(bank
kodi
_____)
yoki
________________________________
_______________________________________ shaxsiy g’azna hisobvarag’iga
lozim.
(qaytarilishi, hisobga olinishi)
Rahbar
Bosh buxgalter
(buxgalter, mutaxassis)
7-rasm.Ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan soliqlar summalarini qaytarish yoki
hisobga olishda xulosasi shakli
102
Alohida hollarda, agar 30 kun mobaynida joriy tushumlarning yetishmasligi
yoki mavjud bo’lmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati
bo’lmasa, qaytarish yoki hisobga olish Moliya vazirligining yozma xulosasiga
ko’ra tegishli byudjetning shaxsiy g’azna hisobvarag’idan amalga oshirilishi
mumkin.
Ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan to’lovlarni tegishli byudjetning shaxsiy
g’azna hisobvarag’idan qaytarish yoki hisobga olishda qaytarilgan yoki hisobga
olingan summalar xarajatlarda aks ettirilmaydi, O’zbekiston Respublikasi Davlat
102
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 30 martda 2771-son bilan ro’yxatga olingan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasining 2016
yil 24 martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida
320
byudjeti yoki DMJ daromadlari ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan daromad turi
bo’yicha qaytarish yoki hisobga olish summasiga kamaytiriladi.
Byudjet tashkilotlarining joriy moliya yilida byudjet yoki byudjetdan tashqari
mablag’lari hisobiga to’langan to’lovlari summasi byudjet tashkilotining to’lov
amalga oshirilgan shaxsiy g’azna hisobvarag’iga qaytariladi. Bunda byudjet
tashkilotining tegishli shaxsiy g’azna hisobvarag’ida joriy moliya yilining kassa
xarajatlarining tiklanishi bo’yicha operatsiya aks ettiriladi.
Agar byudjet tashkiloti tomonidan o’tgan moliya yilida byudjet mablag’lari
hisobiga to’langan to’lov summasi qaytarilayotgan bo’lsa, u holda mablag’lar
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha (4004 mablag’lar manbasi bilan) shaxsiy
g’azna hisobvarag’iga, kelgusida qaytarilgan to’lov summasini tegishli daromad
shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazish hamda tushgan to’lov summasini tegishli
byudjet daromadiga taqsimlash orqali qaytariladi.
Agar byudjet tashkiloti tomonidan o’tgan moliya yilida byudjetdan tashqari
mablag’lar hisobiga to’langan to’lov summasi qaytarilayotgan bo’lsa, u holda
mablag’lar byudjet tashkilotining tegishli byudjetdan tashqari shaxsiy g’azna
hisobvarag’iga qaytariladi. Bunday holatda, qaytarilgan to’lov summasi byudjet
tashkilotining joriy yildagi byudjetdan tashqari jamg’armasi tushumi manbasi
sifatida aks ettiriladi, byudjet tashkilotining o’tgan moliya yilidagi kassa xarajatlari
esa tiklanmaydi.
To’lovchilarga to’lovlar qaytarilganligi yoki hisobga olinganligini
tasdiqlovchi to’lov topshiriqnomasi, g’azna memorial orderi va boshqa to’lov
hujjatlari har kuni elektron tarzda "O’RMV" ATdan soliq va boshqa majburiy
to’lovlarni undirish bo’yicha vakolatli organlarning tegishli axborot tizimlariga
taqdim etiladi.
O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti va dmj byudjetlariga kelib tushgan
to’lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobini yuritiladi.
321
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent
shahrining shahar byudjeti, tuman va shahar byudjetlari, DMJ byudjetlariga
ajratma qilingan to’lovlar hisobini yuritish uchun "O’RMV" ATning
"Daromadlarni boshqarish" modulida har yili To’lovlardan ajratmalarni hisobga
olish kitobi yuritiladi. To’lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi Davlat
byudjeti hamda DMJ byudjetlari tarkibiga kiruvchi har bir byudjet uchun alohida
ochiladi va yuritiladi. To’lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida to’lovlar
hisobi O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining byudjet tasnifiga
muvofiq yuritiladi. To’lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida YaG’Hga
kelib tushgan, To’lovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettirilgan, byudjet
tizimining tegishli byudjetiga taalluqliligini aniqlash va byudjet tizimi byudjetlari
o’rtasida taqsimlash tartib-taomillaridan o’tgan, shuningdek O’zbekiston
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasining
respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar
byudjeti, tuman va shahar byudjetlari, DMJ byudjetlari shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarida aks ettirilgan to’lovlar summasi aks ettiriladi.
To’lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitoblarida kelib tushgan
to’lovlarning hisobi to’lovlar turi va byudjet tizimi byudjetlarining shaxsiy g’azna
hisobvaraqlariga o’tkazilgan sanalari bo’yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |