Soliq tizimi
Umumdavlat soliqlari
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
Yuridik shaxslar daromadiga
(foydasiga) soliq.
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq
Qo‘shilgan qiymat solig‘i.
Aktsiz solig‘i
Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun
soliqlar va maxsus to‘lovlar
Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq
Yagona soliq to‘lovi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq
Mol-mulk solig‘i
Yer solig‘i
Obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
Jismoniy shaxslardan transport
vositalari uchun benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq
Yagona yer solig‘i
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana
savdo qilish va ayrim turdagi
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun
yig‘im
Tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yuridik hamda
jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun yig‘im
305
Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo’yicha to’lovlar to’lig’icha respublika
byudjetiga yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining
byudjetlariga o’tkazilishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlari
byudjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliq to’lovlarining normativlarga
asosan taqsimlanadigan ma’lum qismi, mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi belgilab
qo’yilgan umumdavlat soliqlarining bir qismi hamda mahalliy soliqlar va boshqa
xil yig’imlar bo’yicha to’lovlar o’tkaziladi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to’lovlarini bajarish yuzasidan
zimmasidagi majburiyatlarni bajaruvchi soliq to’lovchilar tomonidan to’langan
soliqlar va boshqa to’lovlar summalari tegishli banklar tomonidan respublika
byudjetiga o’tkaziladi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika byudjetining asosiy hisob-
kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga asosan
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlarining byudjetlariga
o’tkazib beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali faoliyatini
amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini etarli va uzluksizligini
ta’minlash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamiz bir nechayillardan buyon
davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan
qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi (ro’yxat
raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016
yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini
yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston Respublikasi
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab
olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi
306
axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona
qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va
tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish,
shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet
tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olish
vazifasi yuklatildi.
O’zbekiston Respublikasining Byudjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son
"Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida"gi qaroriga muvofiq “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa
ijrosi to’g’risidagi” yo’riqnomaga ko’ra
99
byudjet
tizimi byudjetlari
daromadlarining g’azna ijrosi jarayonida tegishli byudjetlar daromadlarining
tasdiqlangan miqdori, daromadlarning kassa tushumlari hajmi va tegishli
byudjetlarga va byudjetlardan daromadlar turi va manbasi bo’yicha amalga
oshirilgan qaytarish (hisobga olish) summalari bo’yicha ma’lumotlarni aks ettirish
uchun mo’ljallangan analitik hisob registrlari shakllantirilgan.
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi "O’RMV" ATda
YaG’Hni qo’llagan holda amalga oshiriladi. 3. Jismoniy va mulkchilik shaklidan
qat’i nazar, yuridik shaxslardan milliy valyutadagi to’lovlar O’zbekiston
Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi va YaG’Hga o’tkaziladi.
Byudjet tizimi byudjetlariga to’lovlar tushumi bo’yicha operatsiyalar hisobini
yuritish va keyinchalik ularni byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida taqsimlash uchun
Moliya vazirligi tomonidan "O’RMV" ATda har bir tuman, shahar uchun har bir
to’lov turi bo’yicha soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha
vakolatli organlar kesimida daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari
ochiladi. Bunda daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazilgan
99
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 30 martda 2771-son bilan ro’yxatga olingan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasining 2016
yil 24 martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida
307
to’lovlar, To’lovlar turi tasnifidagi 08201 - 08203, 08301 - 08303 to’lov kodlari
bilan ko’rsatilgan to’lovlardan tashqari, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida
taqsimlanguniga qadar byudjet tizimi byudjetlariga to’lovlar kontingenti (bundan
buyon matnda to’lovlar kontingenti deb yuritiladi) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |