Gidrologiya va injener indd


Grunt  suvlarining  drenajlanishi



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

Grunt  suvlarining  drenajlanishi.  Yer  osti  suvlarining  dre-
naj lanishi  orqali  sarf  bo‘lishi  daryolar  vodiysida,  konus  cho‘-
kindilarining  pastki  va  o‘rta  qismida,  ko‘llarda  ro‘y  berishi 
mumkin. Gidro geologik jarayon nuqtayi nazaridan drenajlanish 
yer osti suvi oqimining oxirgi bosqichida, oqim yo‘lining oxir-
ida ro‘y beradi.
Eslatib  o‘tish  kerakki,  grunt  suvlarining  oqim  yo‘llarida 
drenaj lanish bir xil bo‘lmaydi, gidrogeologik jarayon ham bir tekis 
ko‘chmaydi. Masalan, yer osti suvlari oqimining daryo allyuviy, 
konus  cho‘kindisi  –  prollyuviy  tog‘  massivlarining  darz  ketgan 
tog‘ jinslaridan oqqanda yer osti suvlari suv ushlagich qatlamlari-
dagi tuzlarni eritadi va ishqorsizlanish jarayoni ro‘y beradi, suv-
da  tuz lar  miqdori  ko‘payadi,  kapillar  naychalari  orqali  tuzlar 
yer  ustiga  chiqadi,  tuproqlar  ustida  karbonat  kalsiy  tuzlar  tup-
roq zarrachalarini sementlab qattiq qatlam hosil bo‘ladi (solon-
chak,  solones),  egilma  markazining  past  qismida  bikarbonatli 
suv lar,  sulfatli,  sulfat-xloridli  suvlarga  o‘tadi.  Kationlarda  mag-
niy va natriy ko‘payadi. 
Grunt suvi va tuproqda tuzlarning ko‘payish jarayoni mahalliy 
pastliklarda tez ko‘payadi, chunki bu yerlarda bug‘lanish kuchli 
bo‘lib, suv mineralizatsiyasi namakob darajasiga ko‘payadi, tup-
roq ustida tuz kristallari yig‘iladi. 
Tuproqlarda tuz yig‘ilish jarayonida bug‘lanish bilan ayni payt-
da tog‘ jinslaridagi genetik tuzlar ham ishtirok etishi mumkin.


36
Tog‘lararo egilmalarda grunt suvlari oqimining oxirgi qismi-
da suv balansi ijobiy bo‘ladi. Masalan, Sirdaryo-Sox konusining 
ro‘parasida yer osti suvlarini 20 m
3
/sek miqdorida drenajlaydi.
Odatda, daryoga yer osti grunt suvining oqimi bir-biriga qara-
ma-qarshi  ikki  tomondan  keladi.  Yer  osti  suvlari  dinamikasi 
qonunlariga  nisbatan  bu  oqim  yo‘nalishlari  odatda  daryo  osti-
dan, pastdan o‘tadi. Oqim chiziqlari daryo tubidan pastroqda yo-
tadi. Bu chuqurlik daryodagi suv qalinligiga proporsional bo‘ladi. 
Daryo  o‘zagi  qancha  chuqur  bo‘lsa,  daryoga  oqib  chiqayotgan 
yer osti suvi oqimining qalinligi shuncha ko‘p bo‘ladi. Daryoga 
yo‘nalgan  oqim  chiziqlarining  pastki  chegarasi  oqim  bazisi  de-
yiladi. Yer usti va yer osti suvlarining bir-biriga munosabati oqim 
bazisi  bilan  daryo  o‘zagidagi  suv  sathining  oralig‘ida  bo‘ladi. 
Grunt  va  qatlamlararo  yer  osti  suvlarining  daryoga  oqib  keli-
shi  pe’zometrik  sath  balandligining  ayrilmasi  bo‘lgan  gidrosta-
tik bosim ta’sirida ro‘y beradi. Amalda bu masalani yechish an-
cha murakkabroq, chunki daryolarni ta’minlovchi yer osti suvlari 
suv ushlagich qatlamlardan geologik va litologik chigalliklardan 
o‘tib keladi. Daryo vodiylarining quyi qismida grunt suvlarining 
atmosferaga bug‘lanishi ustunlik qiladi. Shuning uchun yerlarda 
tuz  yig‘ilishi  grunt  suvlarining  ko‘proq  sho‘rlanishi  tog‘lararo 
egilmalarga nisbatan keskin rivojlangan. 
Daryolarning deltasi va vodiylarining pastki qismlarida grunt 
suvlarining oqimi juda oz, chunki bu yerlarda relyef nishabi juda 
kichkina, grunt suvlarining sath chuqurligi kichkina. Ayni payt-
da  bu  sug‘oriladigan  yerlarda  sizilish  natijasida  anchagina  ma-
halliy  oqim  paydo  bo‘ladi.  Yer  osti  suvlarining  mineralizatsiya 
shimilis hi  o‘zanlariga  yaqin  yerlarda  bikarbonatli  tarkibdan,  bu 
uchast kalardan  uzoqlashgan  sari  sulfat-xloridli  mineralizatsiya-
gacha ko‘payadi, SO
4
//
, CI
/
 va Na
+
 ionlari ham ko‘payadi.

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish