tadbirlarga xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin.
Agarda O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi
vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va
bo’limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi
barcha tashkilotlar bo’yicha qo’riqlash xizmatini to’lash, xizmat kiyimini sotib
olish, yagona axborot-kompyuter tizimiga xizmat ko’rsatish, seminarlar o’tkazish
va boshqalar) bo’yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda, xarajatlar smetasiga har
bir markazlashtirilgan holda to’lanadigan tadbirlar bo’yicha hisob-kitoblar ilova
qilinadi.
Kelgusi moliya yilida ochilishi rejalashtiriladigan byudjet tashkilotlari
bo’yicha xarajatlar smetasi tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar,
tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo’limlari tomonidan har bir tashkilotga
alohida, mehnatga haq to’lash shartlari va faoliyat ko’rsatayotgan shunga o’xshash
tashkilotlarda mavjud bo’lgan xarajatlarning o’rtacha me’yorlaridan kelib chiqqan
holda tuziladi.
Bunda, yangi byudjet tashkilotlarini saqlash xarajatlari mazkur tashkilotlar
faoliyatining boshlanishi mo’ljallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda
hisoblanadi.
Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga byudjetdan ajratiladigan
mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasi ijrochi-tashkilotlar bo’yicha barcha ilmiy-
texnik loyihalarning umumiy summasini smetada byudjet tizimi byudjetlari
iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida aks ettirgan holda tuziladi. Bunda
xarajatlar smetalariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ish haqi, unga
tenglashtirilgan to’lovlar, ish beruvchilarning ajratmalari va boshqa xarajatlarni o’z
381
ichiga olgan loyiha bo’yicha barcha xarajatlarni o’zida aks ettirgan xarajatlar
kalkulyatsiyasi ilova qilinadi.
Byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar
smetasi tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi,
tasdiqlangan kuni ko’rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning
barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda
xodimlar ish haqi jamg’armasining summasini ajratgan holda smetada
xarajatlarning umumiy summasi ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik
muassasalari bo’yicha xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar
vaziri va moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi,
tasdiqlangan kuni ko’rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning
barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda
xodimlar ish haqi jamg’armasining summasini ajratgan holda smetada
xarajatlarning umumiy summasi ko’rsatiladi.
Kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha xarajatlar smetalari buyurtmachi
rahbari tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni ko’rsatilgan holda ularning
imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks
ettirish bilan rasmiylashtiriladi.(2-ilova)
Bunda smeta bo’yicha xarajatlarning umumiy summasi ko’rsatiladi.
Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish uchun ijrochi-tashkilotlarga
yo’naltiriladigan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasi
ular bilan mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarni bajarishga byudjet
mablag’larini taqsimlovchi sifatida shartnoma tuzgan tegishli vazirlik, davlat
qo’mitasi va idorasi rahbari (u vakolat bergan shaxs) tomonidan tasdiqlanadi,
tasdiqlangan kuni ko’rsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning
barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi. Bunda
382
xodimlar ish haqi jamg’armasining summasini ajratgan holda smetada
xarajatlarning umumiy summasi ko’rsatiladi.
Xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10 martidan
Do'stlaringiz bilan baham: |