Gidrologiya va injener indd



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

Mеtаn (SN
4
) vа оg‘ir uglеvоdоrоdlаr(TU) Nеft vа gаz kоnlаri 
prоvinsiyalаridа  chuqur  yuqоri  bоsimli  tеrmаl  suvlаr  tаrkibidа 
10000 mg/l gаchа bo‘lishi mumkin.
Azot (N
2
) gаzi hаm yеr оsti nеft vа gаz prоvinsiyalаridа kеng 
tаrqаlgаn  bo‘lib  bir  litr  suvdа  o‘nlаb,  yuzlаb  millilitr  bo‘lishi 
mumkin. Dаrzlik vа yoriq qаtlаm suvlаrdа esа 10–15 ml/l gаchа 
bo‘lаdi. 


30
3. GRUNT VА АERАTSIYA ZОNАSI SUVLАRI 
Tog‘lararo egilmalarda yer osti suvining hosil bo‘lishi. Odatda, 
murakkab tuzilgan tog‘lararo egilmalarning geologik strukturalari 
Farg‘ona kotlovinasi, Mirzacho‘l egilmasi, Kitob-Shahrisabz, Sa-
marqand  egilmalari  tektonik  harakatlarining  natijasi  hisobla-
nadi:  ijobiy  balandliklar  tog‘lik  qismlarida  va  salbiy  balandlik-
lar egilmalarning markazida va pasttekisliklarda. Uchlamchi va 
neogen  davrlarida  paydo  bo‘lgan  va  haligacha  davom  etayotgan 
tog‘lararo egilmalar keng o‘lchamli sinklinal yoki mulda shakl-
li  egilma  (progib)  larni,  osilmalarni  (sbrosi)  tashkil  qiladi.  Bu 
bukilmalar yuqori uchlamchi va to‘rtlamchi davr kontinental pro-
lyuvial, allyuvial, delyuvial, eolyuviy va boshqa tog‘ jinslari bilan 
to‘ldirilgan. Ularning qalinligi yuzlab va ba’zi joylarda minglab 
metrni tashkil qiladi. 
Ba’zi joylarda egilmalarning chuqurlanishi va sakrovchan tek-
tonik harakatlar jarayonida, donali mahsulotlarning ko‘plab kel-
tirilishi  va  ularning  pasttekisliklarda  yig‘ilishi  (akkumulatsiya) 
nati jasida depressiyalarning o‘lchami kamayib boradi.
Tog‘dan  vodiylarga  oqim  orqali  keltiriladigan  donali  materi-
allar, suv oqimi tezligining kamayishi natijasida saralanadi: yirik 
donalar  oqim  boshida  va  gil  zarralari  oqimning  so‘nggida  yot-
qiziladi.  Shunday  differensiatsiya  konus  cho‘kindilari,  allyuvial 
cho‘kindilarining  rasmiylanishida  ro‘y  beradi.  Oqim  tezliklari-
ning geologik davrda o‘zgarishi har xil granulometrik tarkibdagi 
tog‘ jinslarining qatlam-qatlam bo‘lib yotqizilishiga sabab bo‘ladi. 
Konus  yotqiziqlarining  yuqori  qismidagi  galechniklar  grunt  va 
qatlamlararo  suvlarning  rasmiylanishi  zonasi  hisoblanadi.  Bu 
yerlarda yer usti va atmosfera suvlari yaxshi shimiladi.
Supes-suglinok  qoplamalar  mavjud  uchastkalarda  galechnik-
larga suv shimilishi qiyinlashadi.
Adirlarda, tog‘ oldi va tog‘ osti tekisliklarda (erozion jarliklar 
bilan  kesilgan)  grunt  suvlari  adirlar  oralig‘idagi  daryolar  o‘zagi 
ostida o‘zanosti oqimi sifatida harakat qiladi. Tog‘lararo egilma-
larning markaziy qismida yer osti suvlari amalda daryo va jarlik-
larda o‘zanosti oqimi sifatida amalga oshadi. Tog‘lararo egilma-
lardagi sug‘oriladigan yerlarda grunt suvlarining paydo bo‘lishida 


31
atmosfera  yog‘inidan  tuproq  sug‘orish  suvlarining  shimilishi-
da ishtirok etadi. Bu jarayonda grunt suvlarining paydo bo‘lishi 
aerat siya zonasi tog‘ jinslarining litologik tarkibiga, suv sathining 
chuqurligiga bog‘liq.
M.M. Krilov fikricha, agar yer osti suvi sathi 1 m bo‘lsa, at-
mosfera yog‘inining 50% shimiladi. Agar suv sathi 4 m chuqur-
likda bo‘lsa, atmosfera yog‘inining shimilishi 0 ga teng. 
Chuqurlik, m
Yog‘in miqdori, %
3.1-rasm. Atmosfera yog‘inining yer ostiga shimilishi grafigi
M.M.  Krilovning  bu  ma’lumotini  sug‘oriladigan  suvlarning 
shimilishiga tatbiq qilib bo‘lmaydi, chunki sug‘oriladigan suvlar 
aeratsiya zonasini suvga to‘yg‘izib, grunt suvlarigacha shimiladi.
Shunday  qilib,  tog‘lararo  egilmalardagi  sug‘oriladigan  yer-
larda grunt suvlarning paydo bo‘lishida suv manbalari quyidagi-
cha o‘rin egallaydi:
1) irrigatsion to‘rlardan shimiladigan suvlar;
2) sug‘orish va yuvish suvlari;
3) mahalliy yer osti oqimi bilan keladigan suvlar;
4) atmosfera yog‘ini.
M.M.  Krilov  fikricha,  grunt  suvlarning  hosil  bo‘lishida  ir-
rigatsion to‘rdan shimiladigan suvlarning miqdori Mirzacho‘lda 


32
47–75% ni, Farg‘ona vodiysida 10–91% ni tashkil qiladi. Xuddi 
shu hududlarda atmosfera yog‘inining miqdori 9–11% va 2–10% 
ni tashkil etadi.
Konus cho‘kindilarining galechnikli qismlari bundan istisno: 
bu yerlarda yer osti suvi drenajlanadi va suv o‘zan osti oqimidan 
ichiladi.
Nazariy  jihatdan  savol  tug‘iladi:  Sorbsiya  va  kondensatsiya 
suv lari yer osti suvlarining paydo bo‘lishida ishtiroki qanday? Bu 
jarayonlar qumli sahrolarda aniq ahamiyatga ega. Sug‘oriladigan 
rayonlarda bu jarayonlar yer osti suvlarini ta’minlashda ahami-
yati  yo‘q  darajada,  ko‘pchilik  olimlarning  aniqlashicha,  suv 
bug‘larining kondensatsiyasi aeratsiya zonasining suv balansi di-
namikasida ayrim ahamiyatga ega.

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish