Y i g i r m a to' r t i n c hi b o b
MARJONLAR OLAMIDA
Ertasi kuni uyqudan boshim g'uvullab turdim.
O'z kayutamda yotganimni ko'rib g'oyat taajjub-
landim. Og'aynilarimni ham uxlab yotganlarida o'z
kayutalariga ko'chirishgandir. Binobarin, ular ham
o'tgan tundagi voqealarni menchalik bilishsa kerak,
shuning uchun kelajak bu sirning pardasini ochishi-
ga umid bog'lashdan bo'lak choram qolmagan ed i.'
Kayutadan chiqqim keldi. Ammo men ozodmi-
kinman yoki ilgarigiday bandimanmi? Yo‘q, har-
tugul tamoman ozod ekanman. Eshikni ochib,
yo'lak orqali palubaga olib chiqadigan trapga o't-
dim. Voqealar bo'lib o'tishidan oldin yopilgan lyuk
lang ochiq edi.
Palubaga chiqdim.
U yerda Ned Lend bilan Konsel meni kutib tu-
rishgan ekan. Ularni so'roqqa tutdim. Hech nar-
sani bilishmas edi. Kecha kechqurun og'ir uyquga
ketishganlaricha bugun ertalab o'z kayutalarida
uyg'onishgan edilar.
«Nautilus» odatdagiday osoyishta va sirli edi.
U dengiz sathida bir maromda suzardi. Unda hech
qanday o'zgarish sodir bo'lmaganday.
Ned Lend ufqni ko'zdan kechirdi. Dengiz bo'm-
bo'sh - hatto kanadalikning o‘tkir ko'zlari ham
246
uzoqda na yelkan, na paroxod mo'rilari, na yerni
ko'ra oldi. G'arbdan esgan kuchli shamol dengizni
qattiq to'lqinlantirdi.
«Nautilus» yaxshigina chayqala boshladi.
Havoni yangilagach, «Nautilus», zarurat tug'il-
gan o'sha zahotiyoq, ko'tarilishi uchun bo'lsa ke
rak, o'n besh metr chuqurlikka sho'ng'idi. Bu man-
yovr 19-yanvarda odatdan tashqari bir necha marta
qaytarildi. Har gal kapitan yordamchisi palubaga
ko'tarilib, o'sha yerdan lyuk tomonga qarab odat-
dagi so'zlarni qaytarar edi.
Kapitan Nemo ko'rinmas edi. O'sha kuni koman-
dadan menga tartib-u maqom bilan ovqat keltiradi-
gan tepsa-tebranmas styuardnigina ko'rdim.
Kunduz soat ikkilarda xotiralarimni tartibga
solayotgandim, salonga kapitan Nemo kirib keldi.
Unga ta’zim qildim. U bunga javoban boshini xi-
yol egdi-yu, biror so'z demadi. U kechagi voqealar-
ga doir biron narsani gapirib berar, degan umidda
ishimni davom ettiraverdim. Biroq u indamadi.
Men yer ostidan unga qarab oldim. U juda hori-
ganga o'xshardi; ko'zlari uyqudan qolgandek qizar-
gan; yuzi o'ta g'amgin, hatto musibat sharpasi tu
shib turar edi.
U xonada yura boshladi, divanga o'tirar, yana
o'rnidan turar, duch kelgan kitobni qo'liga olib, shu
zahotiyoq tashlar, asboblar oldiga kelib, ularga ti-
kilar, ammo odatdagiday yozmas edi. Aftidan, u bir
zum bir joyda tek turolmayotganday edi.
Nihoyat u menga yaqinlashib, so'radi:
- Siz vrach emasmisiz, janob Aronaks?
Bu men uchun kutilmagan savol bo'lgandan, bir-
pas javob bermay, unga tikilib qoldim.
- Siz vrach emasmisiz, deb so'rayapman. Zero,
247
naturalist hamkasblaringizdan ko'pchiligi tibbiy
ma’lumot ham olishgan-ku...
- Ha, klinikada vrach hamda ordinator edim.
Muzeyga kirgunimcha bir necha yil meditsina soha-
sida ishlaganman, - deb javob berdim men.
- Juda soz, - dedi kapitan.
Javobimdan mamnun bo'lganga o'xshardi. Biroq
mendan nima istayotganini bilmaganimdan yangi
savollarga ularning mazmuniga qarab javob berish-
ni o'ylayotgan edim.
- Janob professor, - deya davom etdi kapitan, -
matroslarimdan biriga meditsina yordami ko'rsata
olasizmi?
- Kemada bemor bormi?
-H a .
- Men tayyorman, boshlang.
- Yuring.
Ochig'ini aytsam, yuragim gupullab ura boshla
di. Negadir xayolimga darhol shu bemor matros-
ning kasali bilan tungi voqealar aloqador bo'lsa ke
rak, degan fikr keldi va bemordan ko'ra shu sir meni
ko'proq qiziqtirib qoydi.
Kapitan Nemo meni kema quyrug'iga boshlab
bordi va matroslar kubrigining yonidagi kichkina
kayuta eshigini ochdi.
Kayutada yuzidan jasorat barq urib turgan, qirq
yoshlar chamasidagi chinakam anglo-saks yotar
edi.
Men unga engashdim. U kasal emas, yarador edi.
Uning qon bo'lib ketgan bintlar bilan tang'ilgan
boshi yostiqda edi.
Men bintlam i yechdim. Yarador ko'zlarini katta-
katta ochib menga tikilib turdi-yu, ammo bintlarini
yechishga xalaqit bermadi, hatto biror marta ingra-
madi ham.
248
Jarohat juda og'ir edi. Bosh kosa qandaydir
o'tmas narsa bilan urib yorilgan bo'lib, miya ochilib
qolgan ekan. Miya to'qimalari qattiq zararlangani
shundoqqina ko'rinib turibdi. Kulranggina miyada
qotib qolgan qonlar dasturxonga vinodan yuqqan
dog'larga o'xshardi. Xullas, yarador bir vaqtning
o'zida ham miyasi chayqalib lat yegan, ham o'sha
yerning o'ziga qon quyilgan.
Bechora zo'rg'a nafas olardi. Ora-sira yuzi tiri-
shib qolar edi. Qarshimda harakat markazlari ishla-
may qolgan miya shamollashining xuddi o'zi yotar
edi.
Bemorning tomir urishi tez-tez o'zgarib turar
di. Oyoq va qo'l uchlari muzlay boshladi. O'lim ya-
qinlashayotganini va uni hech narsa bilan qaytarib
bo'lmasligini yaqqol ko'rib turibman.
Yarani qayta bog'lab, kapitan Nemoga qaradim.
- Bu odam qanday qilib yaralangan edi? -
so'radim men.
- Buning biron ahamiyati bormi? - javob be-
rishdan o'zini olib qochdi u. - «Nautilus» zarb bilan
urilib, mashina richagi sindi va shu odamga kelib
tegdi. Buni qo'ying-u, uning salomatligi haqida fik-
ringiz qanday?
Duduqlanib qoldim.
- Gapiravering, - dedi kapitan Nemo, - u fran
suz tilini tushunmaydi. Men yaradorga yana bir qa
rab olgach, dedim:
- Bu odam uzog'i bilan ikki soat yashaydi.
- Uni olib qolishning hech iloji yo'qmi?
- Mutlaqo. Kapitan Nemo asabiylashib mushtla-
rini qisdi.
Ko'zlaridan yosh dumaladi. Men bir necha minut
jon berayotgan kishidan ko'z uzmay qarab turdim.
Hayot asta-sekin uni tark eta boshlagan edi.
249
Elektrning sovuq yog'dusi uning rangparligini
yanada bo'rttirib ko‘rsatayotgan edi.
Men uning qashshoqlik va baxtsiz hayot izi bar-
vaqt ajinlar hosil etgan oqil yuzini ko'zdan kechir-
dim.
Men muzlayotgan lablar so'nggi so'zlarni aytib,
bu hayot sirini ifoda etar degan umidda edim.
Biroq kapitan Nemo menga murojaat qildi:
- Sizni ortiq ushlab o'tirmay bo'lmasa, janob
professor.
Ketishga to'g'ri keldi.
Men kapitanni jon berayotgan matros to'shagi
oldida qoldirib, qattiq ta’sirlangan holda kayutam-
ga qaytdim.
Kun bo'yi yuragim g'ash bo'lib, ezilib yurdim.
Kechasi yaxshi uxlay olmadim. Uyqumda uzoqdan
yig‘i va motam kuylari eshitilib turdi.
Ertasi kuni tongotarda palubaga chiqdim. Ka
pitan Nemo o'sha kuni mendan oldinroq chiqqan
ekan. U menga yaqinlashdi.
- Janob professor, - dedi u, - bugun suvosti say-
riga chiqishga hushing'iz bormi?
- Do‘stlarim ham unda ishtirok etishlari mum-
kinmi?
- Agar borishmoqchi bo'lsa.
- Taklifingizni mamnuniyat bilan qabul eta-
man.
- Unday bo'lsa, skafandrni kiyib oling.
Jon berayotgan yoki marhum haqida bir og'iz
ham so'z yo'q. Men Ned Lend va Konsel oldiga ki-
rib, kapitan Nemoning taklifini aytdim.
Konsel jon deb rozi bo'ldi, kanadalik ham bu gal
rad etmadi.
Soat ertalabki sakkiz ham bo'lgani yo'q edi. Soat
sakkiz yarimda biz skafandrlarni kiyib, Rukveyrol
250
rezervuarlari va elektr fonarlar bilan qurollanib ol
gan edik.
Har ikki eshik birin-ketin ochildi va biz kapitan
Nemo hamda o‘n ikki nafar matros hamrohligida
o'n metr chuqurlikdagi «Nautilus» hordiq chiqara-
yotgan toshloq yerga tushdik.
Xiyol pastlashib ketgan o‘zan bora-bora biz
ni o'ttiz metrlar chamasi chuqurlikdagi yerga olib
bordi. Biz Tinch okeandagi birinchi sayohatimizda
ko'rganimizdagi o'zandan tamomila farq qiladigan
havzaga tushdik. Bu yerda na yumshoq qum, na
suvosti o'tloqlari, na dengiz o'rmonlari bor edi. Ka
pitan Nemo boshlab borayotgan bu yeming o'ziga
xosligi darhol ko'zga tashlanadi. Bu marjonlar ola
mi edi.
Zoofitlar bo'limi, alsionoriylar kichik sinfida
gorgoniy guruhi bor; olimlar tomonidan har ucha-
la - minerallar, o'simliklar va hayvonot olamiga
aloqador deb topilgan, tabiat yaratgan bu ajabtovur
marjonlar shu guruhga mansubdir. Qadimgilarga
ddri xizmatini o'tagan va zamonamiz ayollarining
qimmatbaho taqinchoqlariga aylangan bu marjon
lar 1744-yildagina ingliz Trembley tomonidan uzil-
kesil hayvonot olamiga kiritilgan edi.
Marjon - bu toshsimon, mo'rt poliplar hosil eta-
digan mayda hayvonot to'dalaridir. Bu poliplar kur-
taklash yo‘li bilan ko'payadi. Ular umumiy hayot
kechirishsa-da, ayni vaqtda to'daning har bir a’zosi
o'zicha mustaqil yashaydi.
Bu qiziq zoofitlar haqidagi so'nggi tadqiqot-
larni o'qigan edim. Tabiat okean qa’riga o'tqazgan
va toshga aylangan marjon daraxtlardan iborat bu
o'rmonni ko'rish men uchun juda qiziqarli edi.
Biz fonarlarimizni yoqib, marjonlar yaqindagi-
na hosil etgan, vaqt o'tishi bilan esa Tinch okean-
251
ning bu qismini Hind okeanidan to ‘sib qo'yadigan
devor yonidan yurdik. Yo'l-yo'lakay qalin marjon
daraxtzorlarini aylanib o'tishga to'g'ri keldi. Faqat
yerdagi daraxtlardan farqli o'laroq bu daraxtsimon
o'simliklarning bir uchi qoyalarga yopishgan bo'lib,
yuqoridan pastga qarab o'sar edi.
Fonarlarimizdan taralayotgan yog'du oqish da-
raxtlarga tushib, ajoyib manzara hosil etar edi.
Ba’zan bu toshga aylangan daraxtlar suv harakati-
dan qimirlayotganday bo'lib tuyulardi; hozirgina
gullari qiyg'os ochilgan yoki g'unchadan lab ocha-
yotgan nafis va mayin tikanakli shoxlami uzib ol-
gim kelar edi. Yengil, tutqich bermas tezsuzar ba-
liqchalar ularga xiyol tegib, qushlar to'dasiday o'tib
ketishardi. Biroq men bu tirik gullarga qo'l urishim
bilan butun turkum junbishga kirar edi. Oq shox-
chalar o'zlarining qizil g'iloflariga yashirinib olar-
dilar, gullar ko'z o'ngimizda so'lib, yashnab turgan
buta quruq toshga aylanib olar edi.
Tasodif meni eng nodir zoofitlar to'dasiga olib
bordi. Bu marjonlar o'zining zeboligi bilan O'rta-
yer dengizining Fransiya, Italiya va Afrika qir-
g'oqlaridan yig'ib olinadigan marjonlardan sira qo-
lishmas edi.
Ajoyib marjonlarning tovlanishi zargarlar ular
ning eng yaxshi nusxalariga beradigan: «qonli gul»
va «qonli ko'pik» kabi nomlarga tamoman mos tu-
shar edi.
Ko'p o'tmay butalar tez-tez uchraydigan bo'lib,
daraxtlar esa balandlashib bordi. Oldimizda me’-
morchilikning ertaklardagiday uzun yo'laklari na-
moyon bo'ldi.
Kapitan Nemo qorong'i, xiyol qiyalab ketgan
yo'lakka tushib ketdi. Bu yo'lak bora-bora bizni yuz
metr chuqurlikka olib bordi.
252
Marjon daraxtlar orasida men boshqalari -
bo'g'inlaridan, shoxlagan poliplarning juda qiziq
turlarini, to'qimalarini ohak qoplab, tamoman tosh-
ga aylangan bo'lsa-da, tashqi ko'rinishidan china-
kam suv o'tlariga o'xshash bir necha yashil va qizil
marjon butalarini ham ko'rdim. Biroq bir mutafak-
kirning ta’biri bilan aytganda, «marjonlar - bu eh-
timol hayotning tosh uyqudan uyg'ona boshlagan,
ammo hali harakatga kirmagan paytidir».
Nihoyat, ikki soat yurib taxminan uch yuz metr
chuqurlikka, ya’ni marjonlar hosil bo'lishi tugagan
yergacha tushdik. Bu yerda marjon daraxtlarning
alohida guruhlari emas, bir-birlari bilan turli rang-
dagi dengiz chirmovuqlari yordamida juda chiroy
li gulchambarlar hosil etib tutashib ketgan butun
boshli sokin o'rmon yastanib yotar edi. Biz ularning
qalin qorong'i suv qatlamlari tomon bo'y cho'zgan
peshtoqlaridan qaddimizni bukmay o'tardik, oyoq-
larimiz ostida esa tubipor, astra, meandrin, fungiy
vakiriofiliylar gilamday rang-barang gullab yotardi.
Qanday ajoyib manzara! Ming afsuski, taas-
surotlarimizni baham ko'ra olmas edik! Shunday
unutilmas daqiqalarda boshing oyna va misdan
iborat shlem asiri bo'lib turganini his etish qan-
chalik og'ir! Nega endi biz yonimizdan o'qday uchib
o'tayotgan mana shu baliqlar singari suvda yashay
olmaymiz yoki yaxshisi, uzoq vaqt suvda ham, qu-
ruqlikda ham turib, har ikkala muhit - havoda va
suvda o'zini birday yaxshi his eta oladigan amfibi-
yadek emasmiz?
Shu orada kapitan Nemo to'xtadi. Unga qa
rab o'rtoqlarim bilan men ham to'xtadim. «Nauti
lus» matroslari o'z boshliqlari atrofida yarim halqa
bo'lib saf tortishganiga ko'zim tushdi.
Sinchiklab qaraganimda ulardan to'rt kishi yel-
253
kalarida allaqanday cho'zinchoq narsani ko'tarib
turishganini ko'rdim.
Biz chor atrofi baland marjon o'rmon bilan
o'ralgan kenggina o'tloqning o'rtasida turar edik.
Fonarlarimizning dengiz tubiga tushib turgan xira
yog'dusidan ulkan soyalar hosil bo'lgan edi.
O'tloqning atrofi tim qorong'i va faqat unda-
bunda qonli yog'du yaltillab, o'sha zahotiyoq
o'chayotgan edi. Bu - fonardan taralayotgan nur-
ning bir zumgina marjonlarda sinib qaytishi edi.
Ned Lend bilan Konsel yonimda turishardi. Fa
qat hozirgina xayolimizga suvosti sayrimiz ma’lum
maqsadni ko'zlab qilingani haqidagi fikr keldi.
Suv tubini ko'zdan kechira turib, bir narsa e’ti-
borimni o'ziga jalb qildi: ko'p joyda qator tepalik-
lar do'ppayib turar edi; ularning tartib bilan turishi
inson qo'li bilan qilinganidan dalolat berar edi.
Kapitan Nemoning ishorasi bilan matroslardan '
biri oldinga chiqib, belidagi cho'kichini yechib,
o'zandan chuqur kovlay boshladi.
Endi menga hamma narsa ayon bo'ldi.
Bu o'tloq - qabriston, matros kovlayotgan chuqur
esa - qabr; matroslaming yelkasidagi cho'zinchoq
narsa - tunda o'lgan kishining jasadi edi.
Kapitan Nemo va uning matroslari bu yerga o'z
do'stlarining jasadini okean qa’ridagi shu birodar-
lar qabristoniga dafn etish uchun kelgan edilar.
Men hech qachon bu qadar hayajonlanmagan
edim. Biron narsa meni hech shunchalik larzaga
solgani yo'q.
Qarshimda sodir bo'layotgan voqealarni ko‘-
rishga toqatim yo'q edi, ayni vaqtda bu man-
zaradan bir sekund ham ko'z uzolmas edim.
Bu orada o'ra okeanning marjon tubi tomon
asta-sekin chuqurlashayotgan edi. Cho'kich zar-
254
bidan cho‘chigan baliqlar o'zini har tomonga urib
qochar edi.
Temir cho'kich suv qa’riga tushib qolgan bir
parcha toshga borib tegib bo‘g‘iq ovoz chiqarganini
ham eshitdim.
0 ‘ra uzunasiga va eniga qarab kengaymoqda edi.
Nihoyat, u odamni sig'dirsa bo'ladigan holga yetka-
zildi.
Shundan so'ng murda ko'targanlar o'raga ya-
qinlashishdi. Oq matoga o'ralgan jasad suv bilan
to'lgan qabr ichiga sirg'alib tushdi.
Kapitan Nemo va matroslar qabr atrofida qo'l-
larini ko'kraklari ustiga chambarak qilib turar edi
lar. Biz bu manzaradan qattiq hayajonlanib ular
ning motamlariga xalaqit bermaslik uchun bir qa
dam orqaga chekindik.
Qabrni marjon parchalari bilan berkitib, uni
to'g'ri shaklga keltirishdi.
Bu ish bajarilgach, kapitan Nemo va uning
hamrohlari bir tizzalarini egib, yerga qo'ydilar va
so'nggi vidolashuv belgisi sifatida qo'llarini yuqori
ga ko'tardilar...
Shundan so'ng motam marosimi tugab, «Nau-
Itilus» tomon yo'l oldik.
Biz yana marjon o'rmon peshtoqlari ostidan
o'tib, marjon devor etagidan chiqdik. Bu yerdan
baland tepalik boshlandi. Bir soatlik mashaqqatli
yurishdan so'ng nihoyat olisdan «Nautilus» chiroq-
lari ko'rindi. Biz to'g'ri o'shanga qarab yurdik va
peshindan keyin - soat ikkida bortga yetib oldik.
Ust-boshimni almashtirgach, hozirgi o'z ko'z-
larim bilan ko'rgan marosimdan g'am-anduhga
tushgan holda o'sha zahoti palubaga chiqib oldim.
Ko'p o'tmay kapitan Nemo ham yonimga keldi.
Men undan so'radim:
255
- Demak, men oldindan aytganimday, o‘sha
odam tunda vafot etibdi-da?
- Ha, janob Aronaks, - deya javob berdi kapitan.
- Endi u o'zining ko'pgina o'rtoqlari qatorida,
suv ostidagi marjon qabrda, abadiy uyquga ketdi, a?
- Ha, u hamma tomonidan unutilgan bo‘lsa-da,
ammo biz unutmagan yerda yotipti...
Shunday deb kapitan Nemo yigisini qaytarish
uchun yuzini qo'llari bilan bekitsa ham bo'lmadi.
Uzoq jimlikdan so'ng u bunday dedi:
- U yerda, suv qa’rida, bizning sokin qabris-
tonimiz joylashgan...
- U yerda, akulalar borolmaydigan joyda, mar-
hum do'stlaringiz osuda uyquda yotishipti.
- Ha, - deya bo‘g‘iq ovozda javob berdi kapitan
Nemo, - akulalar va odamlar borolmaydigan joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |