Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


  To’lovlar kontingentini "O’RMV" ATda aks ettirish orqali yag’hga



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

3.  To’lovlar kontingentini "O’RMV" ATda aks ettirish orqali yag’hga 

kiritish va ortiqcha to’langan to’lovlarni qaytarish 

  To’lovlar  kontingentini  YaG’Hga  o’tkazish,  ularni  "O’RMV"  ATning 

"Tushumlarni  boshqarish"  modulida  aks  ettiriladi.    Byudjet  tizimi  byudjetlari 

daromadlariga jismoniy (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi 

tadbirkorlar  va  dehqon  xo’jaliklari)  va  yuridik  shaxslar  tomonidan  to’lanadigan 

to’lovlar  ushbu  Yo’riqnomada  belgilangan    shakldagi  to’lov  topshiriqnomasiga 

asosan  YaG’Hga  o’tkaziladi.  To’lovni  amalga  oshirish  uchun  to’lov 

topshiriqnomasida to’lovchi tomonidan: 

-  "Daromad shaxsiy g’azna hisobvarag’i" grafasida - tegishli daromad shaxsiy 

g’azna hisobvarag’i; 



312 

 

-  "To’lov  maqsadi"  grafasida  -  ushbu  Yo’riqnomaning  1-ilovasiga  muvofiq 



to’lov turining kodi va to’lov maqsadi ko’rsatiladi. 

Bunda  to’lov  maqsadida  birinchi  navbatda  to’lov  turining  kodi  ko’rsatiladi. 

Bank  xodimlari  to’lovni  amalga  oshirish  uchun  to’lovchilar  tomonidan  taqdim 

etilgan  to’lov  topshiriqnomalarini  qabul  qilganlaridan  so’ng,  "Daromad  shaxsiy 

g’azna  hisobvarag’i"  grafasida  ko’rsatilgan  daromadlar  bo’yicha  shaxsiy  g’azna 

hisobvarag’i  raqamini  byudjetga  o’tkazilayotgan  to’lovga  muvofiqligini  va 

to’g’riligini,  "To’lov  maqsadi"  grafasida  esa  5-rasmdagi  shaklga  muvofiq 

ko’rsatilgan to’lov turi kodining muvofiqligini tekshiradilar. 

To’lov topshiriqnomasi N 

 

Sana 



 

 

          



To’lovchi nomi 

 

DEBET 



 

 

 



 

To’lovchining hisob 

raqami 

 

  To’lovchining STIRi 



 

          

To’lovchining banki 

 

  To’lovchining bank 



kodi 

 

          



Summa 

 

so’m  



 

   tiyin 

          

Oluvchining nomi 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 

G’aznachiligi 

KREDIT 

 

 



Yagona g’azna 

hisobvarag’i 

23 402 000 300 100 001 

010 


 

 

 



            

Oluvchining banki 

MB Toshkent sh. Bosh   Oluvchining  00014 



313 

 

boshqarmasi HKKM 



bank kodi 

          

Summa yozuvda 

 

            



Daromad shaxsiy g’azna 

hisobvarag’i 

 

 

 



 

 

 



 

  

Mablag’lar



manbai va 

byudjet- 

larning 

darajasi 

 

Va- 


lyuta 

kodi 


 

Na- 


zorat 

kali- 


ti 

 

Hudu- 



diy 

tasnif 


kodi 

 

Da- 



romad 

turi 


 

Tash- 


kiliy 

tasnif 


kodi 

 

 



To’lov maqsadi 

 

         



           

 

   



 

Tashkilot rahbari 

 

   


 

        


Bosh buxgalter 

 

   



 

       


      

M.O’. 


 

Tekshirildi      Ma’qullandi     

Bank 

tomonidan ijro 



etildi 

 

      



 

(muhr mavjud 

bo’lgan taqdirda) 

 

 



 


314 

 

5-rasm. Jismoniy (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi 

tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklari) va yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan 

to’lovlar  uchun  to’lov topshiriqnomasi shaki



101

 

To’lovchilarning  bank  hisob  raqamlaridan  YaG’Hga  kelib  tushgan  to’lovlar 



kontingenti  summalari  "O’RMV"  ATda  tegishli  daromadlar  bo’yicha  shaxsiy 

g’azna hisobvaraqlarida, shuningdek "O’RMV" ATning "Tushumlarni boshqarish" 

modulida yuritiladigan To’lovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettiriladi. 

Bojxona  to’lovlari,  ularni  bojxona  organlarining  "O’RMV"  ATda  ochilgan 

depozit shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida aks ettirgan holda ushbu Yo’riqnomaning 

3-ilovasiga  muvofiq  shakldagi  to’lov  topshiriqnomasiga  asosan  YaG’Hga 

o’tkaziladi.  Bojxona  to’lovlarini  bojxona  organlarining  depozit  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridan  daromadlar  bo’yicha  tegishli  shaxsiy  g’azna  hisobvarag’iga 

o’tkazilishi  bojxona  organlari  tomonidan  ushbu  Yo’riqnomaning  4-ilovasiga 

muvofiq  shakldagi  tegishli  g’aznachilik  bo’linmalariga  taqdim  etiladigan  g’azna 

memorial orderlariga asosan amalga oshiriladi. 

 "O’RMV"  ATda  daromadlar  bo’yicha  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlarida  va 

To’lovlar  kontingentini  hisobga  olish  kitobida  kelib  tushayotgan  to’lovlar 

kontingentining hisobi quyidagi talablarga rioya etgan holda yuritiladi: 

-kelib tushayotgan  mablag’larni  to’lov turlari  bo’yicha majburiy tartibda aks 

etish va guruhlash; 

-banklar  tomonidan  to’lovchilarning  bank  hisob  raqamlaridan  YaG’Hga 

o’tkazib  berilayotgan  har  bir  summani  kelib  tushish  sanasini  majburiy  tartibda 

ko’rsatish; 

-har bir to’lov turini hududiy belgisi va soliq va boshqa majburiy to’lovlarni 

undirish bo’yicha vakolatli organlar bo’yicha majburiy tartibda guruhlash; 

                               

101

  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  2016  yil  30  martda  2771-son  bilan  ro’yxatga  olingan 



O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasining 2016 

yil 24 martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida

 



315 

 

-kelib  tushgan  to’lovlarni  kunlar,  oylar,  choraklar  va  birinchi  yarim  yil, 



to’qqiz  oylik  va  yillik  ortib  boruvchi  yakun  bilan  majburiy  tartibda  hisobini 

yuritish. 

 Daromadlar  bo’yicha  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlari  kelib  tushgan  to’lovlar 

kontingentini  tasdiqlangan  me’yorlarga  muvofiq  byudjet  tizimining  tegishli 

byudjetlari  o’rtasida  amaliyot  kuni  mobaynida  har  soatda  taqsimlash  yo’li  bilan 

"nol" holatiga keltiriladi. Zarurat tug’ilganda kelib tushgan to’lovlar kontingentini 

byudjet  tizimining  tegishli  byudjetlari  o’rtasida  taqsimlash  real  vaqt  rejimida 

amalga oshirilishi mumkin. 

To’lovlar kontingentini hisobga olish kitobi har bir moliya yili uchun alohida 

yuritiladi. Ma’lum bir sabablarga ko’ra tavsiflanishi va tegishli byudjetga kiritilishi 

imkoniyati  yo’q  bo’lgan  to’lovlar  tushumi  summalari,  aniqlanmagan  tushumlar 

sifatida  identifikatsiya  qilinadi  va  YaG’Hga  qaysi  bank  hisob  raqamlaridan 

o’tkazib  berilgan  bo’lsa,  shu  bank  hisob  raqamlariga  g’aznachilik  bo’linmalari 

tomonidan 3 ish kuni mobaynida qaytariladi.  

       Aniqlanmagan  tushumlar  To’lovlar  kontingentini  hisobga  olish  kitobida 

hududiy  mansubligi  bo’yicha,  ya’ni  YaG’Hga  mablag’  o’tkazilgan  hisob  raqami 

bankining  joylashgan  joyi  ko’rsatilgan  holda  aks  ettiriladi.    Byudjet  tashkilotlari 

tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hamda byudjet mablag’lari 

oluvchilar tomonidan byudjet mablag’lari hisobidan to’lanadigan to’lovlar tegishli 

daromadlar  bo’yicha  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlariga  Yo’riqnomada  belgilangan  

shakl dagi  g’azna memorial orderiga asosan o’tkazib beriladi. 

Bunda,  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilarga  to’lovlarni 

to’lashning ushbu Yo’riqnomaning 18-bandida nazarda tutilgan tartibi qo’llaniladi. 

 YaG’Hga  to’lovlar  to’g’risidagi  ma’lumot  Moliya  vazirligi  tomonidan  har 

kuni  elektron  shaklda  "O’RMV"  ATdan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni 

undirish bo’yicha vakolatli organlarning axborot tizimlariga taqdim etiladi. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish