Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: 

1)  haqiqatda  bajarilgan  ish  uchun,  soliq  to‘lovchida  qabul  qilingan  mehnatga  haq  to‘lash 

shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan 

holda hisoblangan ish haqi; 

2) kasb mahorati, murabbiylik, ilmiy daraja, faxriy unvon uchun tarif stavkalari va maoshlarga 

ustamalar; 

3) ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ustamalar hamda qo‘shimcha to‘lovlar, shu 

jumladan: 

a) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish 

kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalari hamda maoshlarga 

ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar; 

b) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik va muayyan 

lavozimda vaqtincha ishlab turganlik, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirganlik uchun ustamalar; 

v) og‘ir, zararli, o‘ta og‘ir va o‘ta zararli mehnat sharoitlarida hamda tabiiy iqlim sharoitlari 

noqulay  bo‘lgan  joylarda  ishlaganlik  uchun  ustamalar,  shu  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlangan  kasblar  va  ishlar  ro‘yxati  bo‘yicha  shunday 

sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga qo‘shiladigan ustamalar; 

g) aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda 

kechadigan yoki ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan xodimlarning ish haqiga, soliq 

to‘lovchining joylashgan yeridan jo‘nab ketish paytidan u yerga qaytib kelish paytigacha yo‘ldagi 

har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar; 

d)  qurilish,  rekonstruktsiya  qilish  va  kapital  ta’mirlashda,  shuningdek  qonun  hujjatlarida 

nazarda  tutilgan  hollarda  vaxta  usulida  ishlarni  bajarishda  bevosita  band  bo‘lgan  xodimlarga 

harakatlanish va joydan joyga ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar uchun ustama; 




 

235 


 

e) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning to‘kindi uyumdan (otvaldan) 

ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti 

uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar; 

j)  mehnatga  haq  to‘lashni  hududiy  jihatdan  tartibga  solish,  shu  jumladan  hududiy 

koeffitsientlar hamda cho‘l, suvsiz va baland tog‘li hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq amalga 

oshiriladigan ishlar uchun koeffitsientlar bilan bog‘liq to‘lovlar; 

z) soliq to‘lovchi joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga 

qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan (ishlar vaxta usulida bajarilganda) yo‘lga 

ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining 

aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to‘lanadigan 

summalar; 

i)  ishlar  vaxta  usulida  tashkil  qilinganda,  ish  vaqti  umumlashtirilgan  holda  hisobga 

olinayotganda  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan  boshqa  hollarda  xodimlarga  ish  vaqtining 

belgilangan  davomiyligidan  ortiq  ishlaganliklari  munosabati  bilan  ularga  beriladigan  dam  olish 

kunlari (otgullar) uchun to‘lovlar; 

4) ishlanmagan vaqt uchun to‘lanadigan haq: 

a)  qonun  hujjatlariga  muvofiq  yillik  asosiy  (uzaytirilgan  asosiy)  ta’tillarga  haq  to‘lash, 

shuningdek  ulardan  foydalanilmaganda,  shu  jumladan  xodim  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi 

bekor  qilinganda  kompensatsiyalar  to‘lash,  o‘smirlarning  imtiyozli  soatlariga,  shuningdek  tibbiy 

ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash; 

b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy iqlim 

sharoitlarida  ishlaganlik  uchun  ayrim  tarmoqlarning  xodimlariga  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

belgilangan qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash; 

v) onalar bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga haq to‘lash; 

g)  asosiy  ish  haqi  qisman  saqlanib  qolgan  holda  majburiy  ta’tilda  bo‘lgan  xodimlarga 

to‘lovlar; 

d) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin 

beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash; 

e)  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksiga  muvofiq  davlat  yoki  jamoat  vazifalarini 

bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash; 

j) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyi bo‘yicha mansab maoshi miqdorlari ma’lum bir 

muddat  davomida  saqlab  qolingan  holda  ishga  olingan,  shuningdek  vaqtinchalik  vazifani  bajarib 

turganda xodimlarga maoshlardagi farqni to‘lash; 

z) xodimning aybi bilan yuz bermagan bekor turib qolishlar,  yaroqsiz mahsulot uchun haq 

to‘lash; 

i) xodimlarga malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida ishdan ajralgan holda 

o‘qigan vaqtlarida asosiy ish joyi bo‘yicha ish haqi to‘lash xarajatlari; 

k)  mehnat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  yoki  soliq  to‘lovchining  qaroriga  binoan 

majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash; 

l) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron 

bolasi bo‘lgan ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq 

haq to‘lash; 

m) vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 

belgilangan ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq to‘lash; 

n) kasb kasalliklari bilan bog‘liq nafaqalar to‘lash; 

5) rag‘batlantirish tusidagi quyidagi to‘lovlar: 

soliq to‘lovchining mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarida nazarda tutilgan to‘lovlar; 

yillik ish yakunlari bo‘yicha taqdirlash, ko‘p yil ishlaganlik uchun taqdirlash va to‘lovlar; 

6) soliq to‘lovchining shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular fuqarolik-huquqiy tusda 

tuzilgan  shartnomalar,  shu  jumladan  agar  bajarilgan  ish  uchun  xodimlar  bilan  hisob-kitob  soliq 



 

236 


 

to‘lovchi  tomonidan  amalga  oshirilsa,  pudrat  shartnomasi  bo‘yicha  ishlar  bajarganligi  uchun  haq 

to‘lash; 

7) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar; 

8)  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bepul  beriladigan,  shaxsiy  foydalanishda  qoladigan 

buyumlarning  (shu  jumladan  formali  kiyim-bosh,  maxsus  ovqatlanish)  qiymati  yoki  ular 

pasaytirilgan narxlarda sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi; 

9)  xodim  bilan  mehnat  shartnomasi  alohida  asoslarga  ko‘ra  bekor  qilinganda  mehnat 

to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  moddiy  yordam  sifatida  beriladigan  ishdan  bo‘shatish 

nafaqasi va boshqa to‘lovlar. 

Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  soliq  to‘lovchi  tomonidan 

hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qo‘llanilishi maqsadida 

amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb e’tirof etiladi. 

Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi: 

1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer osti boyliklari 

va boshqa tabiiy resurslar); 

2) mahsuldor chorva mollari; 

3) kutubxona fondi; 

4) muzey qimmatliklari; 

5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar; 

6) arxitektura yodgorliklari; 

7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy 

davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari; 

8) qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk; 

9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar. 

Soliq  solish  maqsadida  amortizatsiya  qilinishi  kerak  bo‘lgan  mol-mulk  amortizatsiyaning 

quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi: 

 

Gur



uhlar 

tarti


raqa


mi 

Kichik 


guruh- 

lar 


tartib 

raqami 

Asosiy vositalarning nomi 

Amortiza-

tsiyaning 

yillik eng 

yuqori 

normasi, 

foizlarda 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish