kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, byudjet mablag’larini taqsimlovchi
bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar xarajatlar
smetasini byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatlarda,
biroq joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay tasdiqlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari
bo’yicha rejalashtiriladi:
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (stipendiyalar va
boshqalar);
II guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar);
III guruh – Kapital qo’yilmalar;
IV guruh – Boshqa xarajatlar.
Xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar
ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil
uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining
xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo’yicha
taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi.
I guruh – Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarga quyidagi xarajat
turlari kiradi:
“Ish haqi”;
“Ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish
Direktor fondi mablag’lari” (umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va
akademik litseylarda);
Stipendiyalar.
383
Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular
mehnatiga haq to’lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo’llaniladi. YaTS
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatiladi. U 22 ta
razraddan va har bir razrad uchun o’rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan
iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o’rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga
asoslanadi va byudjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun
qo’llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi
qo’llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi muassasalari, sog’liqni
saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib
chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
II guruh – “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona
ijtimoiy to’lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi
fondi summasiga nisbatan o’rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2018 yil uchun yagona
ijtimoiy to’lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib belgilangan
117
.
III guruh – “ Kapital qo’yilmalar” guruhi bo’yicha xarajatlar Davlat
investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq alohida tarzda
rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida byudjet tashkilotining smetasida
rejalashtirilmaydi.
IV guruh – “Boshqa xarajatlar” tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga
mos xarajat kodlari kiradi:
– “Xizmat safar xarajatlari”;
– “Kommunal xizmatlarni to’lash xarajatlari”;
– “Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari”;
– “Joriy ta’mirlash xarajatlari”;
117
“O’zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat
byudjeti parametlari to’g’risida”gi Prezident Qarori. PQ-3454-son. 29.12.2018. 3-band.
384
– “Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to’lash
xarajatlari”;
– “Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlarni va oziq-
ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”;
– “Boshqa joriy xarajatlar”.
IV guruh moddalari bo’yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob
qilishning eng umumiy bo’lgan o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
– natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
– hisoblagichlarning ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan yildagi haqiqiy
xarajatlar inobatga olinadi;
– bir birlik uchun o’rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi;
– energo-yoqilg’i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.
Shtat jadvallarini tuzish va tasdiqlash
Byudjet tashkilotining shtat jadvalida mehnatga haq to’lash shartlarida
nazarda tutilgan, bir yilga hisob-kitob qilingan ustamalar to’lashga, qo’shimcha
haq to’lash va xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltiriladigan mehnatga
haq to’lash jamg’armasi alohida satrda ko’rsatiladi, masalan:
- qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan Byudjet tashkilotlari va
muassasalarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi (tibbiyot muassasalari,
barcha tipdagi umumta’lim maktablari va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari bundan mustasno);
- mukofotlash, moddiy yordam ko’rsatish, ko’p yillik mehnati uchun bir
martalik rag’batlantirish uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
- ko’p yillik mehnati va maxsus unvonlarga (malaka darajasi, darajali
unvon, diplomatik martaba va boshqalar) oylik ustamalar va qo’shimcha haq
to’lashni belgilash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
- mehnat ta’tilidagi shaxslarning o’rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga
haq to’lash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi;
385
- Umumta’lim, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor
jamg’armasi va boshqalar.
Byudjet tashkilotining shtat jadvalini tasdiqlash joriy moliya yilining 10
Do'stlaringiz bilan baham: |