Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


  O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

22.4.  O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati. 

O‘zbekiston  Respublikasining  soliq  siyosatining  huquqiy  asoslari  davlat  mustaqilligining 

dastlabki  kunlaridan  boshlab  yaratila  boshlangan.  O‘zbekiston  Respublikasining  1991  yil  31 

avgustdagi  “O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  to‘g‘risida”gi  qonunda 

O‘zbekistonning  bundan  buyon  o‘zining  mustaqil  moliya-soliq  siyosatini  olib  borishi  ko‘rsatib 

o‘tildi. Qolaversa davlatning soliq siyosati asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o‘z 

ifodasini topgan. 

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  soliqlar  sohasida  o‘ndan  ortiq  qonunlar  qabul 

qilindi. Jumladan: 1992 yil 15 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar, 

tashkilotlar va birlashmalar soliqlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet El 

fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmaganlarning  solig‘i  to‘g‘risida”gi  Qonunlari,  ularga  kiritilgan 

o‘zgartirishlar hamda qonunlar asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar va tartiblar bo‘ldi. 1993 yil 7-

mayda esa “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul 

qilindi. 

Soliqlarning  huquqiy  asosini  jamlab  ko‘rsatuvchi  hujjat  1997  yil  24  aprelda  O‘zbekiston 

Respublikasining  Soliq  Kodeksi  qabul  qilindi.  1997  yilning  avgust  oyida  O‘zbekiston 

Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 

2008 yil yanvar oyidan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi. 

Umuman siyosat deganda davlatning ilgaridan rejalashtirilib, aniqlab va huquqiy me’yorlar 

asosida  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlar  yig‘indisi  tushuniladi.  Soliq  bo‘yicha  ishlarni  tashkil 

qilish ham shu to‘g‘ridagi davlat siyosati bilan yuritiladi. Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy-

moliya  siyosatining  ajralmas  tarkibiy  qismidir  va  unga  bog‘liq  holda  olib  boriladi,  chunki  soliq 

munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir. 

Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va 

qarorlar ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. 

Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o‘zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘ladi va uni amalga 

oshiradi.  Davlat  soliq  siyosatini  ishlab  chiqish  moliya-iqtisodiy  munosabatlardan  kelib  chiqadi. 

Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor 

iqtisodiyotini boshqarishga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. 

Davlat  soliq  siyosatini  ishlab  chiqayotganda  mavjud  soliqlarni  yoki  yangi  kiritilishi 

mo‘ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqishi va rivojlanishtarixini chuqur o‘rganishi 

lozim.  Ayniqsa,  yangi  soliqlar  chiqarilayotganda  ular  ilmiy  asoslangan  bo‘lishi,  yirik  amaliyotchi 

mutaxassislar va jamoatchilik o‘rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda 

hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha 

mutaxassislari o‘z manfaatlarini ko‘proq ko‘zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko‘ra olmasliklari 

yoki  bila  olmasliklari  mumkin.  O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  siyosati  respublika  iqtisodiy 

rivojlanishining besh tamoyilining ustivor yo‘nalishlari asosida yuritilmoqda. Respublika davlat soliq 

siyosatini anna shu tamoyillardan kelib chiqib soliq sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Soliq siyosatining ikki yo‘nalishi mavjud. 

1. 


Korxona  va  tashkilotlarga  nisbatan  soliq  siyosati.  Eng  avvalo,  korxona  va  tashkilotlarning 

bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularni moliyaviy  mustaqilligi, erkin baho 

belgilashlariga  to‘sqinlik  qilmaslik  va  byudjetga  soliq  to‘lovlari  belgilanayotda  faqat  demokratik 

asosda soliqlarni undirishni tashkil etish zarurdir. 




 

228 


 

2. 


Soliq  siyosatida  aholining  turli  xil  guruhlariga  nisbatan  xilma-xil  yondashish  zarurdir. 

Nochor,  kam  ta’minlanganlarga  iloji  boricha  soliqlardan  ko‘proq  imtiyozlar  berish  va  kam  kuch 

sarflab  ko‘p  daromad  oluvchi  yoki  boshqa  yengil  daromad  topuvchilarga  nisbatan  yuqori 

progressiyali soliq stavkalarini qo‘llashdan iboratdir. 

Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqilgan bo‘lishi zarur. Strategiya uzoq 

yillarga  mo‘ljallangan,  soliq  munosabatlaridagi  muhim  yo‘nalishlar  bo‘yicha  chora-tadbirlarning 

majmuasini ko‘rsatuvchi uzoq yillik rejadir. Taktikada esa soliq strategiyasining har bir ma’lum davr 

(yil, chorak)da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq tadbiriy choralar ko‘rsatiladigan qisqa muddatli 

rejadir. Taktika strategiyadan kelib chiqishi lozim. 

Mustaqillik davrida soliq siyosatiga e’tibor bersak, davlat  

• 

birinchidan,  soliq  tushumlarining  umumiy  summasida  egri  soliqlar  salmog‘ini  oshirib 



bormoqda; 

• 

Ikkinchidan, resurslar soliqlari solmog‘ini oshirib borish; 



• 

Uchinchidan, butun respublika soliq idoralarini yuqori darajali komp’yuter bilan ta’minladi; 

• 

To‘rtinchidan, soliq og‘irligini pasaytirib borish siyosati; 



• 

Beshinchidan,  davlatimiz  soliq  siyosatida  yuridik  shaxslarni  eksportga  mahsulot  ishlab 

chiqarish  va  bu  orqali  erkin  ayriboshlanadigan  valyutalarining  respublikamizga  kirib  kelishi 

ta’minlanadi; 

• 

Oltinchidan, yuridik shaxslarning mehr-shavqat fondlariga xarajatlari va nogironlarni ishga 



joylashtirishlari har tomonlama rag‘batlantiriladi; 

Yettinchidan, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun ixchamlashtirilgan soliq tizimi joriy etilib 

ularning faoliyatidan manfaatdor bo‘lishlik qiziqtiriladi. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish