23.4. Yuridik shaxslar foydasiga soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash muddatlari.
Kalendar yil soliq davridir. Yilning choragi hisobot davridir.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan
va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi, agar ushbu moddada
boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun
bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati
organiga O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda),
shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda
taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida byudjetga
to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar
yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan
kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.
Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini
joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini
aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq
xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 15-kuniga
qadar ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
247
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz
baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi.
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi
lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish
muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir
marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i belgilangan stavkalarni
chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan daromad summasiga nisbatan qo‘llash orqali
hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘ini yuridik shaxslar
quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart:
dividendlar va foizlarni;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun
javobgarlik daromadni to‘lash manbai, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy
muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad
to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi.
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlariga dividendlar, foizlar va to‘lovlarni to‘lash sanasidan kechiktirmay byudjetga
o‘tkazishi;
2) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini davlat soliq xizmati
organlariga to‘lov amalga oshirilgan hisobot davri tugagandan keyin yigirma besh kundan
kechiktirmay taqdim etishi;
3) davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va soliq
davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining umumiy summasi
ko‘rsatilgan ma’lumotnomani soliq davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida taqdim etishi;
4) daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad summasi va soliq davri uchun
ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda ma’lumotnoma
taqdim etishi shart.
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib
tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami daromadiga qo‘shiladi. Soliq
solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati
bilan qilingan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar belgilangan tartibda va miqdorlarda
chegiriladi.
248
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘ining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi,
ma’lumotnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |