Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 G’aznachilik sharoitida xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallariga



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

3. G’aznachilik sharoitida xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallariga 

o’zgartirishlar kiritish tartibi 


395 

 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  byudjet  xarajatlarini  amalga  oshirish  uchun 



g’aznachilik bo’linmalariga quyidagilarni:  

a) byudjet mablag’lari bo’yicha: 

doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro’yxatga olinguniga qadar — 

birinchi  chorak  uchun  oylar  kesimida  moliya  bo’limlarida  ro’yxatga  olingan 

vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini; 

doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro’yxatga olingandan so’ng — 

moliya organlarida ro’yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini; 

b)  byudjetdan  tashqari mablag’lar  bo’yicha  —  moliya organlarida  ro’yxatga 

olingan,  byudjetdan  tashqari  mablag’larning  kelib  tushishi  va  ishlatilishining 

cheklanishi  oylar  kesimida  ko’rsatilgan  vaqtinchalik  va  aniqlangan  xarajatlar 

smetalari  nusxalarini  taqdim  etadilar  (kelib  tushishi  va  sarflanish  yo’nalishi 

cheklanmagan byudjetdan tashqari mablag’lar turlari bundan mustasno). 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  byudjet  mablag’lari  bo’yicha  xarajatlar 

smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi Zaxira jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 

zaxira  jamg’armasi,  viloyatlar  hamda  Toshkent  shahar  hokimligi  zaxira 

jamg’armalari  mablag’lari  hisobiga  va  byudjetdan  tashqari  mablag’lar  bo’yicha 

smetalarni,  ular  moliya  organlarida  o’rnatilgan  tartibda  ro’yxatga  olinganidan 

so’ng, g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladilar. 

Xarajatlar smetasiga o’zgartirishlar byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida 

belgilangan  tartib  va  miqdorlar  doirasida  ro’yxatdan  o’tkazish  uchun  qabul 

qilinadi. 

Tasdiqlangan  xarajatlar  smetasiga  yil  mobaynida  qonun  hujjatlari  bilan 

belgilangan  tartibda  kiritiladigan  o’zgartirishlar  to’g’risida  moliya  organlari 

(byudjet mablag’larini taqsimlovchilar o’z bo’ysunuvidagi) byudjet tashkilotlari va 

byudjet mablag’lari oluvchilarni yozma shaklda xabardor qilishi lozim. 

Mazkur  o’zgartirishlar  byudjet  tashkilotlari  tomonidan  tasdiqlangan 

smetalarga  tuzatishlar  kiritmay,  Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi 




396 

 

to’g’risidagi  yo’riqnoma  (ro’yxat  raqami  2169,  2010  yil  22  dekabr)  bilan 



tasdiqlangan 

294-son  shakldagi 

kassa  va  haqiqiy  xarajatlarni  hisobga  olish 

daftarida hisobga olib boriladi. 

Byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning, byudjet tashkilotlari va byudjet 

mablag’lari  oluvchilarning  so’rovi  bo’yicha  o’zgartirishlardan  tashqari  barcha 

o’zgartirishlar: 

O’zbekiston 



Respublikasi 

Moliya 


vazirligining 

sohalarni 

moliyalashtiruvchi  tegishli  boshqarmalari  17-  son  shakldagi  ma’lumotnoma-

bildirishnomani  byudjet  mablag’larini  taqsimlovchilarga  yo’llaydi.  Bunda 

bo’ysunuvida byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilar mavjud byudjet 

mablag’larini  taqsimlovchilar  ma’lumotnoma-bildirishnoma  asosida  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  ma’lumotnoma-bildirishnomani 

bo’ysunuvidagi tashkilotlarga yo’llaydi (12, 13-ilova); 

tegishli  hududiy  moliya  organlari  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 



byudjeti, 

viloyatlar 

va 

Toshkent 



shahar 

mahalliy 

byudjetlaridan 

moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkiloti  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilarga 

ma’lumotnoma-bildirishnomani yo’llaydi. 

Ma’lumotnoma-bildirishnomani  olgandan  so’ng  byudjet  mablag’larini 

taqsimlovchilar,  byudjet  tashkiloti  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  xarajatlar 

smetasidagi o’zgartirishlar ro’yxatini: 

-  byudjet  mablag’larini  taqsimlovchi  bo’ysunuvidagi  byudjet  tashkilotlari 

va byudjet mablag’lari oluvchilar — byudjet mablag’larini taqsimlovchiga; 

-  byudjet  mablag’larini  taqsimlovchilar,  shuningdek  yuqori  turuvchi 

bo’ysunuvga bo’lmagan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar — 

tegishli moliya organlariga taqdim etadi. 

Diplomatik  muassasalarning  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirishlar  kiritish 

uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligiga xarajatlar smetasidagi o’zgartirishlar ro’yxatini taqdim etadi. 




397 

 

Manzilli  va  titul  ro’yxatiga  kiritilgan  aniqliklar  asosida  kapital  qurilish 



ob’ektlari  bo’yicha  xarajatlar  smetasiga  mazkur  Nizomga  asosan  o’zgartirishlar 

kiritiladi. 

 Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotining va 

byudjet mablag’lari oluvchining so’roviga ko’ra xarajatlar smetasiga o’zgartirishlar 

yilda ko’pi bilan 4 marta kiritiladi: 

O’zbekiston 



Respublikasining 

respublika 

byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar 

bo’yicha — byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan; 

-  byudjet  mablag’larini  taqsimlovchilar  bo’yicha  —  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan.  Bunda  byudjet  mablag’larini 

taqsimlovchilar  bo’ysunuvlaridagi  byudjet  tashkiloti  va  byudjet  mablag’lari 

oluvchilar  kesimida  o’zgartirishlar  ro’yxati  ilova  qilingan  jamlanma  so’rovni 

taqdim qiladi; 

- Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 

viloyat 


byudjetlaridan 

va 


Toshkent 

shahrining 

shahar 

byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar 

bo’yicha  —  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va 

Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan; 

-  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlaridan  moliyalashtiriladigan  byudjet 

tashkilotlari  va  byudjet mablag’lari  oluvchilar  bo’yicha  —  tumanlar  va  shaharlar 

hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi. 

Byudjet  tashkilotlarining  xarajatlar  smetasiga  kiritiladigan  o’zgartirishlar 

soni  hisobga  olinayotganda  byudjet  tashkilotlarida  ishlovchi  ayollarga 

homiladorlik va tug’ish nafaqasi to’lash uchun byudjet tashkilotining tasdiqlangan 

xarajatlar  smetasi  doirasida  byudjetdan  ajratiladigan  mablag’larni  bir  moddadan 




398 

 

boshqa moddaga ko’paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o’zgartirishlar 



hisobga olinmaydi. 

 Belgilangan  tartibda  ro’yxatdan  o’tkazilgan  xarajatlar  smetasidagi  barcha 

o’zgartirishlar  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  axborot  tizimiga 

tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. 

 Daromadlar  va  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirishlarni  ro’yxatdan  o’tkazish 

tartibi  mazkur  Nizomda  daromadlar  va  xarajatlar  smetasini  ro’yxatdan  o’tkazish 

uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligining axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. 

 Byudjet  tashkilotlari,  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  va  byudjet 

mablag’larini  taqsimlovchilar  xodimlarining  lavozim  bo’yicha  maoshlari  va  tarif 

stavkalarida  oldingi  ro’yxatdan  o’tkazilganlariga  nisbatan  o’zgartirishlar 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish haqidagi farmonlariga 

muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xodimlarning navbatdagi attestatsiyasini 

o’tkazish  vaqtida  byudjet  tashkilotlari  uchun  belgilangan  mehnatga  haq  to’lash 

jamg’armasi  doirasida  kiritilishi  mumkin.  Mazkur  hollarda  shtat  jadvallariga 

o’zgartirishlar ro’yxatdan o’tkazilmaydi. 

Boshqa barcha hollarda shtat jadvallariga kiritiladigan o’zgartirishlar shtat 

jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi 

lozim. 

Joriy moliya yilining o’tgan oy (chorak)ida ishlatilmay qolgan byudjetdan 

ajratiladigan  mablag’lar  qoldig’i  joriy  moliya  yilining  keyingi  oyi  (choragi)ga 

xarajatlar smetasiga o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazmasdan o’tadi. 

 Tashkilotlar boshqa shahar yoki tumandan belgilangan tartibda o’tkazilgan 

holda yuqori tashkilotlar rahbarlari o’n kunlik muddatda yangi joylashgan joydagi 

moliya organiga avval ro’yxatdan o’tkazilgan smeta, shtat jadvallari va ro’yxatdan 

o’tkazish kartochkasini taqdim etishlari lozim. 




399 

 

Bir  vaqtning  o’zida  moliya  organi  tashkilotlarni  saqlab  turish  xarajatlari 



smetasi  va  shtat  jadvallarini  ro’yxatdan  o’tkazish  bo’yicha  ma’lumotlarni  oldingi 

ro’yxatdan  o’tkazish  joyidagi  moliya  organidan  talab  qiladi  hamda  mazkur 

ma’lumotlar  olinganidan  so’ng  Byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning  ro’yxatga  olingan  (jamlanma)  xarajatlar  smetasi,  daromadlar  va 

xarajatlar  smetasi  va  shtat  jadvallarini  hisobga  olish  jurnaliga  «hisobga  qabul 

qilindi»  deb  yozadi.  Bunda,  ro’yxatdan  o’tkazish  kartochkasi  tegishli 

o’zgartirishlar bilan yangisiga almashtiriladi. 

Moliya  organi  tashkilot  boshqa  joyga  o’tkazilganligi  to’g’risida  ham 

Byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  ro’yxatga  olingan 

(jamlanma)  xarajatlar  smetasi,  daromadlar  va  xarajatlar  smetasi  va  shtat 

jadvallarini hisobga olish jurnaliga tegishli yozuvni yozadi. 

Tashkilotlar  rahbarlarining  xarajatlar  smetasi  va  shtat  jadvallariga 

o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazish masalalari bo’yicha arizalari mazkur hujjatlar 

ro’yxatdan  o’tkazilgan  hududiy  moliya  organining  rahbari  tomonidan  o’n  kunlik 

muddatda ko’rib chiqiladi. 

Xarajatlar  smetasi  va  shtat  jadvallariga  o’zgartirishlarni  ro’yxatdan 

o’tkazgan  hududiy  moliya  organining  qarori  bo’yicha  norozilik  to’g’risidagi 

arizalar yuqori moliya organida ko’rib chiqiladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirining  o’rinbosari  qarori  bo’yicha 

norozilik  to’g’risidagi  ariza  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vaziri  tomonidan 

ko’rib chiqiladi. 

 Byudjet  va  smeta-shtat  intizomiga  rioya  qilinishining  nazorat  etilishini 

ta’minlash  maqsadida,  xarajatlar  smetasi  va  shtat  jadvallari  ro’yxatdan 

o’tkazilgandan  so’ng  bir  haftalik  muddatda  byudjet  tizimi  byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralarning  rahbarlari 

tomonidan  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralarda,  shuningdek  ular 

bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning byudjet 



400 

 

va  smeta-shtat  intizomiga  rioya  qilinishini  ta’minlovchi  buyruqlar  chiqariladi. 



Buyruqlarda quyidagilar tartibga solinadi: 

byudjet  va  smeta-shtat  intizomiga  rioya  qilish,  xarajatlarni  tasdiqlangan 

byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida amalga oshirish; 

ular bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar 

rahbarlarining quyidagilar bo’yicha majburiyatlari: 

byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi nazoratini tashkil qilish va 

amalga oshirish; 

byudjetga keltirilgan zararni qoplash bo’yicha choralarni qabul qilish; 

byudjet va smeta-shtat intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish. 

Tegishli  byudjet  mablag’larining  taqsimlovchilari  (oluvchilari)  tashabbusi 

bilan  byudjet  mablag’lari  bo’yicha  xarajatlar  smetalariga  o’zgartirish  kiritilgan 

hollarda,  ular  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  rasmiylashtirilgan  so’rovnomalar 

imzolash uchun g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi. 

G’aznachilik bo’linmalari taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni amalga oshirish 

imkonini tekshirishni taklif qilinayotgan o’zgartirishlar summasini, tegishli byudjet 

mablag’larining  taqsimlovchilari  (oluvchilari)  bo’yicha  ularning  yuridik  va 

moliyaviy  majburiyatlari,  shuningdek  kassa  xarajatlari  bilan  band  qilinmagan, 

ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi. 

So’rovnomada  ko’rsatilgan  xarajatlar  turlari  bo’yicha  ajratilgan  byudjet 

mablag’lariga  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud 

bo’lganda,  g’aznachilik  bo’linmalari  G’aznachilik  dasturiy  majmuida  ushbu 

byudjet 


mablag’larini  taqsimlovchilar  (oluvchilar)ning  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridagi  tegishli  xarajatlar  moddalari  bo’yicha  keyingi  yuridik  va 

moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni 

to’xtatib qo’yadi. 

G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni 

ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to’xtatib qo’yilgandan so’ng, 




401 

 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  (taqsimlovchilar)ning  so’rovnomasi  tegishli 



g’aznachilik bo’linmalarining vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi va muhri 

bilan tasdiqlanadi. 

Imzolangan  va  muhr  bilan  tasdiqlangan  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirish 

kiritish  to’g’risidagi  so’rovnoma,  uni  g’aznachilik  bo’linmasiga  taqdim  qilingan 

kunning  keyingi  ish  kunidan  kechikmagan  muddatda,  byudjet  mablag’ining 

taqsimlovchi (oluvchi)ga  keyinchalik  uni  tegishli moliya organlariga taqdim etish 

uchun qaytariladi.  

Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band bo’lmagan byudjet mablag’lari 

mavjud bo’lmaganda va  byudjet mablag’lariga  so’rovnomada ko’rsatilgan xarajat 

turlari  bo’yicha  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud 

bo’lmagan  hollarda,  g’aznachilik bo’linmalari  so’rovnomani qaytarish  sabablarini 

ko’rsatgan holda byudjetdan mablag’ oluvchilar (taqsimlovchilar)ga qaytaradilar. 

Byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga tegishli moliya organlari 

tashabbusi  bilan  o’zgartirishlar  kiritilgan  hollarda,  ular  tomonidan  o’rnatilgan 

tartibda  rasmiylashtirilgan  taqdimnoma  yoki  ma’lumotnoma-bildirishnoma 

loyihalari g’aznachilik bo’linmalariga imzolash uchun taqdim etiladi. 

G’aznachilik bo’linmalari  taqdimnomada  taklif  qilinayotgan o’zgartirishlarni 

amalga  oshirish  imkonini,  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  summasini  tegishli 

byudjet  mablag’larining  taqsimlovchilari  (oluvchilari)  bo’yicha  yuridik  va 

moliyaviy  majburiyatlar,  shuningdek  kassa  xarajatlari  bilan  band  qilinmagan 

ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradi. 

Taqdimnomada  ko’rsatilgan  xarajat  turlari  bo’yicha  ajratilgan  byudjet 

mablag’lariga  o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud  bo’lganda,  g’aznachilik 

bo’linmalari  G’aznachilik  dasturiy  majmuida  ushbu  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridagi tegishli  bo’lim, bob, paragraf va  xarajatlar moddalari  bo’yicha 

keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini 

amalga oshirishni to’xtatib qo’yadi. 

G’aznachilik dasturiy majmuida keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni 

ro’yxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish to’xtatib qo’yilgandan so’ng, 



402 

 

moliya  organining  taqdimnomasi  tegishli  g’aznachilik  bo’linmasining  vakolatli 



xodimlari tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. 

Imzolangan  va  muhr  bilan  tasdiqlangan  xarajatlar  smetasiga  o’zgartirishlar 

kiritish  to’g’risidagi  taqdimnoma,  u  g’aznachilik  bo’linmasiga  taqdim  qilingan 

kunning  keyingi  ish  kunidan  kechikmagan  muddatda,  tegishli  moliya  organiga 

qaytariladi.  

Yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlar  bilan  band  bo’lmagan  ajratilgan  byudjet 

mablag’lari  mavjud  bo’lmaganda  va  ajratilgan  byudjet  mablag’lariga 

taqdimnomada  ko’rsatilgan  xarajat  turlari  bo’yicha  taklif  qilinayotgan 

o’zgartirishlar  kiritishning  imkoni  mavjud  bo’lmagan  hollarda,  g’aznachilik 

bo’linmalari  taqdimnomani  tegishli  moliya  organiga  qaytarish  sabablarini 

ko’rsatgan holda yozma ravishda qaytaradilar. 

Moliya  organlari  tomonidan  qonun  hujjatlari  asosida  byudjet  mablag’lari 

bo’yicha  xarajatlar  smetalariga  o’zgartirishlar  (kamaytirishlar)  kiritilgan  hollarda, 

g’aznachilik  bo’linmalariga  ma’lumotnoma-bildirishnoma  loyihalari  taqdim 

qilinadi  (respublika  byudjeti  bo’yicha  —  Moliya  vazirligining  tarmoq 

boshqarmalari  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirligi  G’aznachiligiga 

ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasini taqdim etadi). 

G’aznachilik bo’linmalari taklif qilinayotgan o’zgartirishlarni amalga oshirish 

imkonini  tekshirishni,  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlar  summasini  yuridik  va 

moliyaviy  majburiyatlar,  shuningdek  tegishli  byudjetda  turuvchi,  barcha  byudjet 

mablag’larini  taqsimlovchilar  (oluvchilar)ning  tegishli  bo’lim,  bob,  paragraf  va 

xarajatlar  moddalari  bo’yicha  kassa  xarajatlari  bilan  band  qilinmagan  ajratilgan 

byudjet mablag’lari qoldiqlari bilan solishtirish orqali amalga oshiradilar. 

Ma’lumotnoma-bildirishnomada  ko’rsatilgan  ajratilgan  byudjet  mablag’lari 

limitlariga  taklif  qilinayotgan  o’zgartirishlarni  kiritish  imkoni  mavjud  bo’lganda, 

g’aznachilik bo’linmalari: 

  G’aznachilik  dasturiy  majmuida  tegishli  byudjet  mablag’larini 

taqsimlovchilar  (oluvchilar)ning  tegishli  bo’lim,  bob,  paragraf  va  xarajatlar 




403 

 

moddalari  bo’yicha  keyingi  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlar  olishni  va  kassa 



xarajatlarini amalga oshirishni to’xtatib qo’yadi; 

  ma’lumotnoma-bildirishnoma loyihasi  taqdim qilingan  kunning keyingi 

ish  kunidan  kechikmagan  muddatda  ijobiy  xulosa  tuzadi  va  uni  tegishli  moliya 

organlariga taqdim etadi. 

Yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlar  bilan  band  bo’lmagan  ajratilgan  byudjet 

mablag’lari  mavjud  bo’lmagan  hollarda  va  so’rovnomada  ko’rsatilgan  xarajat 

turlari  bo’yicha  ajratilgan  byudjet  mablag’lari  limitlariga  taklif  qilinayotgan 

o’zgartirishlar kiritishning imkoni mavjud bo’lmaganda, g’aznachilik bo’linmalari, 

ma’lumotnoma-bildirishnoma  loyihasi  taqdim  qilingan  kunning  keyingi  ish 

kunidan  kechikmagan  muddatda,  unga  o’zgartirishlar  kiritish  imkoni  yo’qligi 

sabablari ko’rsatilgan holda xulosa tuzadi. 

Ma’lumotnoma-bildirishnomaga  salbiy  xulosa  olingandan  so’ng,  tegishli 

moliya  organlari  ularni  o’zgartirish  yoki  bekor  qilish  bo’yicha  choralarni 

ko’radilar. 

Yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarni  qabul  qilish  va  kassa  xarajatlarini 

amalga oshirishni to’xtatib qo’yishni  echish,  g’aznachilik bo’linmalari  tomonidan 

moliya  organlari  tegishli  ma’lumotnoma-bildirishnomalar  va  ularni  o’zaro 

solishtirish 

asosida 

tayyorlangan 

byudjet 

mablag’lari 

taqsimlovchilar 

(oluvchilar)ning  xarajatlar  smetalariga  o’zgartirishlar  ro’yxatining  barcha 

nusxalarini taqdim qilganidan keyin amalga oshiriladi. 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish