daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari, shuningdek byudjet
mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma
daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma shtat jadvallarini har bir
tashkilotni ro’yxatdan o’tkazish muddatlarini byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari
bilan belgilangan muddatda ro’yxatga olishni to’liq yakunlashni hisobga olgan
holda belgilaydilar.
Xarajatlar smetasini ro’yxatdan o’tkazish:
- byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi,
jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar
smetasi va jamlanma shtat jadvallari — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan;
- Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning
viloyat
byudjetlaridan
va
Toshkent
shahrining
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag’lari oluvchilar
xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar
smetasi, shtat jadvallari — Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
- shahar va tuman byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari
hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va
xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli
tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan amalga
oshiriladi.
393
Bunda Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari kasb-hunar kollejlarining
xarajatlar smetasi, shtat jadvallari va vaqtinchalik xarajatlar smetasini, ular uchun
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini
ochib, ro’yxatdan o’tkazadi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri bo’yicha kasb-hunar kollejlarining jamlanma xarajatlar smetasi,
jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda ro’yxatdan
o’tkazish uchun taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik
muassasalarini saqlab turish uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetasi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi
boshqarmasi tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi.
Moliya organlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallari ro’yxatdan
o’tkazilishi lozim bo’lgan tashkilotlar hisobini olib borishga majburlar.
Xarajatlar smetasi tasdiqlangan xarajatlar bo’yicha quyidagi xarajatlar
guruhiga ajratgan holda umumiy tarzda ro’yxatdan o’tkaziladi:
- ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar;
- ish beruvchilarning ajratmalari;
- boshqa xarajatlar.
Tashkilotlar xodimlarining lavozim bo’yicha maoshlari va tarif stavkalari
qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ro’yxatdan o’tkazish uchun
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mehnatga haq to’lash jamg’armasi doirasida
qabul qilinadi.
Ish haqi miqdori tarifikatsiya bo’yicha belgilanadigan, ya’ni, attestatsiya
natijalari bo’yicha beriladigan tegishli malaka toifasi mavjudligiga, ish vaqtining
haqiqiy hajmiga va boshqalarga ko’ra belgilanadigan xodimlar mehnatiga haq
to’lash jamg’armasi shtat jadvallarida ko’rsatiladi va u rahbar, bosh buxgalteri
(buxgalter) tomonidan imzolanadigan tarifikatsiya ro’yxatidagi mehnatga haq
to’lash jamg’armasiga muvofiq bo’lishi lozim.
394
Xarajatlar smetasi mazkur xarajatlar smetasida tasdiqlangan barcha
guruhlar bo’yicha xarajatlarni, xarajatlar yoyilmasiga va ularning hisob-kitoblariga
to’liq mos kelishini tekshirgan holda ro’yxatdan o’tkazish uchun qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimiga
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va
xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi ko’rsatkichlarini kiritish:
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha — O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli
boshqarmalari (bo’limlari);
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning
viloyat
byudjetlaridan
va
Toshkent
shahrining
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar
bo’yicha — Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarining tegishli bo’limlari;
tuman va shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va
byudjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining
moliya bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazir-
ligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan yagona g’azna
hisob raqamidan, shuningdek smetada ko’rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir
moddasi bo’yicha g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar
byudjet tashkilotlari xarajatlarini to’g’ri va oqilona rejalashtirish, mavjud
resurslardan samarali foydalanish, mablag’larni iqtisod qilish, byudjetdan tashqari
mablag’larni jalb qilishga yangicha talablarni qo’ymoqdaki, ushbu talablar
byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va
xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish jarayonlarini chuqurroq o’rganishni talab
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |