,  jasurlikda  kapitan  Nemo  bilan 

raqobat  qiladigan  odam  yo'q  va  ikkinchisi  -   inso- 

niyatdan  nafratlanishiga  va  undan  bezib  dengiz 

qa’riga  qochgan  bo'lishiga  qaramay,  umrida  birin­

chi  uchragan  notanish  bir  qashshoqning  hayotini 

saqlab qolish uchun o'z hayotini tahlika ostida qol- 

dirishga tayyor edi.

Bu  g'alati  odam  o'zi  haqida  nima  demasin,  in- 

sonparvarlik tuyg'ularini butunicha yo'q qila  olma- 

gani ko'rinib turar edi.

Men  unga  shuni  aytganimda,  hayajonini  yashi-  „ 

rolmay javob berdi:

•  -   Bu  hind  mazlumlar  mamlakatidan  edi,  pro­

fessor.  So'nggi  nafasimgacha barcha mazlumlar to- 

monida  bo'laman  va  har  bir  mazlum  kishi  mening 

og'am  edi,  hozir  ham  og'am,  bundan  keyin  ham 

og'am bo'lib qoladi.




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish