martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, byudjet mablag’larini
taqsimlovchi bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari shtat jadvallarini byudjet
mablag’larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan, biroq joriy moliya yilining 10
martidan kechiktirmay tasdiqlaydi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan
vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash keyingi moliya yilining
birinchi choragini oyma-oy bo’lgan holda amalga oshiriladi. Bunda, vaqtinchalik
xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar o’tgan
moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan ortiq
bo’lmasligi lozim hamda qonun hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga
oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin.
Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va
byudjet mablag’lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya
yilining 25 dekabrigacha tuziladi va tasdiqlanadi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetalari xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar
amalda bo’ladi. Bunda, ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar
smetasida birinchi chorak uchun byudjetdan ajratiladigan mablag’lar vaqtinchalik
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan kam
bo’lmasligi kerak.
Vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash xarajatlar
smetalarini tuzish va tasdiqlash talablariga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha daromadlar
va xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga ega bo’lgan byudjet tashkilotlari byudjetdan
tashqari jamg’armalar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasini har yili tuzadi
va tasdiqlaydi. Bunda, byudjetdan tashqari mablag’lar tushumlari va xarajatlarini
386
rejalashtirish byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
belgilangan daromadlar manbai va xarajatlar yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda
amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha
daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash byudjet
tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga o’xshash tartibda
amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha
daromadlar va xarajatlar smetasida tushumlar manbaini ko’rsatgan holda
byudjetdan tashqari mablag’lar tushumlarining hajmi va mazkur mablag’lardan
foydalanish yo’nalishlari qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bo’yicha
daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi
mablag’lar qoldig’i hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan
tashkil topadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamg’armalari hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, byudjetdan
tashqari jamg’armalar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasida ko’rsatilgan
xodimlar soni bo’yicha shtat jadvali ilova qilinadi. Bunda, mazkur shtat jadvali
byudjet tashkilotining shtat jadvaliga o’xshash holda tuziladi hamda tegishli
byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan yoki moliya organida belgilangan
muddatlarda va tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha daromadlar va xarajatlar
smetalari tegishli byudjet mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan yoki moliya
organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda
ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi va
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi
bundan mustasno.
387
Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar ularga etkazilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag’lar hajmi doirasida bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va
byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ko’rib chiqishni
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |