Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Yuridik shaxslar foydasiga imtiyozlar va soliq stavkalari



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

 

 



23.3. Yuridik shaxslar foydasiga imtiyozlar va soliq stavkalari. 

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan quyidagi yuridik shaxslar 

ozod qilinadi: 

1) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston 

chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini 

nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, 

bundan savdo, vositachilik, ta’minlash-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik 

shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotganda xodimlarning umumiy soniga 

shtatda turgan xodimlar kiritiladi; 

2) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari; 

3) jazoni ijro etish muassasalari; 

4) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari. 

Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini 

to‘lashdan ozod qilinadi: 

1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, 

shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun 

mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat 

ko‘rsatishdan olingan foydasi; 

2) shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) 

yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi; 

3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga 

oshirishdan olingan foydasi; 

4)  investitsiya  fondlarining  xususiylashtirilgan  korxonalar  aktsiyalarini  sotib  olishga 

yo‘naltiriladigan foydasi; 

5)  Xalq  banki  tomonidan  fuqarolarning  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi. 




 

245 


 

Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar 

uchun  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‘i summasi  ushbu  qismda  belgilangan  normadan 

ortiq  ishga  joylashtirilgan  nogironlarning  har  bir  foiziga  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda 

solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi. 

Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi: 

1) ekologiya, sog‘lomlashtirish va xayriya jamg‘armalari, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni 

saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq 

solinadigan foydaning bir foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; 

2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kollejlar, akademik 

litseylar, maktablar va maktabgacha tarbiya ta’lim muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan 

mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; 

3) asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish 

maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga, shuningdek ushbu 

maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq 

davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 

foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; 

4) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, 

yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing 

ob’ekti qiymatining o‘rnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan 

holda yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida 

ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e’tiboran, texnologik jihozlar bo‘yicha 

esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Yangi 

texnologiya jihozlari ular olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya 

qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi foydadan olinadigan soliqni 

to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor 

qilinadi;  

5) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va 

(yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq 

solinadigan bazaning  

10 foizidan oshmagan miqdorda; 

6) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan 

tashqari),  xayriya  jamg‘armalarining  mulkida  bo‘lgan  korxonalar  foydasidan  shu  birlashmalar  va 

jamg‘armalarining  ustavda  belgilangan  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  yo‘naltiriladigan 

ajratmalari summasiga. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qaroriiga  yuridik  shaxslar  quyidagi  stavkalarda 

soliqqa tortiladi. 

2.  Yuridik shaxslar (quyida keltirilganlardan tashqari)-10%. 

3.  Tijorat banklari – 15%. 

4.  Auktsionlar  o‘tkazishdan,  gostrol-kontsert  faoliyati  Bilan  shug‘ullanishga  litsenziyasi  bo‘lgan 

yuridik va jismoniy shaxslarni (shuningdek norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha 

tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar-35%. 

5.  O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi 

hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchikorxonalar uchun: 

•  Sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha-belgilangan stavka 30 foizga kamaytiriladi. 

•  Sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori- belgilangan stavka 50 foizga kamaytiriladi. 

2. 


1-banda ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari uchun, plastik kartalar qo‘llab haq 

to‘langan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha- belgilangan stavka 10 foizga kamaytiriladi. 




 

246 


 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi “Bozorni iste’mol 

tovarlari  Bilan  to‘ldirishni  rag‘batlantirish  hamda  ishlab  chiqaruvchilar  va  savdo  tashkilotlarining 

o‘zaro  munosabatlarini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  390-sonli  qaroriga  muvofiq 

quyidagilarni ishlab chiqaruvchi korxonalar: 

3. 


Iste’mol  tovarlari,  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarishdan  olingan  daromaddan  belgilangan 

stavka 20 foizga kamaytiriladi. 

4. 

Bolalar tovarlari, ularni ishlab chiqarishdan olingan daromaddan-7% foyda solig‘i to‘lanadi. 



5. 

Korxona  o‘zi  ishlab  chiqargan  iste’mol  tovarlari  reklamasiga  xarajatlari  foyda  solig‘ini 

hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazadan to‘liq hajmda chiqarib tashlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan va 

to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:  

1) dividendlar va foizlarga – 10 foiz; 

2) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha 

sug‘urta mukofotlariga – 10 foiz; 

3) xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan 

daromadlarga) – 6 foiz; 

4) Royalti, ijara daromadlari, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan boshqaruv xizmati, 

maslahatlar va boshqa daromadlar – 20%. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish