O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish
Yuqorida keltirilganlarning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi
226
yagona yer solig‘i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Yuqoridagilarning ikkinchi qismining 1–6-bandlarida, uchinchi qismining 1–4-bandlarida,
beshinchi qismining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa
majburiy to‘lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlardir. Ikkinchi qismining 7–10-
bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda
tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
jumlasiga kiradi.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi
mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvositaga
bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni
huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalarga
ortish holati bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to‘lanadigan va barcha mulk soliqlari
kiradi.
To‘g‘ri soliqlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar
stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya
faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning
stavkalari ko‘paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Bu
guruh soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir.
Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab jo‘natuvchilardir. Lekin
soliq og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tova (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir,
ya’ni haqiqiy soliq to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga
ustama ravishda qo‘yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga chiqib
ketishini chegaralangan, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali
tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining ilmiy
oshirilishi korxonalarning faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni
investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlilsiz osha borsa korxonalar sotish
qiyinchiligiga uchrab foyda olishni ham byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni
jilovlab boradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar mo‘l-ko‘lligini ta’minlashi kerak.
Dune soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini
rivojlanishi yokiiqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil qilibborishi mumkin.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aktsiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik
uchun to‘lanadigan soliqlar kiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq
tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi o‘zgarmagan holda
birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:
22.3.1.1.1.1.1. Oborotdan olinadigan soliqlar;
22.3.1.1.1.1.2. Daromaddan olinadigan soliqlar;
22.3.1.1.1.1.3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan olinadigan soliqlar;
22.3.1.1.1.1.4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar;
Oborotdan olinadigan soliqlarga QQS, aktsiz solig‘i, bojxona boji va yer osti boyliklaridan
foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning qonunchiligimiz
bo‘yicha ilgaridekmahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan
qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq oborotdan olinadigan soliqlarga
kiradi.
227
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning foydasiga, jismoniy shaxslarning
daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining belgilangandaromadidan soliqlar kiradi. Bu
guruh soliqlariga infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi.
Mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, jismoniy shaxslarning dizel,
benzin va suyultirilgan gaz uchun to‘lanadigan soliqlari kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning
yagona yer solig‘i va yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: