Gidrologiya va injener indd



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

Yer  osti  oqimi.  Sug‘oriladigan  rayonlarda  gidrogeologik  jara-
yonlarning eng muhim elementlaridan biri grunt suvlarining yer 
osti  oqimi  hisoblanadi.  Bu  oqim  sug‘oriladigan  yerlarning  me-
liorativ holatini ko‘rsatadigan elementlardan hisoblanadi. Yer os-
ti oqimi umumiy va mahalliy bo‘ladi. Ayni paytda yer osti oqi-
mi grunt suvlar balansining dinamikasi yo‘nalishini aniqlovchi, 
sug‘oriladigan yerlarda tuzlarning harakatini va grunt suvlari re-
jimining rasmiylanishini belgilaydi.
Ba’zi rayonlarda umumiy va mahalliy yer osti oqimlari turli-
cha  bo‘ladi.  Masalan,  Amudaryoning  orolodi  deltasida  umu-
miy yer osti oqimi Amudaryoning delta maydonida sizilib hosil 
bo‘ladigan mahalliy suv oqimidan ming marta kichik. Mahalliy 
oqim suvlari bu yerlarda bug‘lanishga sarf bo‘lib, tuz yig‘ilishiga 
olib keladi.
Bu  yerda  yer  osti  suvining  umumiy  oqimi  yiliga  bir  necha 
santimetrni tashkil etadi. Amalda yer osti suvlarini oqimsiz de-
sa bo‘ladi. Ayni paytda bu yerda shakllanadigan grunt suvlarining 
mahalliy  oqimi  ba’zida  ancha  miqdorda  bo‘lib,  yerlarning  yax-
shi meliorativ holatini saqlab turishga yordam beradi, sho‘rlanish 
jarayonini to‘xtatib turadi.
Tog‘lararo egilmalarda, konus cho‘kindilarining yuqori qismi-
da kichik qatlamli suglinok qoplamali galechniklar yer osti suvi 
oqimi juda yaxshi sharoitda kechadi. Bu yerlarda yer osti oqimi 
suv  balansining  sarf  qismida  eng  belgilovchi  element  hisobla-
nadi, umumiy oqim mahalliy oqimga nisbatan katta miqdorda 
bo‘lib, suv ushlagich qatlamining sizilish xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Konus  cho‘kindilarining  o‘rta  qismida  grunt  suvlari  konus 
struktura-xaltasidagi  suvlar  bosimi  natijasida  yuqoriga  sizilib 


34
drenajlanadi. Shuning uchun konus cho‘kindilarining bu qismi-
da bug‘lanish miqdori katta bo‘lishiga qaramay grunt suvlari oz 
mine rallangan bo‘lib sho‘rlanishga moyil emas. 
Konus cho‘kindilarining quyi qismida prolyuvial shleyf keng 
rivojlangan bo‘lib, tog‘ jinslari lyos, lyossimon suglinok, supes va 
gillardan iborat bo‘lib, yer osti suvlari oqimining sug‘oriladigan 
yerlarning  Gidrogeologik  jarayoniga  va  meliorativ  holatining 
shakllanishiga ta’siri har xil bo‘ladi.
Yer osti suvlari uncha chuqur bo‘lmaganda, 4–5 m dan kam 
bo‘lganda agar yer osti suvlarining oqimi ta’minlangan bo‘lsa, bu 
holda maxsus meliorativ choralar ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Boshqa 
hollarda, ya’ni prolyuvial tekislik chuqur jarliklar bilan kesilgan 
hollarda yer osti oqimi yaxshi ro‘yobga chiqadi va katta maydon-
da ta’minlanadi. Bunday yerlar sug‘orish natijasida botqoqlanish 
va sho‘rlanish rivojlanmaydi.
Masalan, Toshkent viloyatidagi tekisliklar Chirchiq, Angren, 
Keles  daryolari  vodiylari  bilan  kesib  o‘tilgan,  bu  yerda  chuqur 
o‘zanlar  ham  bor.  Yer  osti  oqimi  chuqurlikdan  o‘tadi.  Yer  os-
ti oqimining ko‘chishi va jadallashishi suv ushlagich qatlamining 
litologik tarkibiga geomorfologik va umumiy geostruktura sharo-
itlariga  bog‘liq.  Bu  jihati  burg‘i  quduqlarda,  masalan,  tog‘  oldi 
tekisliklarda  umumiy  yer  osti  oqimlari  strukturasini  belgilovchi 
ahamiyatga ega bo‘lsa, mahalliy yer osti oqimlarida esa, suv ush-
lagich qatlamining litologik tarkibi, hududining relyefi va yerlarni 
o‘zlashtirish darajasi belgilovchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Agar hudud bir xil sug‘orilmasa ekin ekilmaydigan maydonlari 
bug‘lanuvchi-drenaj rolini bajaradi. Buning nomini quruq drenaj, 
ekotadol  drenaj  deyiladi.  Yerlar  keng  ko‘lamda  sug‘oriladigan 
bo‘lgach ekin ekilmaydigan maydonlar borgan sari kamayib bor-
yapti, botqoqliklar, sho‘rlangan yerlarni jadal drenaj bilan yaxshi-
lashga to‘g‘ri kelyapti.

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish