To’lovlar turlari
TASNIFI
T/
r
To’lov
turi
To’lovlar nomi
Tarkibi
Byudjetga to’lovlar bo’yicha
1. 08101
Soliq va boshqa majburiy
to’lovlar bo’yicha oldindan
to’lov
Soliq bo’yicha majburiyatni
muddatdan oldin ijrosi
2. 08102
Hisob-kitobga muvofiq soliq
va boshqa majburiy to’lovlar
to’lovi
Soliq
hisoboti
bo’yicha
vujudga
kelgan
soliq
majburiyati ijros
3. 08103
Qayta
hisoblashga asosan
soliq va boshqa majburiy
to’lovlar to’lovi
Aniqlangan
soliq
hisoboti
bo’yicha vujudga kelgan soliq
majburiyati ijrosi
4. 08104
Kameral tekshiruvga asosan
soliq va boshqa majburiy
to’lovlar to’lovi
Kameral tekshiruv natijasida
vujudga
kelgan
soliq
majburiyati ijrosi
5. 08105
Soliq tekshiruvi natijasida
qo’shimcha
hisoblangan
soliqlar to’lovi
Soliq
tekshiruvi
natijasida
vujudga
kelgan
soliq
majburiyati ijrosi
6. 08106
Huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning depozit hisob
Tegishli huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning depozit
308
raqamlariga o’tkazib berilgan
qo’shimcha
hisoblangan
soliqlar to’lovi
hisob raqamlariga o’tkazib
berilgan
qo’shimcha
hisoblangan soliq summasi
hisobidan soliq majburiyati
ijrosi
7. 08107
Sud ijrochilari tomonidan
undirib olingan soliq to’lovlari
Sud
ijrochilari
tomonidan
undirib olingan soliq summasi
hisobidan
soliq
bo’yicha
majburiyatlari ijrosi
8. 08108
Penalar
Soliq to’lovlari muddatlarini
buzganligi uchun hisoblangan
pena
bo’yicha
soliq
majburiyatlari ijrosi
Bir martalik hisobga olish uchun byudjetga to’lovlar
9. 08201
Bir martalik hisobga olish uchun
byudjetga asosiy to’lov
10. 08202
Bir martalik hisobga olish uchun
byudjetga to’lov bo’yicha pena
11. 08203
Bir martalik hisobga olish uchun
byudjetga
to’lov
bo’yicha
moliyaviy sanksiya
Xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida bir martalik
hisobga olish uchun byudjetga to’lovlar
12. 08301
Xo’jalik
yurituvchi
subyektlar
o’rtasida bir martalik hisobga olish
uchun byudjetga asosiy to’lov
309
13. 08302
Xo’jalik
yurituvchi
subyektlar
o’rtasida bir martalik hisobga olish
uchun byudjetga to’lov bo’yicha
pena
14. 08303
Xo’jalik
yurituvchi
subyektlar
o’rtasida bir martalik hisobga olish
uchun byudjetga to’lov bo’yicha
moliyaviy sanksiya
4-rasm. Byudjet tizimi byudjetlariga to’lovlar turlari bo’yicha tasniflanishi
100
Byudjet tizimi byudjetlariga to’lovlar to’lovchilar tomonidan har bir to’lov
turi bo’yicha alohida to’lov hujjatlari bilan to’lanadi va tegishli daromadlar turlari
bo’yicha tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda to’liq
YaG’Hga o’tkaziladi.
Daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari "O’RMV" ATda ochilgan
kundan boshlab, shuningdek kelgusida ularga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda
hududiy moliya organlari bir ish kuni mobaynida soliq va boshqa majburiy
to’lovlarni undirish bo’yicha vakolatli organlarga bu haqda xabar beradi.
"O’RMV" AT bilan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha
vakolatli organlar va Markaziy bank axborot tizimlari o’rtasida idoralararo o’zaro
axborot almashinuvi yo’lga qo’yilganida daromadlar bo’yicha ochilgan shaxsiy
g’azna hisobvaraqlar va kelgusida ularning o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumot
(bundan buyon matnda daromadlar bo’yicha SHG’H ma’lumotnomasi deb
yuritiladi) "O’RMV" ATdan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish
100
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 30 martda 2771-son bilan ro’yxatga olingan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasining 2016
yil 24 martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida
310
bo’yicha vakolatli organlar va Markaziy bank axborot tizimlariga avtomatik tarzda
berilishi mumkin.
Banklar Markaziy bankning axborot tizimi orqali olingan daromadlar
bo’yicha SHG’H ma’lumotnomasi ma’lumotidan byudjet tizimi byudjetlari
daromadlariga jismoniy va yuridik shaxslardan to’lovlarni qabul qilishda
foydalanadilar.
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha vakolatli organlar
to’lovchilar e’tiboriga hududiy moliya organlaridan olingan ma’lumotni va unga
kelgusi o’zgarishlarni yetkazadi. Kelib tushayotgan to’lovlar Markaziy bankdan
YaG’Hga to’lovlar summasi kiritilganligi to’g’risidagi ma’lumot kelib tushganidan
so’ng "O’RMV" AT orqali avtomatik rejimda taqsimlanadi.
To’lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari
To’lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari qonun
hujjatlariga muvofiq o’rnatiladi. To’lovlardan O’zbekiston Respublikasi respublika
byudjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va
Toshkent shahri mahalliy byudjetlariga, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalari
(bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) byudjetlariga ajratmalar
me’yorlarining miqdorlari ular o’rnatilganidan so’ng 3 ish kuni mobaynida Moliya
vazirligi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklariga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya
vazirligiga,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
hokimliklarining
moliya
boshqarmalarga, Moliya vazirligi G’aznachiligiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmalariga yetkaziladi.
To’lovlardan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahrining tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlariga o’rnatilgan ajratmalar
me’yorlarining miqdorlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan tegishli tuman va
shahar hokimliklariga, tuman va shahar hokimliklari moliya bo’limlariga, tuman va
shaharlar bo’yicha G’aznachilik bo’linmalariga yetkaziladi.
311
To’lovlardan O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti va DMJ
byudjetlariga ajratmalar me’yorlari "O’RMV" ATga Moliya vazirligi
G’aznachiligining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
To’lovlardan Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar
viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar
mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yorlari "O’RMV" ATga mos ravishda
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha
G’aznachilik boshqarmalarining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi.
Moliya yili mobaynida o’rnatilgan me’yorlar o’zgarsa yoki yangidan
kiritilgan boshqa to’lovlar bo’yicha ajratmalar me’yori o’rnatilsa, yangidan
o’rnatilgan ajratmalar me’yorlari miqdorlari ular o’rnatilganidan so’ng 3 ish kuni
mobaynida ushbu o’rnatilgan tartibda tegishli manfaatdor organlarga yetkaziladi.
Bunda yangidan o’rnatilgan ajratmalar me’yorlarining amal qilish sanasining
boshlanishi majburiy tartibda ko’rsatiladi.
To’lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga aniqlashtirilgan ajratmalar
me’yorlari belgilangan tartibda "O’RMV" ATga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |