haqidagi ta’limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining «oddiy» a’zolari– suyak, tog’ay,
asab, arteriya, vena, pay, mo’shaklar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi.
Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko’rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning
umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida
sog’liqni saqlash haqidagi ta’limot batafsil bayon qilinadi.
Ikkinchi kitob- o’sha davr tabobatida qo’llanilgan dori-darmonlar haqida zaruriy
ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o’simlik, hayvon va
ma’danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmon ta’rifi, ularning davolik xususiyatlari
va qo’llanish usullari bayon qilingan. Muallif O’rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O’rta
Sharq mamlakatlaridan chiqadigan – dori-darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy,
Yunoniston, Afrika, O’rta yer dengizi orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko’plab
dorivor moddalarni ham ko’rsatib o’tadi.
Uchinchi kitob – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo’lgan a’zolarida yuz
beradigan «Xususiy» yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida ma’lumot beradi. Ya’ni, bu kitob
xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan. Unda bosh, miya, ko’z, kuloq, burun, ogiz
bo’shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o’pka, yurak, qizilo’ngach, oshqozon kasalliklari,
so’ngra jigar, o’t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a’zolar kasalliklari haqidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
To’rtinchi kitob – inson a’zolarining birortasi xos bo’lmagan «umumiy» kasalliklarga
bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buhronlar), shishlar, toshmalar, yara-chaqalar,
kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli jarohatlar kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda o’ta
yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqid a so’z boradi.
Toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo’limi inson
husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bag’ishlangan sochni
to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini
oladigan vositalar haqida so’z yuritilgan.
Beshinchi kitob - farmakopiya bo’lib, unda murakkab tartibli dori – darmonlarni
tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1 -qismida turli
taryoklar (ziddi – zaharlar), ma’junlar, xabdori, kulchadori, elaki dori, sharbatlar,
qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida muayyan a’zolar – bosh,
ko’z, kulok, tish, tomoq, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolari, bo’g’imlar va teri
kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va ulug’vor kitoblaridan
biri «Kitob al –qonun fit-tib» hisoblanadi. Bu asar o’z zamonasidagi tabobat ilmlarining
mufassal qomusi sifatida inson sog’lig’i va kasalliklarga oid bo’lgan barcha muammolarni
mantiqi tartibda to’la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm
ahli e’zozlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved tabiatshunosi Karl
Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o’suvchi va doimo yashil
holda qoladigan daraxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda
topilgan yangi mineral ham ulug’ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: